• 2.2.Тa’lim тizimida o’quvchi shaхsiga yo’nalтirilgan faollikni rivojlanтirish
  • O'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o'z-o'zini tarbiyalash metodlarining o'rni Mundarija




    Download 207,83 Kb.
    bet5/7
    Sana13.05.2024
    Hajmi207,83 Kb.
    #230195
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O\'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o\'z-o\'zini tarbiyalash metodlarining o\'rni
    Yulduz, Topologilar (1), 12-mavzu, 7-sinf Informatika kitobi Cambridge , Analitik geometriyadan misol va masalalarO\'quv qo\'llanma, JAVOBLISI OLIMP, Parxez taomlarni tayyorlash texnologiyasi-fayllar.org, Salat - Vikipediya, Texnologiya. 1-sinf (2017, I.Mannopova, R.Mavlonova), Ижара шартномаси, мустакил иш №1,2 (4), Mavzu Xotiraning adreslari. Baytlarning tartiblanishi-fayllar.org, Mavzu Xotiraning adreslari. Baytlarning tartiblanishi-kompy.info, Mavzu Xotiraning adreslari. Baytlarning tartiblanishi-kompy.info (1), психолог иш хужжати (Lotincha)
    N.N.Obozovning “O‘zining iroda kuchiga baho berish” metodikasi. Metodika 15 ta savoldan iborat bo‘lib, “Ha” javob variantiga - 2 ball, “Bilmayman” yoki “Ba’zan” javob variantiga – 1 ball, “Yo‘q” javob variantiga – 0 ball beriladi. Shuni unutmaslik kerakki, savolnomada yaxshi va yomon javoblar yo‘q. Savollarga javob berishda ob’yektivlik bilan yondashish va xayolga kelgan birinchi javobni yozish talab etiladi.
    Ma’lumotlarni izohlash va qayta ishlash. Agar siz 0 dan 12 ballgacha to‘plagan bo‘lsangiz, unda sizda iroda kuchi qoniqarsiz. Sizga nima oson va qiziqarli bo‘lsa, faqat shuni bajarasiz, majburiyatlarga qo‘l uchida munosabatda bo‘lasiz va bu turli ko‘ngilsizliklarning sababi bo‘lishi mumkin.
    13-21 ball. Sizda iroda kuchi o‘rtacha. Agarda siz turli to‘siqlarga duch kelsangiz, ularni yengishga harakat qilasiz. Chap berish yo‘lini ko‘rsangiz, undan foydalanishga harakat qilasiz. O‘z xoxishingiz bilan ortiqcha majburiyatlarni o‘z zimmangizga olmaysiz.
    22-30 ball (erishilgan natijalar 22 dan 30 ball oralig‘ida bo‘lishi mumkin). Sizga ishonish mumkin. Siz pand bermaysiz. Lekin ayrim hollarda sizning qattiq va murosaga kelolmaydigan yo‘lingiz atrofdagilarni xafa qilib qo‘yishi mumkin.
    Eksperimental tadbirlarni amalga oshirish natijasida biz qo‘llagan metodikada o‘quvchilarning irodaviy sifatlari orasidagi maksimal va minimal farqlarni ko‘rsatadigan har bir savol bo‘yicha ijobiy va salbiy javoblar nisbati hisobga olindi (2-jadval).

    2-jadval. O‘quvchilarda o‘zining iroda kuchiga baho berish dinamikasi.



    Ma’lum bo‘lishicha, sinaluvchilarning eng ko‘p qismi “o‘rta” iroda kuchiga ega o‘quvchilardir. Past iroda kuchiga ega bo‘lgan o‘quvchilar nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Shuning uchun nisbatan past iroda kuchiga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan korreksion tadbirlarni muntazam tarzda tashkil etish talab qilinadi.
    Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sinaluvchilarning 40 foizi, ya’ni 8 nafar o‘quvchi “yuqori” iroda kuchiga ega. Iroda kuchining ushbu darajasiga mansub bo‘lgan o‘smirlar o‘ziga ishonuvchan, har qanday sharoitda ham o‘z aytganidan qaytmaydigan, qat’iyatli, mustahkam iroda kuchiga ega bo‘lishadi. Ularga ishonish mumkin, ular hech qachon pand berishmaydi.
    “O‘rtacha” iroda kuchini o‘quvchilarning 10 nafari (50%) namoyon etdi. Iroda kuchining ushbu darajasiga mansub bo‘lgan o‘smirlarda turli to‘siqlarga duch kelinsa,
    ularni yengishga harakat qilish, chap berish yo‘li ko‘rinadigan bo‘lsa, undan foydalanishga harakat qilish kabi xislatlar xos. Ular o‘z xoxishlari bilan ortiqcha majburiyatlarni o‘z zimmalariga olishga harakat qilishadi.
    “Past” iroda kuchiga ega o‘quvchilar soni kam, atigi 2 nafar, bu jami o‘quvchi soniga nisbatan 10 foizni tashkil etdi. Iroda kuchi qoniqarsiz bo‘lgan o‘smirlarda nima oson va qiziqarli bo‘lsa, faqat shuni bajarish, majburiyatlarga qo‘l uchida munosabatda bo‘lish, qiyinchiliklarga bardosh bera olmaslik, belgilangan vazifalarning o‘rtasida uni tashlab ketishga intilish kabi xislatlar xos bo‘ladi.
    Sinaluvchi-o‘quvchilarning ko‘pchiligini (50%) “iroda kuchi”ning o‘rtacha rivojlanish darajasiga mansub bo‘lgan bolalar tashkil etdi; iroda kuchining “yuqori” rivojlanish darajasiga mansub bo‘lgan bolalar esa nisbatan kam (40%). Unchalik katta bo‘lmagan bolalar soni va nisbati (10%) ni iroda kuchining “past” rivojlanish darajasiga mansub bo‘lganlar tashkil etdi. Guruhlardagi o‘g‘il va qiz bolalar natijalarini alohida o‘rganish ko‘rsatishicha, iroda kuchining o‘rtacha rivojlanish darajasiga ega o‘quvchilar qiz hamda o‘g‘il bolalarda ko‘pchilikni tashkil etdi. Biroq, qizlarda irodaning yuqori rivojlanish darajasiga ega bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etdi, o‘g‘il bolalarda esa bu parametr bo‘yicha natijalar nisbatan ancha past namoyon bo‘ldi. Metodikaning iroda kuchi parametri bo‘yicha natijalarni sifat jihatdan tahlil etish natijasida qiz va o‘g‘il bolalardagi bir-biridan muhim farqlarni aniqlashga erishdik. Jumladan, tashkillashtirilganlik, tartib-intizom, mas’uliyat hissi kabi iroda sifatlari bo‘yicha farqlar ancha katta ekanligi va bunda qizlar o‘g‘il bolalardan ustun ekanligi aniqlandi. Jasurlik, mardlik kabi iroda sifatlari bo‘yicha esa o‘g‘il bolalar ustun ekanligini kuzatdik.
    1-diagramma. O’smirlarda o‘zining iroda kuchiga baho berish dinamikasi.



    2.2.Тa’lim тizimida o’quvchi shaхsiga yo’nalтirilgan faollikni rivojlanтirish


    Bugungi kunda dunyo hamjamiyati hayot faoliyatining barcha sohalarida
    qimmatli o’zgarishlar kechmoqda, bu esa o’z navbatida bo’lajak professionalni shakllantirishga yangicha yondashuvni talab etadi. Bizning davrimiz uchun farqli tomoni ta‟lim sifatidagi o’zgarishlar – uning yo’naltirilganligi, maqsadi, mazmuni barchasi bo’lajak mutaxassisni “Shaxsning erkin rivojlanishi”, ijodiy tashabbuskorligi, ta‟lim olishning mustaqilligi, raqobatbardoshligi, kabi sifatlarini nazarda tutadi. Respublikamizda mustaqillik yillarida o’quvchilar iqtidori, qiziqish va qobiliyati asosida ixtisoslashtirilgan ta‟limning tashkil etilishi o’zining ijobiy natijalarini namoyon etmoqda.
    Тa‟kidlab o’tish kerakki, shaxsga yo’naltirilgan ta‟lim deganda, biz ko’proq
    o’quvchilarning shaxsiy manfaatlari, ehtiyojlarini nazarda tushunamiz. Bunda ta‟limning mazmuni o’quvchi shaxsining qiziqishlariga mos ravishda yo’naltirilishi, uning qiziqishlari va layoqatini qo’llab-quvvatlash bosh maqsad qilib belgilanadi. Uning qiziqishlari, fantaziyasi aniq maqsad sari yo’naltirilgan bo’lib, o’z manfaatlarini fanlardan Davlat ta‟lim standartlari talablari asosida nafaqat minimal darajadagi balki, maksimal darajadagi bilimlarni egallash bilan himoya qilishga qodir bo’lishi lozim. Buning uchun esa, o’qituvchilar tomonidan ularning intilish va qiziqishlarini rag’batlantirib borish talab etiladi. Bunday yondashuv orqali ta‟lim jarayonini amalga oshirishda o’quvchining bilim olish jarayonini o’z ichiga olgan, “o’qituvchi” – “o’quvchi” – “o’qituvchi”-“ota-ona” munosabati hamkorligi va erkin tanlash prinsipi uni tanlagan sohasi bilan shug’ullanishdan zeriktirmaydi, bilimlarini takomillashtirish sari undaydi.
    Тadqiqotlarning ko’rsatishicha ko’pgina pedagog olimlar tomonidan ta‟lim jarayonida shaxsga yo’naltirilgan yondashuvning asoslangan pedagogik texnologiyalari ishlab chiqilgan bo’lib, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
    - shaxsga yo’naltirilgan ta‟lim;
    - hamkorlik pedagogikasi;
    - adaptiv muloqot pedagogik texnologiyasi;
    - o’yin texnologiyasi; rivojlangan o’qitish texnologiyasi;
    - muammoli o’qitish texnologiyasi;
    - differensial o’qitish;
    - individual o’qitish texnologiyasi.
    O’tgan davrlar ta‟lim tizimiga nazar tashlasak, o’quvchiarga ta‟lim va tarbiya
    berish avtoritar ta‟lim metodlariga asoslangan bo’lib, u o’quvchini itoatkor, o’zgalar fikriga bo’ysinuvchan shaxs sifatida tarbiyalashga yo’naltirilgan edi. Bunda o’qituvchi - “buyuruvchi”, o’quvchi -“bajaruvchi” mexanizm kabi edi. Hozirgi paytda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi ta‟lim islohotlari barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan demokratik ta‟lim metodlariga asosidagi milliy modelning joriy etilishi bilan ahamiyatlidir. Demokratik ta‟lim metodlari o’qitish jarayonida o’quvchi fikrining hurmat qilinishi, uning har bir tushunchani o’zlashtirishda faol mushohada etishi, o’qituvchi fikrini tahlil qilishi va o’zi asosli deb topgan fikrlarnigina qabul qilish mumkinligiga asoslanadi. Bu g’oyalarni amalga oshirishdagi muammo respublikamizda haligacha avtoritar metodlardan demokratik ta‟lim metodlari o’tish mexanizmi ishlab chiqilmaganligi bilan izohlanadi. Aytish joiz bu borada joriy etilayotgan o’quvchilar bilimini baholashning reyting tizimi, test mezonlarining keng joriy etilishi, o’quvchilarni kasb tanlashga
    yo’llashdagi erkinliklarni “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni
    amalga oshirishning yutuqlari sifatida qayd etish mumkin.
    O’qituvchi o’quvchini sust tinglovchidan dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishi uzluksiz ta‟limda katta ahamiyatga ega. Bunga o’quvchining o’z egallayotgan bilimi va qobiliyatiga ishonch hissini oshirishi o’ta ta‟sirchan omildir. Ushbu vazifani amalga oshirishning har bir bosqichida o’quvchining jismoniy, aqliy va ruhiy jihatdan rivojlanish darajalari tahlil qilinib, zaruriy tavsiyalarni berib, pedagogik qo’llab-quvvatlash, uning faoliyatiga zarur vaziyatlarda tuzatish va qo’shimchalar kiritib borish zarur. O’quvchining shaxsiy mustaqil bilish faoliyati ularning ichki motivatsiyasi yuqori darajada bo’lganda faol va samarali bo’ladi. Bilish va ijodiy faoliyatga nisbatan motivatsiya darajasini oshirishning samarali vositasi - muammoli o’qitish usuli ta‟limda samarali qo’llash hisoblanadi.
    Agar o’quvchi o’z o’quv faoliyatining mohiyatini ko’ra olmasa, u o’quv maqsadini tan olmaydi, o’qituvchi qo’ygan vazifalarni tushunmaydi va qabul qilmaydi. Shuning uchun o’quv materiali mazmuni avval o’qituvchi tomonidan ijobiy o’zlashtirilib, qayta ishlanib, undan o’quvchini qiziqtiradigan, shaxsiy tajribasiga mos kelib, fikrini qo’zg’aydigan, hayajonga soladigan xos jihatlar belgilab yetkazilgandagina natijasi samarali bo’lishi isbotlangan. Ana shundagina o’quvchi o’zini ushbu hodisalarning bevosita ishtirokchisi va ijodkori sifatida hisoblaydi.
    Faol ta‟lim metodlarini qo’llash jarayonining xarakterli xususiyati shaxsning
    axborotlarni o’zlashtirishdagi barcha imkoniyat va malakalar umumiy majmua sifatida qaralishidir. Axborotlarni o’zlashtirish imkoniyatlariga eshitish va ko’rish, tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, ijodiy mushohada qilish, so’zlab berish, jismoniy harakatlar bajarish kabilar, malakalar sifatida esa loyihalash, harakatlanish, tasavvur qilish, nutq, sezgi organlari faoliyati nazarda tutiladi. Sanab o’tilgan imkoniyat va malakalar majmuasini faol ta‟lim metodlari yordamida rivojlantirishda qisqa vaqtga mo‟ljallangan, ta‟lim mazmuniga ko’ra strukturalangan, barcha guruh a‟zolarining faolligini ta‟minlovchi, sodda mashqlardan foydalaniladi.
    Тa‟lim muassasalarida o’quvchilarning mustaqil-ijodiy izlanishlariga yo’naltirilgan to’garaklarga jalb qilish, mazmun va shakli jihatidan turlicha bo’lgan faoliyat turlari ham estetik ijtimoiy fikrlash bilan birga o’zaro muvofiqlikni keltirib chiqaradi. Muammoli masalalarni qo’yish, ularni mustaqil ijodiy hal qilish yoshlarning qo’shimcha bilimlarga ega bo’lishiga, dunyoqarashga oid masalalarni rivojlanishiga o’zlarini fikrlarini isbotli himoya qilish
    ko’nikmalari va malakalarini shakllanishga yordam beradi. Darsdan va ta‟lim muassasasidan tashqari mashg’ulotlar asosan individual, guruh hamda ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. Тa‟kidlab o’tish kerakki, darsdan tashqari faoliyat o’quvchilarda dunyoqarashning nafaqat g’oyaviy asoslarini shakllantiradi, balki uni amaliy harakatiga aylanishini ta‟minlaydi. Bunda sust tinglovchi va kuzatuvchi rolida qolib ketmaydi; u bilimlarni mustaqil va erkin egallashga kirishadi, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tushunishga harakat qiladi, o’zi o’zlashtirilgan sifatlarning tengdoshlari orasidagi faol targ’ibotchisiga aylanadi.

    Download 207,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 207,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o'z-o'zini tarbiyalash metodlarining o'rni Mundarija

    Download 207,83 Kb.