Oriental Renaissance: Innovative




Download 273.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana15.01.2024
Hajmi273.82 Kb.
#137612
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlang-ich-sinf-o-quvchilariga-badiiy-asarlarni-o-qitish-orqali-nutqlarini-o-stirish-texnologiyalari
077, ilova-341181102047, OT mustaqil ish Atajanov S, shablon, shiyshasazliq, kerakli, John Galsworthy his life and work. Forsyte Saga and Modern Comedy.Forsytism as a phenomenon of the English society, 2 slides, mexrinozpptx, AXBOROTNI BOSHQARISH BAZASI, Kontentlarni Hemisga joylashtirish bakalavr
Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
391 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
hikoyalashga o’rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o’qituvchi hikoyaning oldindan 
belgilab qo’yilgan birinchi qismini o’qiydi va o’quvchilar bilan birgalikda eng 
muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o’quvchilar ba’zan asardagi so’zlardan 
foydalanadilar. Bu o’quvchilarga qiyinlik qilsa, bo’limdagi asosiy fikrni o’z so’zlari 
bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o’quvchilar o’qituvchi bilan bu qismni 
qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi 
darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari 
yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o’quvchilar asarni qisqartirib qayta 
hikoya qiladilar. O’qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3- sinfdan boshlab 
o’rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o’stirish 
vositalaridan biridir [3].
Tanlab hikoyalashda o’quvchi:
1) o’qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so’zlab 
beradi;
2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;
3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo’nalishida so’zlab beradi.
Bolalar tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang’ich sinf 
izohli o’qish darsida keng qo’llanadigan metodik usullar yordam beradi:
1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;
2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.
O’quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o’qilgan matnni tahlil qiladi. 
Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o’stiradi va o’qilgan 
matn mazmunini o’zlashtirishga yordam beradi. Hikoyani o’qish bilan bog’liq holda 
o’tkaziladigan ijodiy ishlar ham o’quvchilar nutqini, tafakkurini o’stiradi. Bular:
1) ijodiy qayta hikoyalash;
2) inssenirovka qilish;
3) o’qilgan asarga rasm chizish;
hikoyani davom ettirish.
1. Ijodiy qayta hikoyalashda o’qilgan hikoyaning sharoitini, yo formasini 
o’zgartirib hikoya qilinadi, yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to’ldirib hikoya 
qilinadi.
2. Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o’quvchilar o’qilgan hikoyani sahnabop 
qilib o’zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, 
qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o’ylaydilar, monologik nutqni dialogik 
nutqqa aylantiradilar (bu tilni o’rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).



Download 273.82 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 273.82 Kb.
Pdf ko'rish