• II.Bob.O‘smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlari
  • -jadval Ilk yoshdagi o‘spirinlarda irodaviy sifatlar shakllanganligi va uning o‘z-o‘zini boshqarishga ta’siri ko‘rsatkichlari




    Download 207,83 Kb.
    bet3/7
    Sana13.05.2024
    Hajmi207,83 Kb.
    #230195
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    O\'quvchi shaxsiga irodaviy sifatlarni shakllantirish o\'z-o\'zini tarbiyalash metodlarining o\'rni

    1-jadval Ilk yoshdagi o‘spirinlarda irodaviy sifatlar shakllanganligi va uning o‘z-o‘zini boshqarishga ta’siri ko‘rsatkichlari




    1-rasm. Ilk yoshdagi o‘spirinlarda irodaviy sifatlar shakllanganligi va uning o‘z-o‘zini boshqarishga ta’siri ko‘rsatkichlarini diagramma ko‘rinishi

    Jadval va diagramma natijalariga muvofiq ko‘rsatkichlar tahliliga nazar tashlar ekanmiz, iroda kuchi sinaluvchilar guruhida 44% (15-16 yosh), 46% ( 17-18) va o‘z-o‘zini boshqarishga ta’siri 42%, 44% yuqori ko‘rsatkichga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu ulardagi har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishda o‘zlarida sabot-matonat ko‘rsata olishlarida namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, ulardagi natijalarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, iroda kuchi shaxsning yosh va individual psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, iroda kuchining yuqori darajada bo‘lishi irodaviy sifatlarning ham rivojlanishiga xizmat qiladi.


    Shuningdek, ishtirokchilarning 30% (15-16 yosh) va 31% (17-18 yosh) ida o‘rta ko‘rsatkichga ega ekanliklari aniqlandi. Bu ulardagi iroda kuchining vaziyatga qarab namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi. Mazkur holat o‘quvchilarda o‘quv topshiriqlarni o‘rinli va vaziyat nuqtai nazaridan bajarilishiga hamda ijtimoiy psixologik shart-sharoitlar bilan uzviy bog‘liqdir. O‘quv topshiriqlari yoki turli xil ko‘rinishdagi murakkab vazifalarni bajarish jarayonida irodaning ijobiy yoki salbiy sifatlari tarkib topishi mumkin. Xususan, iroda kuchining yuqoriligi ularda mustaqillik, qat’iyatlilik, mardlik, sabotlilik kabi irodaviy sifatlarning shakllanishiga shuningdek, buning aksi holatini aks ettiruvchi salbiy xususiyatlarni namoyon bo‘lishiga ham olib keladi.
    Olingan natijalarga ko’ra, 26% (15-16 yosh) va 23% (17-18 yosh) sinaluvchilar guruhida irodaviy sifatlarning shakllanganligi past darajani tashkil qildi. Bunga sabab sifatida quyidagi holatlarni keltirish mumkin: o’quvchi tomonidan o’zlashtirilgan ijtimoiy tajribalarning murakkabligi va boyligi; erishilgan muvaffaqiyatlar; sanogen fikrlash emas aksincha, patogen fikrlashning ustunligi; ijtimoiy munosabatlar jarayonida o’quvchi ishtirokining kamligi yoki cheklanganligi; o’z-o’zini rivojlantirish ko’nikmalarining rivojlantirilmaganligi va boshqalar. Shuningdek, iroda kuchining quyi darajada bo’lishi o’quvchining atrofdagi narsalarga befarqligi, o‘zi va boshqalar bilan bog‘liq vazifalarni zimmalariga olmasliklari natijasida ro‘y beradi. Ushbu holatni o’quvchi shaxsida mustaqillik, chidamlilik, jasoratlilik, matonatlilik, irodaviy zo‘r berish kabi xislatlarning tarkib topmaganligi bilan izohlash mumkin.
    Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, iroda bu insonning hayotiy qiyinchiliklarni yengib o'tishi, maqsadga erishish qobiliyatidir. Xususan, u xarakter, maqsadlilik, qat'iyatlilik, matonatlilik, jasoratlilik kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi. Ushbu xarakter xususiyatlari ijtimoiy foydali yoki jamiyatga zid maqsadlarga erishishga yordam berishi mumkin. Shu sababli ham o’quvchilarda irodaviy sifatlarni rivojlantirish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim funksiyalaridan biri sifatida belgilanadi.

    II.Bob.O‘smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlari


    2.1.O‘smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlari

    Jahonda insonning o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanishi, biror faoliyatga qat’iyat bilan kirishishi, qiyinchilik va to‘siqlarga qaramasdan mazkur ishni amalga oshirishda shijoat ko‘rsatishi, tirishqoqlik va tashabbuskorlik namoyon etishi muvaffaqiyatli faoliyat garovi bo‘lib qolmoqda. Zero, har qanday faoliyatda inson omili, uning irodasi yetakchi zahira hisoblanadi. Shuning uchun mazkur psixik voqelikka ta’sir etuvchi ichki, tashqi, ijtimoiy, tabiiy omillarni o‘rganish, psixik imkoniyatlarni optimallashtirish usullarini aniqlash va tatbiq etish yuqori saviyali, kompetent mutaxassis, axloqli, insofli, o‘z manfaatidan ko‘ra jamiyat manfaatini ustun qo‘yuvchi insonni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


    Jahon psixologiyasida irodani tadqiq etishning ustuvorligi kuzatilmoqda. Xususan, zamonaviy inson hayot tarzining ijtimoiy-iqtisodiy globallashuv natijasida keskin o‘zgarishi, shaxs oldidagi psixologik, pedagogik, sotsial muammolarning vujudga kelishi undan kuchli iroda va ma’naviy-ma’rifiy resurslarni takomillashtiruvchi fundamental ilmiy izlanishlarni talab etmoqda. Jamiyatda raqobatbardosh, malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabning ortishi va ularning tanlov tizimining jiddiylashishi aynan bugungi o‘zgaruvchan, shiddatli, interaktiv voqelikka tez moslashadigan, o‘zi va faoliyatini mahoratli boshqara oladigan, maqsadi sari sobitqadam, sabotli, chiniqqan, serbardosh, qat’iyatli, mehnatkash kadrlarga ehtiyoj juda ortib bormoqda. Shuning uchun, zamonaviy psixologiyada shaxsning ichki irodaviy imkoniyatlarini tadqiq etish, uning yosh, jinsiy xususiyatlarini aniqlash, qonun va mexanizmlarini ishlab chiqish mazkur ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy muammoga yuqori dolzarblik baxsh etmoqda.
    XX asrning 30-yillarida Yevropa mamlakatlari hamda AQSH psixologiyasida
    irodaning nazariy, eksperimental jihatdan tez sur’atlar bilan tadqiq qilinganligi ko‘zga tashlanadi. Lekin ijtimoiy madaniyatning keyingi taraqqiyot bosqichlarida iroda kategoriyasiga nisbatan qiziqish birmuncha pasayganligi kuzatildi.
    Hozirgacha soxa mutaxassislaridan ko‘pchiligi o‘smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘z ilmiy izlanishlarida o‘rganganlar. O‘smirlarda iroda shakllanishining psixologik xususiyatlari, o‘smirlarda irodaviy xususiyatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, ular irodaviy sifatlarini rivojlantirishning yo‘llari, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar irodasini mustahkamlash bilan aloqador tasavvurlarning shakllanishi masalalari rus olimlaridan K.N. Kornilov, S.L. Rubinshteyn, B.M.Teplov, B.G.Ananyev, N.D.Levitov, A.V.Vedenov, V.A.Kruteskiy, P.A.Rudik, A.S.Puni, V.K.Kalin, L.S.Vigotskiy va boshqalar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan. Mamlakatimiz olimlaridan E.Gʻ.Gʻoziyev, G.Q.To‘laganova, R.I.Sunnatova kabilarning izlanishlarida o‘smirlarda iroda shakllanishi muammosi tahlil qilingan.
    O‘smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvohi bo‘lamiz. O‘smirlik yoshiga xos yorqin psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S.Vigotskiy (1930) tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo‘lib, unda o‘smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o‘zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretasiyasi berilgan.
    S.Xoll (1940) o‘zining rekapitulyasiya nazariyasida o‘smirlik yoshi insoniyat rivojlanish tarixining romantik davriga to‘g‘ri kelib, bolalik bilan kattalik orasidagi bosqich ekanligini ta’kidlaydi.
    O‘smirlik davrining yirik tadqiqotchilaridan yana biri nemis faylasufi va psixologi E.Shpranger (1924) o‘smirlik yoshining birinchi bosqichi 14-17 yoshlarga to‘g‘ri kelib, bu yoshda bolalikdan qutulish sodir bo‘lishini izohladi.
    E.Shprangerning izdoshlaridan biri V.Shtern o‘smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.Shtern “Do‘stingni ko‘rsatsang, kimligingni aytaman” degan naqlga “Hayotingdagi eng qimmatli kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman” degan ma’no berib, uni
    izohlashga harakat qiladi. Chunki o‘smir hayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi.
    Shunday qilib, XX asrning boshlarida o‘smirlik yoshini eng qiyin psixologik yosh deb tan olindi.
    Hozirgi davrda o‘smirlarni tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, hatti-harakat motivlari ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘smirlarni tarbiyalashda ularning xususiyatlarini to‘la hisobga olgan holda ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash shaxslararo munosabatda anglashilmovchilikni vujudga keltirmaydi, sinf jamoasi o‘rtasida iliq psixologik iqlimni yaratadi.
    O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas», - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muxim xarakterini bildiradi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog‘liq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan bog‘liqdir. Bu davrda ichki sekresiya bezlaridan biri gipofiz bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muhim ichki sekresiya bezlarining (qalqonsimon bez, buyrak o‘sishi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo‘y o‘sishi tezlashadi, jinsiy balog‘atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo bo‘lishi) amalga oshadi.
    Har qanday o‘smir shaxsida o‘z-o‘zini baholash orqali unga ta’sir etadigan ijtimoiy omillarni aniqlash mumkin. Chunki odamning o‘z-o‘zini anglashi, bilishi, o‘z ustida ishlashi avvalo, uning diqqati, ongi, bevosita o‘ziga, o‘z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, his-hayajon kechinmalariga qaratilishini taqozo etadi. O‘smir shaxsining o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlarini anglashi qanchalik adekvat, to‘g‘ri, real bo‘lishi uning barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. Shuning uchun shaxsning tarbiyalanganligini bilishda, uning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini o‘rganish lozim. Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini qanchalik aniq va to‘g‘ri bilsa, tasavvur qilolsa, uning ijtimoiy normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kam bo‘ladi, ya’ni shaxs tarbiyalangan bo‘ladi.
    O‘smirlik davri maktab va boshqa ta’lim maskanlarida o‘qish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi yetakchi faoliyat o‘qish bo‘lib, unda bola bilim olish bilan bog‘liq, malaka va ko‘nikmalarni orttirishdan tashqari, shaxs sifatida ham muhim o‘zgarishlarga yuz tutadi. O‘smir shaxsining har tomonlama yetuk shakllanishi, uning qiziqishlari ijtimoiylashuvi, ehtiyojlar tizimi, mehnat ustanovkalariga bog‘liq jihatlarni to‘g‘ri tarbiyalash kerak. O‘smirlik davridagi maktabdan bezish (dezadaptasiya) ga sabab bo‘luvchi affektiv ruhiy hayajon, kuchli ehtiros, jo‘shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar tariqasida ro‘y beradigan psixik holat jabhalarini o‘rganish lozim. Ayniqsa, ushbu hodisaning tuzilishi, uning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini o‘rganish o‘smirlar bilan amalga oshiriladigan profilaktik va korreksion ishlarning samaradorligini belgilaydi.

    Download 207,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 207,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Ilk yoshdagi o‘spirinlarda irodaviy sifatlar shakllanganligi va uning o‘z-o‘zini boshqarishga ta’siri ko‘rsatkichlari

    Download 207,83 Kb.