• Tarbiyaviy maqsad
  • Geografik ob`yektlar, joy nomlarini to`g`ri qo`llay olish kompetensiyasi
  • O`tilgan mavzuni takrorlash
  • Yangi mavzu bayoni
  • Foydalanilgan vosita va jihozlar




    Download 0.73 Mb.
    bet3/7
    Sana21.10.2022
    Hajmi0.73 Mb.
    #27685
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    3-4-5-Amaliy mashgulot
    AXSAN, Tarmoq prosessorlari, Angliyada Plantagenet sulolasining hukmronligi, 10-sinf-konspekt-new, Dori vositalari xaqida tushuncha dorilarning boshqa omillar bilan uzaro munosabati, 1.Jahon tarixi kafedrasi. Kurs ishi umumiy talablari, Unli va undosh tovushlar tasnifi, Orfoepiya, 8-Amaliyot, Assembler tilida dasturlash, Davlatov Asatilla, oraliq, 100-ehtimolliklar-nazariyasi, Редкие газы
    Foydalanilgan vosita va jihozlar: darslig, atlas, yozuvsiz xaritalar to`plami, kompyuter, proyektor, tarqatma materiallar;
    Darsning maqsad va vazifalari:
    Ta`limiy maqsad: O`quvchilarning oldingi mavzular yuzasidan bilimlarini tekshirish, ularni yangi atama va tushunchalar bilan tanishtirish. O’quvchilarga Xitoy Xalq Respublikasi haqida batafsil ma’lumot berish hamda ko`nikma va malakalarni aniqlash.
    Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga ma`lumot berish, ko`nikma va malakalarni aniqlash, jamoa bilan ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifalarni bajarishda ma`suliyat sezish , malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirish.
    Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`rgatish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
    Geografik ob`yektlar, joy nomlarini to`g`ri qo`llay olish kompetensiyasi: Xitoy Xalq Respublikasining ma’muriy-hududiy bo’linishini xaritadan tushuntirish.
    DARSNING BORISHI
    I.Tashkiliy qism (5minut)
    II.O`tilgan mavzuni takrorlash (10minut)
    III. Yangi mavzu bayoni.(20minut)
    IV.Mustahkamlash (5minut)
    V.Baholash (3minut)
    VI.Uygavazifa (2minut)
    O`tilgan mavzuni takrorlash
    Xitoy Xalq Respublikasining chegaradosh davlatlari haqida ma’lumot berish.

    1. Xitoy shimoldan qaysi davlat bilan chegaradosh va u davlat haqida ma’lumot bering.

    2. Xitoy janubdan qaysi davlatlar bilan chegaradosh va u davlatlar haqida ma’lumot bering.

    3. Xitoy g’arbdan qaysi davlatlar bilan chegaradosh va u davlatlar haqida ma’lumot bering.

    4. Xitoy sharqdan qaysi davlatlar bilan chegaradosh va u davlatlar haqida ma’lumot bering.

    Yangi mavzu bayoni
    Mavzu: Xitoy Xalq Respublikasi

    Jahonning eng qadimiy va yirik davlatlaridanhisoblanadigan hozirgi Xitoy 1949-yil 1-oktyabrda tashkil topgan. Uning hududi 9,6 mln. km.kv ga teng. Maydonining kattaligiga ko'ra jahonda uchinchi o'rinni egallaydi. Bu mamlakat hududi g'arbdan sharqqa 5 ming km. ga, shimoldan janubga esa 3 ming km. gacha cho'ziladi.



    Xitoy - xilma-xil tabiiy resurslarga juda boy. U toshkomir, temir va marganes rudalari, boksit va polimetallar surma, volfram, molibden, qalayi kabi mineral xomashyolar bilan jahonda eng yaxshi ta’minlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Daryolar gidroenergetika resurslariga nihoyatda boy, bunday quvvatlar hajmiga ko'ra u dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Mamlakatning shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy hududlari esa o'rmonga boy. Jami hududining 8 foizi o'rmonlardan iborat. Shunday qilib, Xitoyda dunyodagi eng baland, sovuq va qurg'oqchil tog`liklar bilan iliq va mo'tadil iqlimli nam subtropik va tropik tabiatli hududlar yonma-yon joylashgan.
    Xitoy - aholisining soniga (1350,0 mln kishi) ko'ra jahonda eng yirik mamlakat. Hozirgi vaqtda Xitoyda jahon aholisining 20 foizga yaqini yashamoqda.
    Xitoyda aholi ko'payishini kamaytirishga olib keladigan o'ziga xos demografik siyosat amalga oshirilmoqda. Mamlakat Konstitutsiyasida qonunlashtirilgan bu demografik siyosatga ko'ra «bir oilaga bir bola» tavsiya qilinadi. 
    Mamlakat aholisining umumiy soni 1955-2013-yillar orasida 615 mln. dan 1350,0 mln. gacha, ya’ni 2,2 baravardan ortiqqa ko'paydi. Xitoy aholisi ana shunday qat’iy cheklashlarga qaramasdan, so'nggi vaqtda yiliga 12-13 mln. kishigacha kо`paymoqda.
    Xitoy jahonning eng yirik mehnat resurslariga ega bo'lgan mamlakati hamdir. Unda 795,4 mln.dan ziyodroq mehnatga layoqatli aholi mavjud. 
    Aholisining milliy-etnik tarkibiga ko'ra Xitoyni bir vaqtning o'zida ham ko'p millatli, ham bir millatli mamlakatlar qatoriga kiritish mumkin. Xitoyda 60 dan orliq turli millat va elatlar yashaydilar. Bular uyg'urlar, mo'g'ullar, tibetliklar, dunganlar, manjurlar va boshqalardir. Shu sababli Xitoy ko'p millatli mamlakatlar qatorida turadi. Bir millatli mamlakat deyilishining sababi Xitoy aholisining 90 % dank o`prog`ini xitoyliklar – xanlar tashkil qiladi. 
    Xitoy aholisi hududiy jihatdan notekis taqsimlangan. Aholining o'rtacha zichligi har 1 km.kv maydonga 141 kishini tashkil qilgani holda, bu ko'rsatkich Buyuk Xitoy pasttekiligi qismida 400-500 kishini, Xuanxe va Yanszi daryolari oraliq tekisliklarida 800 -1000 kishini, cho`l va baland Tibet yassi tog`ligi hududlarida esa 1-2 kishini tashkil etadi. Aholisining 90 foizi mamlakat hududining 1/3 qismidagina to`plangan.
    Xitoy jahonning o'rtacha darajada urbanizatsiyalashgan mamlakatlari qatoriga kiradi. Aholining 47,8% i shaharlarda yashamoqda. Bu 739,4 mln. kishini tashkil etadi. U hozirgi vaqtda jahon mamlakatlari orasida yirik shaharlar (450), millioner shaharlar (60) ning umumiy soniga hamda shahar aholisining mutlaq miqdoriga ko‘ra birinchi o‘rinda turadi. Faqat yirik va "millioer” shaharlardagina jami shahar aholisining 1/2 ga yaqin qismi yashamoqda. Shanxay (14,4 mln.kishi), Pekin (12,7 mln.kishi), Guanchjou (11,8 mln), Shenchjen (11,7), Dunguan (7,6 mln), Tyanszin (7,2 mln) dunyoning eng yirik shaharlari qatoriga kiradi. Xitoy aholisining katta qismi qishloqlarda yashaydi. Unda 700 mingga yaqin qishloqlar hisobga olingan. Qishloqlar va qishloq aholisining soniga ko`ra ham bu mamlakat jahonda birinchi o`rinda turadi.







    Download 0.73 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.73 Mb.