kam o‘zlashtirgan o‘quvchilar.
2-ilova
Akvarium
Ta’rifi:
1.
5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo‘ylab o‘tiradilar. Ular
– «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o‘tiradilar
(yoki turadilar). Ular – «baliq ovchilari».
2.
Ichki doira a’zolari («baliqlar») o‘qituvchi taklif qilgan savolni faol
muhokama qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib
turadilar va savolni
muhokama qilayotgan biron O‘quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda
jarayonga kirishadilar: qo‘shimcha
qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar.
Shunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning
yoniga turib
olishi kerak.
3.
Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so‘ng ishtirokchilar
joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo‘ylab
o‘tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o‘tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Afzalliklari:
Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni
(masalani) hal qilish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon
yaratadi. Muhokama jarayoniga erkin qo‘shilish va undan chiqib ketishga imkon
beradi.
Tahliliy fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi.
Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.