|
Og‘zaki - yozma uslub va uning xususiyatlari
|
bet | 32/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgOg‘zaki - yozma uslub va uning xususiyatlari
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir.
Oilada, ko‘cha-ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi sanaladi. So‘zlashuv uslubi adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Ikki shaxsning o‘zaro so‘zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So‘zlashuv uslubida so‘zlar ko‘pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. Bu uslubning yana bir o‘ziga xos xususiyati uning erkinligidir. So‘zlashuv uslubining o‘ziga xos xususiyati uning erkinligidir. So‘zlar tartibi erkin, asosiy maqsadni ifodalovchi gap bo‘lagi ajratib ko‘rsatiladi, fikr so‘zga mantiqiy urg‘u berish bilan ifodalanadi. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘ladi. So‘zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir toifaning nutqida o‘ziga xoslik seziladi: olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi, dehqonning so‘zlashuvida farq bo‘ladi. Hatto erkag-u xotinlar so‘zlashuvi o‘rtasida ham ba’zi farqlar bo‘ladi. Og‘zaki so‘zlashuv uslubi grammatik qurilishi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo‘ladi. Bunda xalq maqollari va masallar, rivoyat va ertaklar, latifa va qo‘shiqlar, so‘z o‘yinlari-pichinglar, hazil – mutoyibalar, askiya va qochirmalar muhim manba sanaladi. Jonli nutq jarayonida uslubiy bo‘yoq iboralaridan (Onaginang o‘rgilsin! Qoqindig‘ing bo‘lay!) keng foydalaniladi. Jonli so‘zlashuv nutqida «xom» ibora va gaplar, behayo so‘zlar ham uchraydi. Ba’zan bunday qatlamlar badiiy asarlardan ham o‘rin oladi: Hoy xotin, tavba qildim, endi ichsam, birovdan pul olsam, go‘rimda to‘ng‘iz qo‘pay. Har holda hamma toifa kishilarning suhbati, so‘z va gaplari tushunarli bo‘ladi. Chunki umumiste’moldagi so‘z, ibora va jumlalardan foydalaniladi.
1-topshiriq. Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarning foydasi va zararli oqibati xususida fikrlaringizni yozma bayon qiling.
2-topshiriq. Internet ma’lumotlarida adabiy til me’yorlariga rioya qilinmayotganligi, og‘zaki-so‘zlashuv uslubining yozuvga ko‘chish holatlari haqida mushohadalaringizni bildiring.
|
| |