O’quvchilarning kreativ kompetentlikini shakllantirish mezonlari




Download 207,83 Kb.
bet6/7
Sana13.05.2024
Hajmi207,83 Kb.
#230195
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o\'z-o\'zini tarbiyalash metodlarining o\'rni

2.3.O’quvchilarning kreativ kompetentlikini shakllantirish mezonlari

Ma’lumki ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan yangilik yaratishi, kashf etishi bilan bog’liq murakkab psixologik jarayon bo’lib, inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, ijodda bilim, tajriba, iste’dod namoyon bo’ladi. Buyuk mutafakkirlardan biri Abu Nasr Farobiyning ta’riflashicha “ijod – bilish jarayonida shunday ulug’ fazilatki, inson uni egallashi uchun boshqa hamma fazilatlarini ishga solishi kerak”. Darhaqiqat, ijod qilish jarayonida inson izlanadi, kuzatadi, tadqiqotlar olib boradi, natijalarni tahlil qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi. Xulosaning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligi tajribada sinab boriladi.


Kreativ kompetentlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo’lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanadi. Barcha tariflar bir-biridan keskin farq qiliga qaramay, uning ba’zi umumiy jihatlarini ko’rsatish mumkin. Birinchidan, kreativ kompetentlik natijasi sifatida olinadigan mahsulotning sifat jihatidan yangilikka ega bo’lishi; ikkinchidan, ushbu jihatlar kreativ kompetentlikning dastlabki asoslarida mavjud bo’lmaganligi; uchinchidan esa, har qanday kreativ kompetentlik faoliyati intellektual izlanishni taqozo etishi bilan belgilanadi.
O’quvchilarda kreativ kompetentlik faoliyatini quyidagicha belgilariga ko’ra tasniflash mumkin:
- ijod turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik, didaktik, o’quvchilarda, aralash);
- ijod darajasi (mono ijod, mulьti ijod, mega ijod);
- ijod qamrovi (bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, mintaqalararo,
xalqaro);
- ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o’rta muddatli, uzoq muddatli);
- ijodning shakli (innovatsion, ta’limiy, investitsion, aralash);
- umumiy jihatlariga ko’ra (yangi g’oyalarni hayotga tadbiq etish; printsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy qo’llash);
- yaratilgan ijod mahsulini ma’nosi va murakkabligiga ko’ra (ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot).
Tahlillar o’quvchining ijodkorligi uning masalalar yechishi, insho yozishi, tajriba ishlari, o’quv topshiriqlarini bajarishi bilan bog’liq muammoli vaziyatlarda mustaqil fikrlashi bilan namoyon bo’lishini ko’rsatdi.
Fikrimizga ko’ra, o’quvchining ijodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotdagi dalil va hodisalarga bog’lay olishi, olingan natijalarni to’g’ri baholab, tahlil qilishi, avvalgi egallanganlari bilan umumlashtira olishidir.
Ijodiy faoliyatni o’qituvchi va o’quvchilarning bu jarayonga psixologik jihatdan yetarlicha tayyor emasliklari murakkablashtiradi. Muntazam ravishda muayyan usul, shakl, vositalarga tayanib qolish – yangi vaziyatlarga moslasha olmaslik, kutilmagan vaziyatlarda ish yurita olmaslikka olib keladi. Bu psixologik holat sifatida turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin, jumladan: o’zgalar fikr va mulohazalarini umuman qabul qilmaslik; umumiy qabul qilingan nuqtai nazardan qat’iy himoyalanish; yangi mazmun va vositalarga nisbatan eski usullarni qo’llash; yangi usullarda eski usullarning saqlanib qolishi; umuman yangi masalani yechishda an’anaviy usullarni qo’llash kabilar.
O’quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatini tashkil qilishda ikki o’zaro bog’liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi – o’quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan; ikkinchisi – o’zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo’llay olishga o’rgatish bilan belgilanadi.
Quyidagi ko’rsatkichlar o’quvchilarda kreativlik kompetentlikni shakllantirish mezonlari sifatida taklif qilindi: mustaqil qaror qabul qilish; o’z imkoniyatlariga ishonch; faol izlanuvchanlik; fikrlash tezligi; fikrlash moslashuvchanligi; g’oyaning o’ziga xosligi; g’oyaning mukammalligi; g’oyaning ijobiy yo’naltirilganligi; axborotlarni qayta ishlash va maqsadli qo’llay olish; tasavvur kengligi; bir-biridan uzoq fikrlarni o’zaro bog’lay olish; g’oya salmog’ini baholay olish; yechimning nafis, bejirim va oddiyligi; ko’plab g’oyalarni yuzaga keltira olish; g’oyaning asosliligi. Ushbu sifat ko’rsatkichlarini baholashda test sinovi, muammoli topshiriq va tajriba usullardlan foydalaniladi.
Pedagogik texnologiyalarning muhim jihatlaridan biri butun guruhni bo’lajak o’quvchilarda faoliyatiga barqaror yo’naltirilganlikni shakllantirishga qaratiladi. Bu mashg’ulotlar asosan treninglar shaklida amalga oshirilib, ushbu asosda amaliy mashg’ulotlarni tashkil qilish o’quvchilarda o’quvchilarda faoliyatga oid muammoli vaziyatlarni hal qila olish ko’nikmalarining shakllanib borishini tajriba-sinov ishlari tasdiqlab berdi.
Maqsadimiz o’quvchilardagi kreativlik kompetentlikni o’rganish va uni baholash usullari, shuningdek kreativlik kompetentlikni shakllantirish mezonlarini aniqlash va qo’llash asosida ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar samaradorligini asoslashdan iborat etib belgilandi. Natijada quyidagi vazifalar ijobiy hal etildi:
- uzluksiz ta’lim tizimi mazmunining tahlili asosida o’quv-tarbiya jarayonida o’quvchilar kreativ kompetentlikini shakllantirish bo’yicha nazariy ma’lumotlar o’rganildi va umumlashtirildi;
- kreativ kompetentlikni o’rganish usullari, shuningdek kreativlikni shakllantirish mezonlari belgilab olindi;
- so’rovnomalar vositasida o’quvchilarda kreativ kompetentlik borasidagi asosiy tushunchalarni o’zlashtirganlik darajasi aniqlandi;
- tadqiqot ishida o’quvchilarda kreativ kompetentlik sifatlarini rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan tavsiyalar sinovdan o’tkazildi;
- umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarini kreativ kompetentlikini shakllantirish uchun zarur didaktik shart-sharoitlar hamda ijodkor shaxs o’quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish tizimining didaktik modeli samaradorligi baholandi.
O’quvchilar kreativ kompetentliki shakllanganlik darajasini shakllantirishda ta’lim mazmuni asosida ishlab chiqilgan ijodiy, o’quv hamda muammoli-vaziyatli topshiriqlarga monand mezonlar va usullari tanlandi. O’quvchilarda kreativ kompetentlikni shakllantirish jarayonining o’zlashtirish ko’rsatkichlarini baholash va monitoringini amalga oshirish tartibi belgilandi hamda sinab ko’rildi.
Olingan natijalar tahlili o’quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish jarayonida pedagogik texnologiyalarga asoslangan trening mashg’ulotlari o’quvchilarda kreativ kompetentlikni shakllantirishda yuqori samaraga erishilganligini ko’rsatdi. Nazariy hamda amaliy mashg’ulotlar, muammoli vaziyatli topshiriqlarni bajarishda o’quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko’nikmalarni mustahkamlab borishda kreativ kompetentlik asosida o’quvchilar o’quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish usulikasidan foydalanish o’quvchilarda tayyorgarlik ko’rsatkichlarining yuqori darajaga bo’lishini ta’minladi.
Kreativ kompetentlik o’quvchilarning egallayotgan bilimlarini mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa bo’lajak mutaxassislarning fan asoslarini o’zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda o’quvchilarda kreativ kompetentlikka asoslangan yondoshuvlarni joriy etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchi shaxsiga xos bo’lgan kreativ kompetentlik bilim, ko’nikma va malakalari tushunchalarini tadqiqot nuqtai nazaridan aniqlashtirib oldik. Jumladan: kreativ kompetentlik bilimlari – yangi yechim ishlab chiqish uchun talab etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson ongidagi tizimlangan in’ikosini; kreativ kompetentlik ko’nikmalari – shaxsning maqsadga yo’naltirilgan ijodiy faoliyatda, aqliy jarayon bosqichlarini tez va to’laqonli amalga oshirish darajasini ifodalashi aniqlandi. Kreativ kompetentlik malakalari esa shaxsning ijodiy faoliyatni qisman avtomatlashgan tarzda, aqliy jarayon bosqichlarining faqat dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasini anglatadi.
O’quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har bir darsda o’quv faoliyatining asosi bo’lishi lozim. Kreativ kompetentlik faoliyati o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha qirralarini qamrab olar ekan, uni samarali tashkil qilish butun ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.
Kreativ kompetentlik faoliyatini rivojlantirishda ilmiy-texnik ma’lumotlar bilan tanishish muhim o’rin tutadi. O’quvchilarga axborotnomalar, ilmiy atamalar bo’yicha ma’lumotlar, ixtirochilik va patentshunoslik materiallari haqida ma’lumotlar berib borish muhim manba vazifasini o’taydi. Axborot texnologiyalari va patentshunoslik sohasidagi mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish, shu sohalarga oid davriy nashrlar bilan muntazam tanishib borish o’zining ijobiy natijalarini beradi.
Xulosa

Uzluksiz ta‟limda shaxsga yo’naltirilgan faollikni rivojlantirishga qaratilayotgan muammoni hal qilish uchun axborotning tarbiyaviy samarasini oshirish bilan birga izlanish, bahs-munozalari, o’zaro bilim almashish kabi faol shakl va uslublaridan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular o’quvchilarni yangi bilim va tushunchalarni mustaqil topishiga, o’z qarashlari va g’oyalarini himoya qilishga, dunyoqarashi va tasavurlarini o’rtoqlari bilan almashinishga o’rgatadi. Bunda ijodiy fikrlash, tasavvurlarni rivojlantirish, fikrlar tafovuti va xilma-xilligi, kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, topqirlik, idroklilik, zukkolik va zehnni tarbiyalash talab etiladi.


O‘smirlarda iroda sifatlarini tarbiyalash zamonaviy pedagogik psixologiyaning muhim masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Zero, o‘smirlik davri bu - o‘tish davri bo‘lib, yosh inqirozini boshdan kechirish, o‘zini ma’lum darajada kattalardek his etish, shu sharoitda kattalar tomonidan uning yetarli darajada tan olinmasligi holatlari o‘smirlarda turli psixologik muammolarni keltirib chiqarishi kuzatiladi. Bular esa aynan iroda sifatlarini yangicha tafakkur sharoitida ilmiy-psixologik nuqtai nazardan tadqiq etish, o‘rganishni taqozo qiladi.
Shu munosabat bilan amalga oshirilgan mazkur bitiruv malakaviy ishida o‘smir shaxsi, ushbu yoshda namoyon bo‘ladigan va uni tarbiyalash zarur bo‘lgan irodaviy sifatlar, xossalar hamda xususiyatlarning psixologik tabiati, unga ta’sir etish yo‘l va usullari, korreksiyasi bilan bog‘liq turli psixologik usullarni ishlab chiqish borasida tadqiqot ishi olib borildi va quyidagi xulosalarga kelindi.
1. Irodani inson tomonidan o‘z xulqi va faoliyatini ongli ravishda boshqarish tuzilmasi sifatida baholash mumkin, zero, iroda maqsadga yo‘naltirilgan hatti-harakat va xulq-atvorning amalga oshishida tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengib o‘tishga imkon yaratadi.
2. Ijtimoiy yo‘nalganlik shaxsning motivasion-irodaviy xislati sifatida o‘z ifodasini topadi, o‘quvchi shaxsining irodaviy jarayonlari, holatlari, xislatlari faoliyatining motivlari va maqsadini amalga oshirishning o‘ziga xos usuli sifatida yuzaga keladi.



Download 207,83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 207,83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quvchilarning kreativ kompetentlikini shakllantirish mezonlari

Download 207,83 Kb.