|
Badiiy uslub va uning xususiyatlari
|
bet | 29/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgBadiiy uslub va uning xususiyatlari
Badiiy uslub - badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo‘lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.
Badiiy uslubning o‘ziga xos xususiyati shundaki, adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o‘z ichiga olish bilan birga, unda o‘zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kunda iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so‘zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. Badiiy uslub o‘quvchiga estetik zavq bag‘ishlaydi.
Badiiy adabiyotning ikkiyoqlama mohiyati, uning bir tarafdan san'at hodisasi, ikkinchi tomondan ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligini aytib o‘tdik. Endi nima uchun badiiy adabiyot ijtimoiy ong sohasiga mansub deyilishi, uning ijtimoiy ong shakli sifatidagi o‘ziga xosligini ko‘rib chiqish darkor.
1-topshiriq. Badiiy uslub haqida o‘rganganlaringizni so‘zlab bering.
2-topshiriq.“Adabiyot – odoblar xazinasi” mavzusida matn tuzing. Unda badiiy uslub vositalaridan unumli foydalaning.
Ommaviy axborot vositalari
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qo‘ydi.
Jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan bu keng miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki qatlamlarigacha olib kirish, albatta, mamlakat aholisining ijtimoiy ongini va saviyasini, hayotga bo‘lgan qarashlarini tubdan o‘zgartirishni talab etardi. Shubhasiz, bu mashaqqatli jarayonda ommaviy axborot vositalari eng muhim o‘rinlardan birini egallaydi.
Aynan shu sababli ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlat rahbariyati tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish, ularning samarali ishlashiga ko‘mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish borasida muayyan ishlar qilindi. Shu sababdan, bu muammo O‘zbekiston Respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o‘z ifodasini topgan. «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi 1997-yil 26-dekabr) "Noshirlik faoliyati to‘g‘risida"gi (1996-yil, avgust), "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi (1996-yil, sentabr), "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida"gi (1997-yil, aprel), "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi, (1997-yil, aprel ), "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida"gi(2002-yil, dekabr) qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining"O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (1996-yil may) Farmoni va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
Shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniye kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol topishiga keng ko‘lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunida ommaviy axborot vositalarining turlari ko‘rsatilgan. Ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, bulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.
Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin.
Demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligini, ularning faoliyat ko‘rsatishi sharoitlarini ta'minlash bilan birga, bu erkinliklarning suiiste'mol qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar yuqorida aytib o‘tganimizdek, berilayotgan axborotning to‘g‘riligi uchun javobgardirlar. Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da'vat qilish, urush va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan o‘zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan xatti-harakatlar sodir qilishni targ‘ib qilishga ruxsat berilmaydi. Uchinchidan, fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish ham ta’qiqlanadi. Ushbu cheklashlar yana bir marotaba huquqiy davlatda so‘z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi istalgan fikr yoki qarash ifoda etilishiga yo‘l qo‘yilmasligidan, lekin bu cheklashlar kichik va aniq bo‘lishidan dalolat beradi. Demokratik huquqiy davlatning mavjud bo‘lishi, qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni asta-sekinlik bilan bo‘lsa ham asrab-ardoqlash uchun so‘z erkinligi huquqining kichik bir qismini cheklash talab qilinadi. Bu hol yuqorida ko‘rib chiqqanimizdek, rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud.
Ma'lumki, axborotni birinchi navbatda jurnalistlar qidiradilar, oladilar va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadilar. Shu sababdan, jurnalistlar faoliyatini ham ko‘rib chiqish lozim. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida" qonun jurnalistning faoliyati bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
|
| |