• TOPSHIRIQNI BAJARISH BO’YICHA YO’RIQNOMA.
  • Yechilishi
  • INDIVIDUAL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ.
  • INDIVIDUAL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ




    Download 0,98 Mb.
    bet120/137
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #247086
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   137
    Bog'liq
    1 ta\'lim texnologiyasi

    INDIVIDUAL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ.
    Agar biror mamlakatning barcha aholisi soni 30 mln kishini tashkil etsa , ular ichida 16 yoshga to’lmaganlar va maxsus muassasalardagi shaxslar soni 10 mln kishi, ish kuchi tarkibidan chiqib ketganlar 8 mln kishi, ijtimoiy mehnatda band bo’lganlar 11,4 mln kishi bo’lsa, ishsizlar sonini va ishsizlik darajasini aniqlang.


    TOPSHIRIQNI BAJARISH BO’YICHA YO’RIQNOMA.
    1.16 yoshga to’lmaganlar va maxsus muassadagi shaxslar soniga ish kuchi tarkibidan chiqib ketganlar sonini qo’shib jami ishga layoqatsiz aholini aniqlang.
    2. Jami aholi sonidan ishga layoqatsiz aholi sonini chegirib tashlang va ishga layoqatli aholi sonini aniqlang.
    3.Ishga layoqatli aholidan ijtimoiy mehnatda band bo’lganlar sonini chegirib jami ishsizlar sonini aniqlang.
    4.Jami ishsizlar sonini ishga layoqatli aholi soniga bo’lish va 100 ga ko’paytirish orqali ishszlik darajasini aniqlang.
    5. Topshirqni bajarish uchun 5 daqiqa.
    Yechilishi:

      1. 10mln+8mln = 18 mln ishga layoqatsiz aholi

      2. 30mln – 18 mln = 12 mln ishga layoqatli

      3. 12 mln – 11,4 mln = 0,6 mln ishsiz

      4. (0,6 mln/ 12 mln )*100% = 5 %

    Ilova №6



    INDIVIDUAL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ.
    Hozir mamlakatda jami ishsizlar 300 ming nafar, mehnat resurslari esa 3 mln kishidan iborat. Ishsizlar tarkibi quyidagicha: 80 ming friksion, tarkibiy ishsizlar 140 ming kishini tashkil etadi. Ishsizlikning me’yori necha foizni tashkil etadi. Tabiiy va haqiqiy ishsizlik darajasini hisoblang va YaIM da qancha uzilish bo’lishini hisoblang.


    TOPSHIRIQNI BAJARISH BO’YICHA YO’RIQNOMA.
    1.300 ming kishini mlnga o’giring.
    2. Ishsizlar sonini ishga layoqatli aholi soniga bo’lib, foizlarda haqiqiy ishsizlik darajasini aniqlang.
    3.Friksion va tarkibiy ishsizlikni yig’indisidan foydalanib, ishsizlikning tabiiy darajasini aniqlang.
    4. Ishsizlikning haqiqiy va tabiiy darajalari orasidagi farqni anqilang.
    5. Olingan natijani Oyken koeffitsiyentiga ko’paytirib YaIM dagi uzilish miqdorini aniqlang.
    6.Topshiriqni bajarish muddati 5 daqiqa.


    Yechilishi:
    1) 300ming kishi- 0,3 mln kishi
    (0,3/ 3)*100%=10%- haqiqiy ishsizlik
    2) 80+140 =220 mln kishi – 0,22 mln kishi
    (0,22/3)*100% = 7,3% - tabiiy ishsizlik.
    3) 10 – 7,3 = 2,7 * 2,5 = 6,75% YaIM da uzilish bo’ladi.

    Ilova №7


    Download 0,98 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   137




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    INDIVIDUAL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ

    Download 0,98 Mb.