Bu jarayon bilan bir vaqtda R va X guruhlar orasidagi masofa ham ortadi. Natijada kompleksning potensial energiyasi ham ortadi. R bilan Y va R bilan X guruhlar orasidagi masofalar teng bo‘lganda (B nuqta, 1- rasmga qarang) bu energiyaning qiymati eng katta bo‘ladi. Bu nuqtada beqaror muvozanat mavjud bo‘lib, u bir xil ehtimollik bilan chapga yoki o‘nga siljishi mumkin.
Shuning uchun B nuqtani, sistemaning bu holatini o‘tish holati yoki faol (aktiv) kompleksi deyiladi.
1-Rasm.
Sinxron reaksiya diagrammasi
Reaksiya davomida sistema oxirgi holatga (C-nuqtaga) o‘tadi. Bu holatning energiyasi dastlabki holat energiyasi (A-nuqta)dan
ham kichik, ammo dastlabki holatdan oxirgi holatga kelish uchun sistema “energetik tog‘”ni (B-nuqtani) oshib o‘tishi kerak.
Yuqoridagi rasmda keltirilgan “reaksiya koordinatasi” tushunchasi dastlabki moddaning eng kam energiya sarf qilib oxirgi moddaga (mahsulotga) aylanadigan reaksiyaning eng qisqa yo‘lini bildiradi.