|
O'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o'z-o'zini tarbiyalash metodlarining o'rni Mundarija
|
bet | 4/7 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 207,83 Kb. | | #230195 |
Bog'liq O\'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o\'z-o\'zini tarbiyalash metodlarining o\'rniO‘smir yoshidagi bolalar psixologiyasi va ularda irodaviy xususiyatlarning shakllanishi
Jahon psixologiyasida iroda va uni tarbiyalash muammolariga bag‘ishlangan qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Iroda kategoriyasining tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib, inson ongi va mohiyatini kashf qilish jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxs irodasining tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan.
XVII asrda Gobbs va Spinozalar ta’kidlab o‘tganlaridek, faollik manbai bemahsul sohaning paydo bo‘lishi, deb tushunish mumkin emas. Chunki uni shaxsiy kuch-quvvatning hissiy intilish bilan uzviylikdagi jarayoni, deb qaramoq lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unda bu tarzdagi tasdiqiy munosabatning tug‘ilishi irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, u mustaqil substansiya sifatida ham tan olinadi.
Vilgelm Vundtning mulohazasiga ko‘ra, iroda negizida appersepsiya aktining sub’yekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Ushbu konsepsiya “emosional” yoki “affektiv” tushunchalari bilan psixologiya faniga kirib keldi.
U.Djemsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi xususiyatga egadir. Har qanday g‘oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo‘lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g‘oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta’minlashdan iboratdir.
Psixologiyada iroda – bu insonning qo‘yilgan maqsadlariga erishishiga yo‘naltirilgan ongli faolligi, degan qat’iy fikr qaror topgan. “Iroda” tushunchasi mohiyatiga - kishining maqsad qo‘ya olish qobiliyati, o‘z emosiyasini boshqarish va xulqini iroda qilishi kiradi.
V.I.Selivanov irodani tadqiq etib, quyidagi xulosalarga kelgan:
a) iroda – bu shaxsning o‘z faoliyatini va tashqi olamdagi o‘zini-o‘zi boshqarish
shakllarini anglash tavsifidir;
b) iroda – inson yaxlit ongining bir tomoni hisoblanib, u ongning barcha shakl
va bosqichlariga taalluqlidir;
v) iroda – bu amaliy ong, o‘zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning o‘zini ongli idora qilishidir;
g) iroda – bu shaxsning hissiyoti va aql-zakovati bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyatidir. Ammo u qaysidir harakatning motivi hisoblanmaydi.
Irodani boshqarishni rivojlantirish uchun mashqlar.
Qulay o‘tirib oling, o‘zingizni bo‘sh tutishga harakat qiling. (K. Rodjers (1902
yil))
1. Irodaning kuchsizligi sababli siz va sizning yaqinlaringizda sodir bo‘lgan ko‘ngilsizliklarni yorqinroq ko‘z oldingizga keltiring. Shuning natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarni tasavvur qiling. Ularning har birini batafsil o‘rganing, uning nimadan tashkil topganini chuqurroq aniqlashga harakat qiling. Shundan so‘ng sodir bo‘lgan ko‘ngilsizlar ro‘yxatini tuzing. Sizda oldin aks etgan uyat, o‘zidan qoniqmaslik holatlarini his eting va mavjud holatni o‘zgartirish istagi hamda uning yana qaytarilmasligiga intiling.
2. Irodangizni rivojlantiradigan ustunlikni, siz va sizning yaqinlaringiz undan oladigan yaxshilik va xursandchiliklarni yorqinroq tasavvur qiling. Ushbu ustunliklarni batafsil tahlil qiling. Ularning har birini aniq o‘rganishga harakat qiling va yozib qo‘ying. Ushbu fikrlarni uyg‘otadigan tuyg‘ularga batamom beriling: sizning oldingizda imkoniyatlarni ochadigan xursandchilik, uni amalga oshirishdagi kuchli xohish, zarur hatti-harakatni darhol boshlashga intiling.
3. Kuchli va qat’iyatli irodaga egaligingizni yaxshiroq tasavvur qilishga harakat qiling. Mustahkam va qat’iyat bilan qadam tashlayotganingizni, turli-tuman vaziyatlarda o‘zingizni qanday jasurlik bilan boshqarishingizni tasavvur qiling: siz qo‘yilgan maqsadlarni aniq tasavvur qilayapsiz, bunga bor kuchingizni sarflashga qodirsiz. Tasavvur qiling, qanday qat’iyatlisiz, o‘z hatti-harakatlaringizni qay darajada boshqara olasiz. Hech nima sizni dovdiratib qo‘yolmaydi. O‘zingiz o‘ylagan ishda muvaffaqiyatga erishishni tasavvur qiling.
Yuqoridagi holatlarga yaqin vaziyatlarni tanlang va bunda iroda kuchiga tayanishga harakat qiling. Ushbu holatlarda siz istalgan sifatlarni qay tarzda namoyon etishingiz mumkinligini tasavvur qiling.
Oldin aytib o‘tganimizdek, iroda – bu turli psixologik elementlar orqali namoyon bo‘ladigan umumlashgan tushunchadir. Irodaning tarkibiy elementlari haqida gapirib, ularning yaxlitligi, soni, ular orasidagi farq hamda aloqalar nazarda tutiladi. Ko‘p hollarda maqsad sari intilish, qat’iyatlilik, chidamlilik, sabotlilik, mustaqillik, jasurlik, o‘zini idora eta olish va tashabbuskorlik kabi sifatlar ajratib ko‘rsatiladi. Iroda elementlariga tanqidiylik, ijrochilik va o‘ziga ishonchni kiritish mumkin.
1-jadval. Shaxsning irodaviy xususiyatlari (K.K.Platonov)
A.S.Puni aytishicha, har bir odamda irodaviy sifatlar yagona yaxlit tuzilma kabi ishtirok etadi, biroq, ushbu tuzilmaning bo‘g‘inlari strukturasi turli kishilarda turlicha bo‘ladi. Binobarin, alohida olingan bir kishida turli faoliyatlarda u o‘zgarib turadi. Shuning uchun, irodaviy sifatlarni bo‘g‘inlari turlicha bog‘lanadigan harakatchan, dinamik tuzilma sifatida qarab chiqish lozim.
Maktab o‘quvchilarining iroda kuchini aniqlash maqsadida 15 ta savoldan iborat
bo‘lgan N.N.Obozovning “O‘zining iroda kuchiga baho berish” metodikasi qo‘llanildi. Tadqiqotda 20 nafar 8-sinf o‘quvchisi ishtirok etdi.
|
| |