Oriental Renaissance: Innovative




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana14.01.2024
Hajmi0,72 Mb.
#137258
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktablarda-matematika-fanini-o-qitishning-dolzarb-masalalari (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1070 
w
www.oriens.uz
May
2022
 
bo‘lgan. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi 
aynan o‘quvchilarni o‘ylashga, to‘g‘ri, mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga 
o‘rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik 
o‘quvchilarni o‘ylashga va fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida 
turli tuman masala, muammo va jumboqlarni yechish orqali o‘quvchilar to‘g‘ri fikr 
yuritish, mantiqiy fikrlashni o‘rganadilar. 
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Maktabda matematika o‘qitishning asosiy vazifasi o‘quvchi yoshiga mos 
kundalik turmushda va mehnat faoliyatida qo‘llaniladigan, kelajakda ta’lim olishni 
davom ettirishda zarur bo‘lgan matematik bilimlar va ko‘nikmalarini ongli ravishda 
mustahkam egallashni ta’minlashdan iborat. Matematika o‘qitish metodikasi fani 
bevosita falsafa, psixologiya, pedagogika, didaktika, matematika fanlari, 
chizmachilik, mantiq, tarix va boshqa fanlarga asoslanadi. 
Matematika fani nazariyasi va uni o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni tadqiqot 
qilishda matematika fani va uning o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga 
olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
MUHOKAMA 
Zamonaviy ta’limda ta’lim oluvchi uchun dars jarayonidan tashqari vaqtlarda 
ham o‘z ustida ishlashlari, bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish uchun 
imkoniyat yaratiladi. Matematika boshqa fanlar (fizika, ximiya, tarix va hokazo) kabi 
haqiqiy borliqni o‘rganadi. Haqiqiy borliqning tuzilishi va undagi qonun qoidalarini 
tadqiqot qiladi. Haqiqiy borliq haqida turli modellar yasaydi. Agar, tabiiy fanlar o‘z 
tadqiqotlarida tajribalarga asoslanishsa, matematika tajribalarga asoslanmaydi. 
Matematikadagi nazariyani amaliyot bilan bog‘lash bilan bog‘liq muammolarni 
tushunish va tasavvur qilishda tajribaga murojaat qilish mumkin. Biroq tajriba metodi 
matematikada isbot uchun qabul qilinmaydi. Tabiiy ilmiy fanlar haqiqiy borliqning 
noma’lum bo‘lgan xossalarni topish uchun tadqiqot o‘tkazsa, matematika moddiy 
dunyoning qaralayotgan modellarida yangi xossalarni topadi va yangi modellar 
yaratadi. Bunga borliqdagi hodisalarni yaxlit talqin qilishga imkon beruvchi 
matematik modellashtirishlar misol bo‘ladi. Matematika bu aniq fanlar guruhiga 
mansub bo‘lib, uni o‘rganish va tadqiqot qilishning boshqa fanlardan farq qiluvchi 
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan:
1) matematika predmetlarining abstraktlangan xossalarini o‘rganadi. Matematik 
ob’ektlar mazmundan ajratilgan holda o‘rganiladi, ya’ni ob’ektning ta’mi, hidi, qattiq 



Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish