|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq maktablarda-matematika-fanini-o-qitishning-dolzarb-masalalari (1)Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
1071
w
www.oriens.uz
May
2022
yoki yumshoq kabi xususiyatlar inobatga olinmaydi. Chunki, matematik ob’ektdagi
bu xususiyatlar umumlashtiriladi, abstraktlanadi va uning yordamida matematik
nazariya yaratiladi. Aks holda nazariyani yaratib bo‘lmaydi.
2) matematik xulosalar (natijalar) asosan mantiqiy xulosa chiqarish bilan olinadi.
Tajriba metodi bilan olingan natija matematika uchun to‘g‘ri hisoblanmaydi.
3) matematik xulosalar rad qilinmas xulosalardir.
4) matematikadagi paydo bo‘lgan abstraktsiyalar pag‘onasimon rivojlanadi,
ya’ni abstraktsiyadan abstraktsiyaga o‘tiladi.
matematik natijalar universal xarakterda bo‘lib, bu boshqa sohalarga ham tadbiq
etiladi[5,33].
O‘rta maktablarda matematika o‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan
belgilanadi:
1. Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi.
2. Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi.
3. Matematika o‘qitishning amaliy maqsadi.
Matematika o‘qitishning umumta’limiy maqsadi o‘z oldiga quyidagi vazifalami
qo‘yadi:
a) O‘quvchilarga ma’lum bir dastur asosida matematik bilimlar tizimini berish.
Bu bilimlar tizimi matematika fani to‘g‘risida o‘quvchilarga yetarli darajada
ma’lumot berishi, ulami matematika fanining yuqori bo‘limlarini o‘rganishga
tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o‘quvchilar o‘qish jarayonida
olgan bilimlarining ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‘rganishlari, ya’ni isbotlash
va nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari kerak.
b) O‘quvchilaming og‘zaki va yozma matematik bilimlarini tarkib toptirish.
Matematikani o‘rganish o‘quvchilaming o‘z ona tillarida xatosiz so‘zlash, o‘z fikrini
aniq, ravshan va lo‘nda qilib bayon eta bilish malakalarini o‘zlashtirishlariga yordam
berishi kerak. Bu degan so‘z o‘quvchilaming har bir matematik qoidani o‘z ona
tillarida to‘g‘ri gapira olishlariga erishish hamda ulami ana shu qoidaning matematik
ifodasini formulalar yordamida to‘g‘ri yoza olish qobiliyatlarini atroflicha
shakllantirish demakdir
c) O‘quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga
o‘rgatish. Bu yerda o‘quvchilarga real olamda yuz beradigan eng sodda hodisalardan
tortib to murakkab hodisalargacha hammasining fazoviy formalari va ular orasidagi
miqdoriy munosabatlami tushunishga imkon beradigan hajmda bilimlar berish ko‘zda
tutiladi. Bunday bilimlar berish orqali esa o‘quvchilaming fazoviy tasavvur qilishlari
shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.
|
| |