Oriental Renaissance: Innovative




Download 273.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana15.01.2024
Hajmi273.82 Kb.
#137612
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlang-ich-sinf-o-quvchilariga-badiiy-asarlarni-o-qitish-orqali-nutqlarini-o-stirish-texnologiyalari
077, ilova-341181102047, OT mustaqil ish Atajanov S, shablon, shiyshasazliq, kerakli, John Galsworthy his life and work. Forsyte Saga and Modern Comedy.Forsytism as a phenomenon of the English society, 2 slides, mexrinozpptx, AXBOROTNI BOSHQARISH BAZASI, Kontentlarni Hemisga joylashtirish bakalavr
Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
390 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos 
tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars 
paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar 
shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi [1]. 
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasa-da, 
amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi. O’qish darsliklariga
asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi 
asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o’qitiladi. 
Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga 
ega bo’lib, ularning o’quvchilarga ta’siri ham har xil bo’ladi. Tabiiyki, har bir janrga 
oid asar matni lingvistik jihatdan ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy 
asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola 
matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar 
predmet, voqea-hodisalar o’rtasidagi o’xshashlikni taqqoslash orqali o’zlashtirilsa, 
maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. SHunga 
ko’ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o’qishda o’qituvchidan unga mos usullar tanlash 
talab etiladi [2]. 
O’qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini 
tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o’quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo’ladi 
va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish 
hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o’tiladi, ya’ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha 
topadilar. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o’qilgan 
hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi 
haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o’ylaydilar. Sarlavha topish 
ustida ishlash, o’quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo’lib muhokama qilish, reja 
tuzish jarayonining o’zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o’z 
mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o’qish va tahlil 
qilish jarayonida tuzilgan reja doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya 
qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan 
izchillikda o’zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o’qituvchi savoligi javob 
berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning hiyla mustaqil formasidir. 
O’qilgan asar mazmunini o’zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich, qisqartirib 
hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bo’linadigan, bu 
bo’limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib 



Download 273.82 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 273.82 Kb.
Pdf ko'rish