1.Mavzuning dolzarbligi. Kurs ishning dolzarbligi shundaki,
kimyo fani amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv predmetlari qatoriga kiradi.
Shuning uchun o‘quvchilarga kelgusida biron kasbni egallashda Alkil benzollarni ochib berishda o‘qituvchi kimyo darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kimyoviy tajribalardan ko‘proq foydalanish orqali ma‘lum maqsadga erishishi mumkin. Mazkur kurs ishining dolzarbligi ham, fan va texnika shiddatli rivojlanayotgan bir davrda nazariyani doimo amaliyot bilan bog‘lab o‘rgatish yo‘llarini ochib berishga qaratilganligi bois dolzarbdir.
2. Kurs ishning ob’ekti va predmeti. Alkil benzollar mavzusi ahamiyati nuqtayi nazardan aloxida ahamiyatga molikdir. Shu nuqtai nazardan bu
bilimlar o‘quvchilar uchun hayotda, turmushda zarurligi ko‘rsatilgan. Maktab
o‘quvchilari, kollej va akademik litsey o‘quvchilari kelgusida biror kasb egasi
bo‘lishlari uchun ushbu mavzuga oid bilimlar muhimdir. Mazkur ishda keltirilgan
nazariyalar. tavsiyalar, maktab kimyo, fizika fani o‘qituvchilari, talabalar
o‘quvchilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilish mumkin.
3. Kurs ishning vazifalari. Kurs ishimda keltirilgan ma‘lumotlar, uslubiy tavsiyalar, ishlanmalar, kimyoni chuqur o‘rganuvchi talabalari, abituriyentlar, o‘qituvchilar uchun, fizik, kimyoviy bilimlarni kimyo fani bilan bog‘lab o‘rganishda ya‘ni fanlararo bog‘lanishni amalga oshirishda o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatlarida bevosita foydalanishlari mukin.
1.1 ORGANIK REAKSIYALARNING MEXANIZMLARI
Organik reaksiyalarning mexanizmi deganda reaksiyaga kirishayot- gan moddalarning boshlang‘ich moddalardan reaksiya mahsulotlariga aylangunga qadar qanday bosqichlarni bosib o‘tishi, bu bosqichlarning qanday sodir bo‘lishi, eski kimyoviy bog‘larning uzilishi va yangi bog‘- larning hosil bo‘lishining qanday amalga oshishi, reaksiya elementar bosqichlari o‘tish holatlarining tasviri, hosil bo‘ladigan zarrachalar xarakteri, reaksiyaning fazoviy jihatdan qanday borishi tushuniladi.
Organik reaksiyalar ketishining bunday nozik tomonlarini aniq- lashda turli usullar qo‘llaniladi. Bu usullar reaksiya mobaynida hosil bo‘ladigan zarrachalar – karbokationlar, karboanionlar va radikallarni aniqlash, izotoplardan foydalanish, reaksiyalar ketishining kinetik va fazoviy qonuniyatlarini o‘rganish usullaridir. Reaksiya mexanizmlarini aniqlashda organik birikmalarning tuzilishi va reaksion qobiliyati o‘rtasidagi bog‘lanishdan ham foydalaniladi.