|
O'rta tolali paxlalar uchun tts dagi buo uskunalari majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash
|
bet | 5/10 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 94,52 Kb. | | #263214 |
Bog'liq Ikki batareyali valikli paxta tozalash zavodining ishlab chiqarish
2.1. Texnologik jarayonlar va paxta tozalash rejasi.
CHigitli paxtani tayyor mahsulotga aylantirish uchun bajariladigan hamma ishlar yig`indisi paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayoni deb atalib, bu jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi: paxta tayyorlash punktining quritish-tozalash tsexida chigitli paxtani quritish va tozalash; paxta tozalash zavodining tozalash tsexida chigitli paxtani quritish va uni xas-cho’plardan tozalash; paxta tozalash zavodining bosh binosida chigitli paxtani jinlash va tolani tozalash, chigitni linterlash va lintni, tolali chiqindilarni tozalash, tola, lint va tolali chiqindilarni presslab toylash.
CHigitli paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonini bajarishda paxta tolasi va chigitning tabiiy fizika-mexanikaviy xususiyatlarini saqlash va ularni Davlat standartiga muvofiq bo’lishini ta`minlash kerak. Bu vazifani bajarishda laxtani dastlabki ishlashni to’g`ri tuzish muhim ahamiyatga ega.
Paxta sanoati markaziy ilmiy-tekshirish instituti tavsiya etgan texnologik jarayon sxemasi bo’yicha chigitli paxtani, uning sifatiga qarab uch xil variantda ishlash mumkin. Birinchi variantda namligi 14% dan yuqori bo’lib, mashinada terilgan II-IV sort va qo’lda terilgan III-IV sort paxtalar qayta ishlanadi. Ikkinchi variantda namligi 14% dan kam bo’lgan, ham mashinada, ham qo’lda terilgan paxtalar ishlanadi. Uchinchi variantda qo’lda terilgan I va II sort paxta ishlanadi. Bunda texnologik jarayon sxemasidan arrali tozalagichlarning ikkinchi batareyasini ajratib qo’yish ko’zda tutiladi.
Texnolognk jarayonning ish sifati texnologik jarayon sxemasiga kiritilgan hamma mashinalarning umumiy tozalash effekti bilan xarakterlanadi. Zavodning umumiy tozalash effekti (%) quyidagi formula bilan topiladi:
bunda: K1 , K2, KN —texnologik jarayonga kiritilgan ayrim mashinalarning tozalash effekti.
Ayrim mashinaning tozalash effekti (%) quyidagi formula bilan topiladi:
bunda: Ss-tozalanmagan paxtadagi xas-cho’plar va o’lik tolalar yig`indisi; S1-tozalangan paxtada qolgan xas-cho’plar va o’lik tolalar yig`indisi.
Zavod tsexlarining umumiy tozalash effekti to’g`risidagi ma`lumotlar 2.1-jadvalda berilgan.
Mashinalarning haqiqiy tozalash effekti faqatgina paxtaning boshlang`ich iflosligiga va uning namligiga bog`liq bo’lmay, ularning ishlab chiqarish unumiga va texnologik jarayon sxemasidagi o’rniga ham bog`liq (sxemaning boshida mashinalarning tozalash effekti yuqori bo’lib, paxta tozalangan sari kamayib boradi).
Jindan chiqayotgan tolaning iflosligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
SV=SS(100-KZAV)/V
bunda: SV - chigitli paxtaning boshlang`ich iflosligi, %; Kzav - zavodda o’rnatilgan mashinalarning umumiy tozalash effekti, %; V - chigitli paxtadan tolaning chiqishi, %.
Bu formula bilan hisoblangan SV qiymatini ishlanayotgan tola sorti uchun berilgan ifloslik normasi bilan taqqoslab ko’rganimizda quyidagi tengsizlik chiqishi kerak:
> SV + n
bunda: p - toladagi nuqsonlar yig`indisi.
Tozalash effektini hisoblash formulalari tolada paydo bo’ladigan nuqsonlar yig`indisini nazarga olmaydi, shuning uchun ham tolada paydo bo’ladigan nuqsonlar va xas-cho’plarning haqiqiy yig`indisini, ya`ni shu ikki ko’rsatkich bo’yicha tolaning sifatini ko’rsata olmaydi. SHuning uchun tozalash planini hisoblashda paxtani qayta ishlash vaqtida tolada nuqsonlar paydo bo’lishini nazarda tutish kerak.
Har bir texnologik jarayon sxemasi va ishlanayotgan chigitli, paxtaning sorti uchun nuqsonlar paydo bo’lish darajasi o’zgarmas miqdor bo’lgani, sababli uni tajriba yo’li bilan har bir sxema uchun oldindan aniqlab qo’yish mumkin.
Demak, ishlab chiqarilayotgan tolaning haqiqiy xas-cho’plar va nuqsonlar yig`indisi quyidagicha bo’ladi:
bunda:
|
| |