|
TOPSHIRIQNI BAJARISH BO’YICHA YO’RIQNOMA
|
bet | 122/137 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #247086 |
Bog'liq 1 ta\'lim texnologiyasiTOPSHIRIQNI BAJARISH BO’YICHA YO’RIQNOMA.
«NIMA UCHUN?» SXEMASI– muammoning dastlabki sababini aniqlash bo’yicha fikrlar zanjiri bo’lib, tizimli, ijodiy, tahliliy mushohada qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
«Nima uchun?» Sxemasini tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma
O’quv topshiriqda ko’rsatilgan muammo sababini ko’rsatilgan muammo sababini aniqlash uchun:
1) Muammoni yozing va strelka chizig’ini chiqarib «Nima uchun?» so’rog’ini yozing.
2) Savolga javob yozib nima uchun so’rog’ini takror yozib boravering. Bu jarayonnim muammoning dastlabki sababini aniqlamaguncha davom ettiring.
«BALIQ SKILETI» CHIZMASI – bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. Tizimli fikrlash,tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
“Baliq skileti”chizmasini tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma
O’quv topshiriqda ko’rsatilgan muammo maydonini tavsiflash uchun:
1.« Baliq skiletini” chizing:
Muammо оsti muаmmоlаr
Muammо оsti muаmmоlаr
ning mavjudligini tasdiqlovchi dalillar
2. «Suyak»ning chap qismida (yoki yuqori suyakda) muammo osti muammoni yozing, o’ng qismida (pastki suyakda) – muammo osti muammoni amalda mavjud ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yozing.
«QANDAY?» IYERARXIK DIAGRAMMASI – muammo to’g’risida umumiy tasavvurlarni olishga, uning yechimini toppish usul va vositalarini topishga imkon beruvchi mantiqiy savollar zanjiridan iborat.
Tizimli, ijodiy,tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi.
«Qanday?» diagrammasini tuzish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma
«Qanday?» diagrammasini tuzishdan avval, siz quyidagilarni bilishingiz kerak:ko’p hollarda sizga muammolar hal etishda «Nima qilish kerak?» haqida o’ylashga hojat bo’lmaydi. Muammo yechimini toppish uchun asosan «Buni qanday qilish kerak?» qabilida. «Qanday?» - muammoni hal etishda asosiy savol hisoblanadi.
1. Doira chiqing va uning ichiga yechilishi lozim bo’lgan muammoni yozing.
2. Ketma-кеt ravishda «Qanday?» savolini qo’ying va shu savolga javob bering. Shu tartibda savollarni ketma-ket berib boravering va javoblarni o’ylab o’tirmasdan, solishtirmasdan, baholamasdan, tez-tez yozishda davom eting .
3. Diagrammani tahlil qiling: agar diagrammadagi tarmoqlangan “shoxchalar”da g’oyalar takrorlansa, demak aynan shu g’oya muammoni yechishda muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Maslahat va tavsiyalar:
Yangi g’oyalarni grafik ko’rinishida qayd etishni o’zingiz hal eting: daraxt yoki kaskad ko’rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan o’ngga. Eng muhimi esda tuting: Nisbatan ko’p miqdordagi foydali g’oyalar va muammo yechimlarini topishga imkon beradigan eng maqbul usul hisoblanadi.
Agarda siz muammoni yechimini topish uchun to’gri savollar bersangiz va uning rivojlanish yo’nalishini namoyon bo’lishida ishonchni saqlasangiz,diagramma, siz har qanday muammoni amaly jihatdan yechimini topishingizni kafolatlaydi.
|
| |