Oriental Renaissance: Innovative




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana14.01.2024
Hajmi0,72 Mb.
#137258
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktablarda-matematika-fanini-o-qitishning-dolzarb-masalalari (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1073 
w
www.oriens.uz
May
2022
 
shug‘ullanadi. Matematika o‘qitish metodikasi matematika fanini o‘qitish 
qonuniyatlarini o‘rganish jarayonida pedagogika, mantiq, psixologiya, matematika, 
lingvistika va falsafa fanlari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Boshqacha aytganda
maktabda matematika o‘qitish muammolari mantiq, psixologiya, pedagogika
matematika va falsafa fanlari bilan uzviy bog‘liqda hal qilinadi. Matematika o‘qitish 
metodikasining metodologik asosi bilish nazariyasiga asoslangandir. Matematika 
metodikasi fani matematik ta’limning maqsadi, mazmuni, formasi, uslubi va uning 
vositalarini dars jarayoniga tadbiqiy qonuniyatlarini o‘rganib keladi. Matematika fani 
fizika. chizmachilik, kimyo va astronomiya fanlari bilan ham uzviy aloqada bo‘ladi. 
Matematika fanining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi quyidagi ikki yo‘l bilan 
amalga oshiriladi: 
1) Matematika tizimining butunligini buzmagan holda o‘qishni fanlarning 
dasturlarini moslashtirish.
2) Boshqa fanlarda matematika qonunlarini, formulalarini teoremalarni 
o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan materiallardan matematika kursida foydalanish. [3,72] 
Hozirgi vaqtda matematika dasturini boshqa fanlar bilan moslashtirish masalasi 
ancha muvaffaqqiyatli hal qilingan. Masalan, funksiyalar va ularni grafik tasvirlash 
haqida fizikada foydalaniladigan ba’zi ma’lumotlarni o‘quvchilar VII sinfdan boshlab 
o‘rgana boshlaydilar. VIII sinfda beriladigan geometrik yasashlarga doir ko‘p 
bilimlar chizmachilik fani uchun boy material bo‘ladi, chizmachilikning vazifasi bu 
bilimlami turli chizmachilik ishlarini bajartirish yo‘li bilan puxtalashdan 
iboratdir.[4,39] Matematika darslarida boshqa fanlardan foydalanish masalasini 
dasturda aniq ko‘rsatish qiyin, buni o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi, ya’ni o‘quv 
materialini rejalashtirishda va darsga tayyorlanish vaqtida e’tiborga olishi kerak. 
Masalan, tenglamalami o‘rganish davrida fizik miqdorlar orasidagi bog‘lanishlarni 
aks ettiradigan tenglamalarni, ya’ni issiqlik balansi tenglamasi, issiqlikdan chiziqli 
kengayish tenglamasi va shunga o‘xshash tenglamalarni ham yechtirishi mumkin. 
Dasturning foiz, proporsiya va boshqa boblarini o‘rganishda kimyo va fizika 
masalalaridan foydalanish ma’quldir (aralashmalar, quymalar va shunga o‘xshashlar), 
masalan:
1) 20% li eritma hosil qilish uchun eritiladigan moddadan 240 g suvga qancha 
solish kerak?
2) 5% li 400 g eritmani qaynatib, 200 g ga keltirildi. Endi eritmaning o‘tkirligi 
qancha bo‘ladi?
Qo‘shni fanlarga doir materiallardan matematika darslarida foydalanish 
fanlararo uzviy aloqadorlikni yanada mustahkamlaydi. 



Download 0,72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish