• Kommunikativ kompetensiya
  • Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil




    Download 18 Mb.
    bet14/42
    Sana18.12.2023
    Hajmi18 Mb.
    #122024
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
    Bog'liq
    8-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar
    111111, TEST tehnologiya va uni o\'qitish metodikasi Jo\'razoda Mohina (2), lec, Abduraxmonov Dostonbek kompyuterni tashkillashtirish, Толыбайев.М, KT, Mavzu Algoritmlarni baholash mezonlari. Vaqt va hajm bo’yicha b-fayllar.org
    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
    10-Mavzu: Iste’dodli bolalar – Vatan ishonchi. (rus fani oyligi doirasida)
    Kun shiori: “YOSHLAR KAMOLI - YURT ISTIQBOLI.
    Maqsad: O`quvchilarga til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
    Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish.
    A xborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar
    Doskada: “Aziz o`quvchi, istaymizki, Sendangi kuch-quvvat, iste'dod, qalbingdagi jo`shqinlik har qanday qiyinchiliklarni yengib o`tib, faqat yaxshiliklarga xizmat qilsin!”
    O`qituvchi:
    Biz demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatni barpo etish yo`lini tanlab, shu ezgu maqsad sari sobitqadamlik bilan intilmoqdamiz. Albatta, bunda biz iste’dodli yoshlarga suyanamiz. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “O`zbekiston kelajagi yoshlar qo`lida”.
    Bu hayotiy muhim vazifa Istiqlol tengdoshi bo`lgan, bugun katta va mustaqil hayotga qadam qo`ya boshlagan yoshlarimiz zimmasiga ham ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yurtboshimiz so`zlari bilan aytganda "...farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga o`zlarini amalda namoyon etishlari uchun maydonni kengaytirish kerak".
    Hammamiz ham ulkan madaniyatga, boy ma'naviyatga va jahon sivilizatsiyasiga katta ta'sir ko`rsatgan millat vakillari ekanliklarimizdan hamisha g`ururlanamiz. Yoshlar esa shu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz shon-shuhratiga, bugungi O`zbekistonimizning obro`-e'tiboriga, davlatimiz raqbarining ishonchiga munosib bo`lishga harakat qilishadi.
    Insoniyat tarixidan ma'lumki, davlat va jamiyatning kuch-qudrati asosan ikki narsaga bog`liq. Biri - ILM-FAN bo`lsa, ikkinchisi - TARBIYA. O`z o`tmishimiz ham bunga yorqin misol bo`la oladi. Qaysi zamonda ilm-fan, madaniyat, ma'rifat taraqqiy etgan bo`lsa, aynan o`sha davrda yurtimiz gullab-yashnagan, kuch-quvvatga, obro`-e'tiborga ega bo`lgan.

    Download 18 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




    Download 18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil

    Download 18 Mb.