Halqimiz tomonidan ko‟p ishlatiladigan
va keng tarqalgan dorivor
o‟simliklardan foydalaniladi. Bularga isiriq, ermon, chakanda, aloye, na‟matak,
gazanda va boshqalar misol bo‟la oladi.
O‟simliklar inson organizmidagi turli yuqumli kasalliklarni davolashda katta
ahamiyatga ega.
Insonlar o‟simliklardan chorva mollari uchun ham yem-xashak sifatida keng
ko‟lamda foydalanadilar.
O‟zbekistonda g‟o‟za o‟simligi
asosiy homashyo hisoblanib, undan turli
maqsadlarda foydalaniladi.
Insonlar o‟simliklardan qurilish materiali sifatida ham foydalaniladi.
O‟simliklarni inson hayotidagi muhim tomonlaridan biri, atrof-muhitni
ko‟kalamzorlashtirishdir, chinor, terak, eman, igna bargli doim yashil o‟simliklar
shular jumlasidandir. Bundan tashqari ular havodagi changni tozalab, uni kislorod
bilan boyitadi.
O‟simliklar dunyosidan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda o‟rmon
o‟simliklari alohida o‟rin egallaydi. Respublikadagi o‟rmonlar
yagona davlat
o‟rmon fondini tashkil etadi. O‟zbekiston o‟rmonlari o‟zining xususiyatlari bilan
tog‟, cho‟l, to‟qayzor va vodiy o‟rmonlariga ajratiladi (1-sxema).
1-sxema
O‟rmonlar
Tog’
o’rmonlari
Vodiy
o’rmonlari
To’qay
o’rmonlari
Cho’l
o’rmonlari
Hozirgi vaqtda tog‟ o‟rmonlari 311 ming ga maydonni egallaydi, asosiy
o‟simligi archa
hisoblanib, qolganlari turli-xil daraxt va butalardan iborat.
Cho‟l o‟rmonlari 2,4 mln. ga dan iborat. Bu o‟rmonlarning asosiy o‟simligi
saksovulzorlardir.
To‟qay o‟rmonlari ilgarilari juda zich bo‟lib, hozirda atigi 25 ming ga
maydonda saqlanib qolgan.
Vodiy o‟rmonlarini madaniy iqlimlashtirilgan daraxtlar tashkil etib, ular 12
ming ga dan iborat.
XX asr boshlarida O‟zbekiston o‟rmonlarining maydoni 4-5 martaga qisqardi.
Ayniqsa to‟qay o‟rmonlari antropogen tayziqqa duch keldi.
Dunyo bo‟yi o‟rmonlar xolati qoniqarli emas. Haddan tashqari o‟rmonlarni
kesilishi avj olib, ularning tiklanishi etarli emas. O‟rmonlar kesilishini yillik hajmi
3 mlrd.m
3
ni tashkil etadi. Bu FAO (BMTning oziq-ovqat va q/x tashkiloti)ning
ma‟lumotlariga qaraganda 2000 yilga kelib 1,5 barobarga ortdi. Ayniqsa tropik
o‟rmonlar (Yer yuzining 7%idan iborat) holati g‟oyat tashvishlidir.
Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab turgan yer kurasida bundan
1,5 ming yil muqaddam o‟rmonlar 47% maydonni tashkil qilgan bo‟lsa, hozir ular
27% ni tashkil qiladi. Ko‟p mamlakatlardagi sanoat
manbalarida foyda ketidan
quvish oqibatida juda ko‟p o‟rmonlar kesilib, ularning o‟rniga katta-katta zavod,
fabrikalar qurilmoqda. Bu zavod va fabrikalarda chiqayotgan chiqindilar atrof-
muhitni ifloslanishi natijasida ko‟plab nodir va noyob o‟simlik turlari qirilib
ketishiga sabab bo‟lmoqda. BMTning rasmiy ma‟lumotlariga
qaraganda sanoat
rivojlana boshlagan davrdan 250 ming xil o‟simlik turi yo‟q bo‟lib ketishi xavotir
ostida ekanligi ta‟kidlangan. O‟zbekiston Respublikasida mustaqillikka erishgach
atrof-muhitni, hayvonot va o‟simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida e‟tibor
berildi. 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni muhofaza qilish» to‟g‟risida, 1993 yil 7
mayda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar» to‟g‟risida va nihoyat 1997 yil
26 dekabrda «O‟simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona
foydalanish» to‟g‟risida qonunlar qabul qilindi. Ushub qonunlarda tabiiy sharoitda
o‟sadigan o‟simliklar dunyosini shuningdek, takror etishtirish
va genetik fondini
saqlash uchun ekib o‟stiriladigan yovvoyi o‟simliklarni muhofaza qilish va ulardan
foydalanish sohasidagi munosabatlar to‟g‟risida boradi.
2-modda – O‟simlik dunyosini muhofaza
qilish va undan foydalanish
sohasidagi munosabatlar to‟g‟risida qonun hujjatlarini asosiy vazifalari
quyidagilardir:
- Floraning tur bo‟yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab
qolish. Tabiiy o‟simlik jamoalarining va yovvoyi o‟simliklar o‟sadigan muhitning
bir butunligini saqlab qolish.
- O‟simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror etishtirishni
ta‟minlash yuridik va jismoniy shaxslarni o‟simliklar dunyosini muhofaza qilish va
undan foydalanish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish.
4-modda - O‟simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
sohasidagi davlat boshqaruvi.
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyati organlari,
shuningdek, mahsus vakolat berilgan davlat organlari va davlat organlari
boshqaruv organlaridir. YUridik va jismoniy shaxslar o‟simliklar dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to‟g‟risidagi qonun
hujjatlarda belgilangan
tartibda va sharoitlarda qoplashlari shart.
Bu qonunlar barcha o‟simliklar turlarini saqlab qolish, uni asrab avaylash va
muhofaza qilishda muhim hujjatlar bo‟lib hisoblanadi. O‟zbekiston Respublikasi
hududida 4,5 mingga yaqin o‟simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy
muhofazaga muhtoj ko‟pgina kamyob, endem va relekt turlari ham. Unday
turlarning soni 301 ta bo‟lib O‟zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi»ga
kiritilgan. Mustaqilligimiz sharofati bilan bunday muhofazaga muhtoj o‟simliklar
borasida ko‟pgina ishlar qilindi (1-2-jadval).