Peter Rillero, Dinah ZikeEcology, 2005 (132, 143-bet)




Download 362,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana28.06.2024
Hajmi362,48 Kb.
#266141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
\'manba

1
Peter Rillero, Dinah ZikeEcology, 2005 (132, 143-bet) 


boyqush bir yilda 1000ta sichqonni yo‟q qilib, 0,5t donni saqlab qolsa, chumolilar 
o‟rmonlarni kasalliklardan saqlaydi. 
Bir hujayrali dengiz hayvonlarning qoldiqlaridan cho‟kindi jinslar (bo‟r, 
ohaktosh) vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq 
suvli qismida marjon orollari vujudga keladi. 
Qadimda ham, texnika taraqqiyoti rivojlangan hozirgi vaqtda ham odamlar 
hayvonlarni chiroyli terisi, mazali go‟shti, qimmatbaho suyagi uchun qiziqishgan 
bo‟lsa o‟ta johil kishilar ov qilishni ermak bilib, hayvonot olamini yo‟q qilishgan. 
Manbalardan ma‟lumki 1872 va 1874 yillar mobaynida AQShdagi Kanzas temir 
yo‟li qurilishi vaqtida “ishtiyoqmand” ovchilar har yili 2,5 mln. bizonni otib 
tashlaganlar, ularni bu beozor jonivorning na mazali go‟shti va na terisi 
qiziqtirmagandir. Oqibatda bizonlar shu qadar kamayib ketganki, hozir ularning 
ozginasi maxsus qo‟riqxonalarda saqlanib qolgan. 
Shuni aytish kerakki O‟zbekiston hududida hayvonot olami qanchalik 
muhofaza qilinmasin va ularningko‟payishiga sharoit yaratib berilgan bo‟lmasin 
goho ularni pinhoniy ov qiluvchi shaxslar uchrab turadi. 
O‟zbekiston hayvonat olamining turi ko‟p va ular rang-barang. Hududimizda 
650 dan ortiq umurtqali hayvon namunalari mavjud bo‟lib, shulardan 83 baliq turi, 
3 ta amfibiy, 58 tur sudralib yuruvchilar, 424 turdan ziyod qushlar va 97 tur sut 
emizuvchilar yashaydi. Hayvonot dunyosini muhofza qilish borasida so‟z borar 
ekan, suv jonivorlarining kamayib ketayotganligiga alohida e‟tibor berish lozim 
bo‟ladi. Chunki, ulardan ayniqsa baliq turlarining kamayib ketishi tashvishlanarli 
xoldir. Bunga sabab esa suv havzalarining ifloslanishi ifloslanishi, suvdagi suv 
salmog‟ining ayrim joylarda ortib borishi ma‟lum turdagi baliqlar uchun katta 
zarar bo‟lishi mumkin. Bundan tashqari brakonьer ovchilar ham baliqlarning 
kamayib ketishiga sabab bo‟lmoqda. O‟lkamizda baliq ovlash xo‟jaliklari maydoni 
38 mln.ga dan iborat. 
O‟lka hududidan turon yo‟lbarsi, shuningdek, qizil bo‟ri butunlay yo‟qolib 
ketgan bo‟lib, qoplon, Old Osiyo qoploni, yo‟l-yo‟l sirtlon, tuvaloq kabi 
jonzotlarning yo‟qolib ketish xavfi bor. 
Ma‟lumotlarga qaraganda, O‟zbekiston hududida Mirzacho‟l, Qarshi cho‟li, 
Surxon – Sherobod cho‟li, Farg‟ona vodiysining markaziy qismlari o‟zlashtirilgan. 
Bu esa sahro-cho‟l muhitida yashaydigan bir qator jonivorlarning, jumladan, 
jayron, go‟zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib ketishiga sabab bo‟lmoqda. 
Bir qator go‟zal jonivorlar, jumladan tog‟ qo‟yi, eron vidrasi, O‟rta Osiyo 
kapchailoni kabilar johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi. 
Hayvonlarning noyob va yo‟qolib borayotgan turlarini muhofaza qilishda 
ularning yashash sharoitini yaxshilash va ko‟payishi uchun qulay imkoniyatlar 
yaratib berish kerak. Buning uchun birinchidan, yo‟qolib ketayotgan va noyob 
hayvon turlarini qat‟iy nazorat ostiga olib, ov qilishga mutlaqo yo‟l qo‟ymaslik va 
ikkinchidan, o‟sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha saqlab, 
qo‟riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur. 
O‟zbekistonda chop etilgan yangi «Qizil kitob»da 24 tur sut emizuvchilar, 51 
tur qushlar, 16 tur sudralib yuruvchilar, 18 tur baliqlar kiritilgan. Umurtqasiz 
hayvonlardan turli sistematik guruhlarga kiruvchi 80 turi kiritilgan (1-2-jadval). 


O‟zbekiston 
mustakillikga 
erishgan 
kunidan 
boshlab 
jamiyatni 
demokratlashtirish va tabiatnimuxofaza kilish soxasidadagi konunchilik ishlari 
tobora takomillashtirilib bormokda. «Tabiatni muxofaza kilish tugrisida»(1992), 
Aloxida muxofaza kilinadigan tabiiy xududlar tugrisida»(1993), Xayvonot olamini 
muxofaza kili shva undan foydalanish tugrisida»(1997),shuningdek Vazirlar 
maxkamasi tomonidan tasdiklangan bir kator xujjatlar asosida xayvonot olami 
muxofaza kilinmokda Bulardan tashkari O‟zbekiston Respublikasi 1995 yilda 
Biologik xilma-xillik tugrisidagi va Xalkaro axamiyatga ega, ayniksa suvda 
suzuvchi kushlarning yashash joylari bulgan suv-botkokli joylar tugrisidagi (2001 
yil Ramsar) Konventsiyalarga kushilgan.

Download 362,48 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 362,48 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Peter Rillero, Dinah ZikeEcology, 2005 (132, 143-bet)

Download 362,48 Kb.
Pdf ko'rish