• Kurs ishining obekti
  • I.Bob.Oquvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish oz-ozini tarbiyalash metodlarining orni
  • 1.2.O’smirlarda irodaviy sifatlarning shakllanganlik darajasi va ularning o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sirini o‘rganish natijalari
  • O'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o'z-o'zini tarbiyalash metodlarining o'rni Mundarija




    Download 207,83 Kb.
    bet2/7
    Sana13.05.2024
    Hajmi207,83 Kb.
    #230195
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O\'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o\'z-o\'zini tarbiyalash metodlarining o\'rni

    Kurs ishining maqsadi: O`quvchilarda iroda rivojlanishining O`zbekiston olimlari tomonidan tadqiq etilganlik holati haqida
    Kurs ishining vazifasi: O’smirlarda irodaviy sifatlarning shakllanganlik darajasi va ularning o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sirini o‘rganish natijalari tahlil qilish
    Kurs ishining ob'ekti: O‘smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlari
    Kurs ishining predmeti: O’quvchilarning kreativ kompetentlikini shakllantirish mezonlari
    Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kiris qismi, 2 ta bob, 5 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

    I.Bob.O'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o'z-o'zini tarbiyalash metodlarining o'rni
    1.1.O`quvchilarda iroda rivojlanishining O`zbekiston olimlari tomonidan tadqiq etilganlik holati

    Iroda kategoriyasi psixologiya fanida qadim zamonlardan buyon oʼrganilib kelinadi, xuddi shu boisdan u haqida xilma-xil yondashuvlar hukm surib kelmoqda. Аntik dunyodan to hozirgi davrgacha iroda kategoriyasidagi taʼriflar bir-biridan keskin farq qilishiga qaramasdan, ularda oʼzining mohiyati jihatidan yaqinlik mavjudligini taʼkidlab oʼtish joiz. Jamiyatni, shaxsni, borliqni aks ettirish, inson faoliyatini u yoki bu yoʼnalishda tashkil qilish, muammolar yechimini topish yuzasidan aniq bir qarorga kelish, uni qaror toptirish jarayonida uchraydigan toʼsiq va qiyinchiliklarni yengish, odatda, harakatlar yordamida roʼyobga chiqadi.


    Mamlakatimizda voyaga yetayotgan oʼgʼil-qizlarning ijtimoiy faolligini taʼminlashga, ularning tashabbuskorligini yuksaltirishga, tanqidiy tahlil, intizomlilik, vatanparvarlik, shaxsiy javobgarlik tuygʼularini shakllantirishga alohida eʼtibor berilmoqda. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida “jismonan sogʼlom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq qatʼiy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” asosiy vazifalardan biri etib belgilangan. Bu borada yoshlarni oʼzini oʼzi tartibga solishi, boshqarishi, murakkab vaziyatlarda toʼsiqlarni bartaraf qilishda irodani rivojlantirishning imkoniyati, subʼektlarda shaxsiy javobgarlik va masʼuliyat hissini takomillashtirish, irodaviy sifatlarni barqarorlashtirish, samarali yoʼl-yoʼriqlarni ishlab chiqish yoʼlida izlanishlarni olib borish ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
    O`zbekiston olimlari tomonidan iroda mavzusi XX asrning o`rtalariga kelib ilmiy psixologik tadqiqot sifatida o`rganila boshlandi. 1955-1970 yillar o`rtasida P.P.Zimin, P.I.Ivanov, V.A.Tokareva kabi yetuk olimlar yoshlarni kuchli iroda egasi sifatida tarbiyalash, iroda va uni rivojlantirish masalalari ustida tadqiqotlar olib bordilar. Yoshlarning irodaviy sifatlarini shakllantirishning ahamiyatini yoritib berdilar. Keying yillarda M.G.Davletshin, E.G`.G`oziyev, B.R.Qodirov, G`.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Z.Nishonova, A.Jabborov, N.Safoyev, Z.Ibodullayev va boshqa qator yetuk professor olimlar tomonidan yaratilgan darslik, o`quv qo`llanma, to`plam va monografiyalarda iroda va uning nerv fiziologik asosi, irodaviy aktlar, shaxs xulq atvorida irodaning tarkib topishi masalalari to`g`risida ma`lumotlarni uchratish mumkin.
    I.Xayriyevning ham Iroda psixologiyasida yozgan monografiyasida insonning irodasiga doir masalalar , iroda va boshqa psixik jarayonlar, irodaning milliy mentalitet nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Shaxsning har tomonlama yetuk inson bo`lib yetishishi bo`yicha yana bir qancha tadqiqotlar borki ularda ham iroda psixologiyasiga doir qarashlar keng ochilgan. “Masalan:N.M.Mullaboyev o`z tadqiqotida tavakkalchilikning yosh va psixologik xususiyatlariga doir (o`smir va o`spirinlik davri misolida) muammolarni o`rgangan. Zero , shaxs faoliyatida irodaning nomoyon bo`lishida tavakkalchilik ham muhim o`rin tutadi
    Bergan va`dasini ustidan chiqish, o`z so`zlariga javob bera olish ham irodaning qat`iyatlilik tarkibiga kiradi. Yoshlarni o`z o`zini boshqarish hislatlariga doir ma`lumotlar G.X.Sharafutdinovaning dessertatsiyasida tadqiqotlarida ham keltirib o`tilgan. O`zini boshqarish va nazorat kabi sifatlar ham irodaviylikning muhim tomonlari hisoblanadi. Bu sifatlarsiz irodani tasavvur qilib bo`lmaydi.
    R.A.Abdurasulovning “O`quvchi shaxsini shakllantirishda sport mashg`ulotlarining o`rni” nomli monografiyasida turli sport bilan shug`ullanuvchi yoshlarda iroda ham turlicha ekanligi, sport bilan shug`ullanuvchi yoshlarda, o`quvchilarda irodani shakllantirish masalalari tadqiq etilgan. O`z o`zini boshqarish, o`z o`zini nazorat qilish, o`z so`zida turish, o`z so`zini ustidan chiqish, o`z irodasiga ishonish orqali o`zini ijobiy xulq normalariga bo`ysundirishga o`rgatish masalalar yechimiga oid yana bir qator tadqiqotlar amalga oshirilganki, bu izlanishlarning tub negizida, asosan, shaxs irodaviy sifatlarining kamol toptirish masalalari yotadi
    Tajribalar natijasining koʼrsatishicha, irodaning individual-tipologik xususiyatlari va fenomenlari mavjud boʼlib, ular inson faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirishni taʼminlaydi. Turmushda iroda shaxs faoliyatining ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilmasidan iborat boʼlib, u oʼzini oʼzi boshqarish (regulyator) sifatida dastavval oʼziga, shaxsiy hissiyotiga va xatti-harakatlariga hukmronlik qilishda aks etuvchi psixologik hodisadir. Irodaning kuchini yoki zaifligini aks ettiruvchi holatlar uning individual-tipologik xususiyatlari va tafovutlarini namoyon qiladi. Psixologik atamalar mohiyatidan kelib chiqqan holda irodasi kuchli va irodasi zaif odamlar hamda ularning ijobiy (pozitiv) va salbiy (negativ) fazilatlari, sifatlari, xislatlari, illatlari toʼgʼrisida mulohaza yuritildi.
    Umumiy psixologiyada psixikadagi og`ish holatlari patapsixologiyani yuzaga keltirdi va buning natijasida yangi sohaning tadqiqot predmeti oʼziga xos oʼrganish metodlari, psixokorrektsiya ishlarini olib borishning psixologik printsiplari, qonuniyatlari, taʼsir oʼtkazishning ratsional uslublari yaratilgan. Patopsixologiya sohasining ayrim muammolari iroda kategoriyasida ham uchrab turadi. Iroda faoliyati va aktida uchraydigan irodadagi sustlikning patologiyasi tadqiqotchilar tomonidan oʼrganilgan boʼlib, ular abuliya (abulia – yunoncha qatʼiyatsizlik degan maʼnoni anglatadi) va apraksiya (apraxia – yunoncha harakatsizlik maʼnosini bildiradi) terminlari bilan ifodalanadi. Аbuliya – bu insondagi miya patologiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatga intilish holatining mavjud emasligi, harakatlanish, harakat qilish, uni amalga oshirish uchun qaror qabul qilish zarur ekanligini anglagan holda biror harakatni qila olmaslikdan iborat odamning ojizligidir. Masalan, shifokor koʼrsatmasiga rioya qilish zarur ekanligini toʼgʼri fahmlagan abuliya kasali bilan shikastlangan bemor– patsient biror ish-amalni bajarishga oʼzini mutlaqo yoʼnaltira olmaydi. Bemor psixoterapevtik muolajalar olgandan keyin asta-sekin oʼzining oldingi sogʼlomlik holatiga qaytadi.
    1.2.O’smirlarda irodaviy sifatlarning shakllanganlik darajasi va ularning o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sirini o‘rganish natijalari

    Republikamizda ta’lim maqsadiga ko’ra o’quvchilarning yoshiga mos ravishda quyidagi tayanch ma’naviy-axloqiy fazilat (kompetensiya)lar – Vatanni sevish, ardoqlash va unga sadoqatli bo’lish, ishbilarmonlik, kuch va irodalilik, sog’lom fikrlash, g’amxo’rlik, yaxshilik, oqibatlilik, burch va mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy ong, yangicha fikrlash, mehnat qilish, mehnatni qadrlash singari ijobiy sifatlarni shakllantirish uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonining asosiy vazifalari sifatida belgilangan. Zero, ilk yoshdagi o’spirinlarda irodaviy sifatlarni rivojlantirish ularning o’quv-tarbiya jarayonida yuqori muvaffaqiyatlarga erishishini ta’minlaydi.


    Iroda - insonning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqara olishida namoyon boʻladigan qobiliyati. Inson irodaviy harakatini amalga oshirar ekan, oʻziga hukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: Iroda uchun “men xohlayman” degan kechinma emas, balki “kerak”, “bajarishim shart” degan kechinma xosdir.
    Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam irodani talab qiladi. Iroda mehnat faoliyati davomida shakllanadi va rivojlanib boradi. Irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vositalari va yoʻl-yoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Inson irodasining qay darajada rivojlanganligi maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. Irodaviy harakat jarayonlarida kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olishi, oʻzini boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki iroda, deb ataladi. Tashqi toʻsiqlar tevarak-atrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tashqi toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashqi iroda, deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi toʻsiqlarni yengish (tashqi iroda) ichki toʻsiqlar (ichki iroda) ni yengish bilan uzviy bogʻliq.
    Irodaningning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va toqat, prinsipiallik, mustaqillik va boshqalar. Iroda kuchi shu sifatlarning qay darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak gʻoyalarga asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsiqlarni yengar ekan, u kuchli iroda egasi hisoblanadi. Iroda kishining harakteri bilan uzviy bogʻliq, uning shakllanishida muhim rol oʻynaydi.
    Shaxsda irodaviy sifatlarning ya’ni, iroda kuchi, mustaqilligi, qat’iyatliligi kabi ayrim sifatlari turlicha namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo‘yi mustahkamlanib, oqibatda shu odamning xususiy sifatlari (ya’ni doimiy xislatlari) bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun
    ham shaxsning bunday sifatlari uning o‘ziga xos xususiyatlari deb ataladi. Har bir kishidagi mazkur sifatlarning turlicha namoyon bo‘lishi shu kishi xarakterining xislati bo‘lavermaydi. Chunki, ayrim hollarda hatto, tasodifiy ravishda kishi kuchli iroda ko‘rsatishi mumkin, ayrim hollarda mazkur kishining irodasi umuman kuchli irodalilik shu kishi xarakterining xislati ekanligini ifodalamaydi. Bunday hollarda kishining irodasi kuchli deb aytish uchun uning iroda kuchi bir marta emas balki, bir necha marotaba namoyon bo‘lishini bilmoq kerak.
    Inson irodasi ma'lum fazilatlar bilan tavsiflanadi. Avvalo, irodani maqsadga erishish yo'lida yuzaga keladigan muhim qiyinchiliklarni yengishning umumlashtirilgan qobiliyati sifatida ajratish odatiy holdir. Maqsadingizga erishish yo'lidagi to'siq qanchalik jiddiy bo'lsa, irodangiz shunchalik kuchli bo'ladi. Aynan iroda kuchi bilan yengib o'tiladigan to'siqlar irodaning namoyon bo'lishining ob'ektiv ko'rsatkichidir.
    Kishining xarakterini ta’riflaganimizda, falon kishi dadillik qiladi, rost gapiradi, demasdan balki, bu odam dadil, rostgo‘y, to‘g‘riso‘z deb ataymiz.
    Buning ma’nosi shuki, dadillik va rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik shu odamning xususiyatlari yoki xarakter xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik xislatariga ega ekanligini namoyon qildi deb ayta olamiz. Kishi xarakteri xislatlarini bilib olgach, uning biror ish-harakatda qanday yo‘l tutishini ancha aniq bilib, oldindan aytib bera olamiz.
    Iroda ma’lum kuch bilan yuzaga chiqadi, ba’zi hollarda kishining irodasi kuchli sur’atda namoyon bo‘lsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham iroda kuchi irodaning muhim sifatidir deyiladi. Iroda kuchining turli darajasi irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko‘rinadi.
    Iroda kuchi ravshan va aniq maqsadni belgilashda shuningdek, mazkur maqsadga yetishishga yordam beradigan yo‘l, vosita va usullarni ochiq tasavvur qilishda namoyon bo‘ladi. Bu ochiq ravshanlik darajasi esa kishining turmush tajribasiga, bilimiga va umumiy saviyasig bog‘liq. Aniq maqsad qo‘yishda inson tafakkuri va ayniqsa real g‘oyalarning taraqqiy etishi xususiyatlari katta rol o‘ynaydi.
    Iroda kuchi tezlik bilan qarorga kelsa va qarorni mustahkamlashda sabotlilik ko‘rsatsa, unda yuksak g‘oyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qat’iyatlilik va sabotlilik kuchi iroda beligilari sifatida namoyon bo‘ladi. Qat’iyatsizlik, ikkilanish, qabul qilingan qarorning bajarilishiga shubha bilan qarash va sabotsizlik kuchsiz iroda belgilaridandir.
    Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni bajarishga ahd qiladi. Hatto salomatligini va hayotini xavf ostida qoldirishi mumkinligi xayoliga ham kelmaydi. Jasorat kishining boshqa kishilarga emas, balki o‘ziga bergan mas’uliyatliligini anglatadi.
    Kishi axloqiy burchning talabiga ko‘ra, buyuk maqsadga erishish uchun bir zumda hayot bilan o‘limdan birini tanlab olish bunday jasorat iroda kuchi ekanligin ko‘rsatadi.
    Kishi irodasining kuchi va qat’iyati xarakterining irodaga bog‘liq bo‘lgan qaysi xislatlarida ifodalangan bo‘lsa, o‘sha xislatlar eng yorqin xislatlardan hisoblanadi. Bu xislatlar har bir kishining xarakterida bir qadar namoyon bo‘ladi. Ammo hamma kishilarn va har qanday odamning irodasi kuchli xarakteri kuchli deb bo‘lmayi, balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan aralib turgan odamlargna iroda kuchli, xarakteri qat’iy deb ataladi.
    Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o‘z vaqtida bajarishda ko‘rinadi. Shuning uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarish muddatini doimo paysalga solish boshlangan ishni oxiriga yetkaza olmaslik irodaning kuchsizligi alomatidir.
    Lekin qabul qilingan qarorni bajargan har qanday qilingan ish-harakat irodaning kuchli ekanligidan darak beravermaydi. Iroda kuchi asosan irodaviy harakatlar yordami bilan yengillashganiga va shu yo‘l bilan qanday natijalarga erishishigagina qarab aniqlanadi. Irodaviy zo‘r berish vositasida bartaraf qilinadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
    Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko‘rinadi. Iroda kuchi avvalo ehtiyojlarni his qilishda va intilishga urinishda ko‘rinadi.
    O‘spirinlik yoshi davrida irodaviy sifatlar negizida iroda kuchining ta’sirini qay darajada muhimligini aniqlash yotadi. Shuning uchun o‘spirinlarda iroda kuchining namoyon bo‘lishi ularda irodaning salbiy va ijobiy sifatlarini tarkib topishiga xizmat qiladi. Shuningdek, bunday holatning namoyon bo‘lishi ulardagi iroda kuchi va uning yo‘nalganlik darajasi bilan ham uzviy bog‘liq bo‘lishi mumkin.
    Ilk yoshdagi o’spirinlarda irodaviy sifatlarning shakllanganligi va uning o’z-o’zini boshqarishga ta’sirini o’rganish maqsadida Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan 10- va 15-umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda Sho’rchi tumanidagi 9-umumiy o’rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o’quvchilari bilan 2022-2023 o’quv yili davomida aniqlovchi tajriba-sinov ishlari olib borildi. O’quvchilarda irodaviy sifatlarning shakllanganligi va uning o’z-
    o’zini boshqarishga ta’sir darajasini o’rganish aniqlovchi tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadi sifatida belgilandi. Ilk o‘spirinlarda iroda kuchining o‘z-o‘zini boshqarishga ta’sirini qay darajada muhimligini aniqlashga qaratilgan tadqiqot ishimizda barcha sinaluvchilar guruhida N.N.Obozovning “Shaxsning iroda kuchini aniqlash” metodikasi o‘tkazildi. Shuningdek, o’quvchilar bilan suhbat, mualliflik asosida ishlab chiqilgan anketa-so’rovnomaga javob olish, savol-javob kabi tadqiqot usullaridan ham foydalanildi. Olingan natijalar miqdor va sifat jihatidan tahlil qilindi. To‘plangan ma’lumotlar jadval va diagrammalarda aks ettirildi.



    Download 207,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 207,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o'z-o'zini tarbiyalash metodlarining o'rni Mundarija

    Download 207,83 Kb.