|
O‟simlik va hayvonot dunyosi va uni muhofaza qilish Reja 1Bog'liq \'manbaHayvonot dunyosi
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismidir va ular tabiatda
moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o‟ynaydi.
Hayvonot olami umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda
muhimdir. Ma‟lumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo‟y, echki, to‟ng‟iz,
ot, eshak, tuya, qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir
maqsad uchun boqiladi. Ayrim hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai,
boshqasi xo‟jalik uchun asqotadigan ishlarni bajaradi, transport sifatida, uylarni
qo‟riqlashda, zararkunandalar bilan kurashishda beminnat dastyor hisoblanadi.
Tabiat qo‟ynida yovoyyi holda yashaydigan hayvonlarning ham o‟ziga xos
foydali xususiyatlari mavjud, jumladan, ulardan mo‟yna, dorivor vositalar, oziq-
ovqat mahsulotlari, jun olinadi.
O‟zbekistondagi asosiy xo‟jalik ahamiyatiga ega bo‟lgan hayvonlar: suvda
suzuvchilar, sayg‟oqlar, ondatralar, toshbaqalar, zaharli ilonlar, kakliklar, tog‟
echkilari va umurtqasizlar hisoblanadi.
Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatini saqlab turishda xizmat
qiladi. Umuman hayvonlarning turi ko‟p bo‟lib, ularning bir yarim milliondan
ziyod turi bor.
O‟simliklarning quyoshdan olayotgan energiyasini 100% deb olsak, shuning
50%ini o‟simliklar nafas olish jarayonida qolgan energiyani o‟zlashtirib, organik
modda o‟txo‟r va etxo‟r hayvonlarga o‟tadi.
Tuproq
tarkibini
yaxshilashda
va
uning
hosildorligini
oshirishda
hayvonlarning, xususan, yomg‟ir chuvalchangini, chumolini, termitlarni, umurtqali
er qazuvchilarni va boshqalarning ahamiyati juda katta. Bu hayvonlar tuproqni
yumshatadi, aralashtiradi, najas va o‟simlik qoldiqlari bilan o‟g‟itlaydi.
O‟simliklarni changlanishida, urug‟ va mevalarini tarqatishda ham
hayvonlarning ishtiroki bor. Ayrim yirtqich qushlar esa zarakunandalarni
(kemiruvchilarni) qirib, o‟simliklar hosildorligini oshiradi yoki ba‟zi hasharotlar
o‟simliklarni zarakunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, bitta
|
| |