Asinxron reaksiya
Asinxron reaksiya deb, oraliq mahsulot hosil bo‘lishi bilan ikki yoki undan ortiq bosqichda boradigan reaksiyaga aytiladi:
RX + Y RY + X
reaksiya ma’lum bir aniq oraliq
mahsulot hosil bo‘lishi orqali ham borishi mumkin. Bu oraliq mahsulot Y - reagent bilan reaksiyaga kirishib oxirgi mahsulot - R-Y ni hosil qiladi. Shunday qilib yuqoridagi sxemada keltirilgan reaksiya ikki bosqichda ketishi mumkin:
I bosqich:
II bosqich:
Almashinish reaksiyasining bu ko‘rinishi amalda ikkita mustaqil reaksiyadan iborat, ularning har biri o‘zlarining boshlang‘ich va oxirgi holatlariga ega.
A
O‘tish holati nazariyasiga binoan reaksiya I bosqichidagi R-X ning dissotsiatsiyasiga ma’lum faollanish energiyasi E`A talab qilinadi va bu reaksiya B1 nuqta bilan ifodalangan o‘tish holati orqali boradi (2 rasmga qarang). Bu o‘tish holat xuddi sinxron reaksiya vaqtidagi o‘tish holat singari vujudga keladi. Erituvchi molekulasi R-X molekulasiga X gu- ruhning qarama-qarshi tomonidan hujum qiladi va dissotsiatsiyani oson- lashtiradi. Bunda erituvchi oxirgi mahsulot hosil qiladigan reaksiyaning bevosita qatnashchisi bo‘lmaydi. U energiyaga boy va elektrostatik ta’sirga oson uchrovchi karbokationni solvatlaydi, xolos. Erituvchi tomonidan solvatlatgan karbokation qarorligining kichik yoki katta bo‘- lishi va u aniq birikma (oraliq modda) vazifasini bajarib I bosqichning oxirgi mahsuloti C1 bo‘lishi mumkin. C1 oraliq moddaning (karbo- kationning) energiyasi etarli darajada katta bo‘lgani uchun u keyingi reaksiya uchun dastlabki modda vazifasini bajarishi mumkin (masalan, reaksiyaning II-bosqichi uchun). Bu reaksiya ham E2 faollanish energiyasiga ega bo‘lgan V2 oraliq holatdan o‘tishi kerak. Bu oraliq holat Y- reagentning yaqinlashib kelishi va shu bilan birga solvatlovchi erituvchi molekulasining siqib chiqarilishini xarakterlaydi.
2-Rasm. Assinxron reaksiya diagrammasi
Bu reaksiya uchun Xemmondning umumiy prinsipini quyidagicha ta’riflash mumkin:
“Agar reaksiya energiyalari deyarli teng bo‘lgan ham oraliq holat, ham oraliq mahsulot hosil bo‘lishi bilan borsa ularning bir-biriga ayla- nishi strukturaning kam o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. Agar substratlar energiyasi katta bo‘lsa (ekzotermik reaksiyalar) oraliq holat strukturasi dastlabki moddalar strukturasiga, energiyalar kam bo‘lsa (endotermik reaksiyalar) oxirgi moddalar strukturasiga yaqin bo‘ladi”.
|