Frazealogik birliklar turlari va uslubiy xususiyatlari




Download 0,59 Mb.
bet26/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

Frazealogik birliklar turlari va uslubiy xususiyatlari
Frazeologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning lug‘at tarkibidagi frazemalar ya’ni iboralar haqida ma’lumot beradi.
Frazema ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiyadir. Masalan, zo‘raymoq (leksema)-avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema)-azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham leksema kabi lug‘aviy birlik sanaladi, ammo o‘zining ifoda va mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi.
Frazemaning ifoda plani deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruksiyasi nazarda tutiladi. Masalan: ko‘nglini olmoq (birikmaga teng), ko‘zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), boshi qotdi (gapga teng), ensasi qotdi (gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo‘shma gapga teng qurilishli turg‘un konstruksiyalar ham uchraydi: "g‘or yog‘ib, izlar bosildi" kabi.
Frazemalar tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi so‘zlarning bog‘lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so‘zlar tobelanish asosida bog‘lanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi bog‘lanish nutq jarayonida, nutq bilan bir paytda sodir bo‘ladi; frazemadagi bog‘lanish esa nutq paytidan ancha avval yuzaga kelib, turg‘unlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b) erkin birikmadagi yoki gapdagi so‘zlarni so‘zlovchi o‘z ixtiyori bilan almashtira oladi: "keng ko‘cha" birikmasi o‘rnida "tor ko‘cha" birikmasini, "men o‘qiyman" gapi o‘rnida "men ishlayman" gapini qo‘llashi mumkin, ammo "yulduzni benarvon urmoq" birikmasi o‘rnida "yulduzni narvonsiz urmoq", "yulduzni shotisiz urmoq", "yulduzni beshoti urmoq" birikmalari qo‘llanmaydi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turg‘un birikma frazema bo‘lavermaydi. Masalan, Birlashgan Milllatlar Tashkiloti birikmasi turg‘un konstruksiyadir, ammo to‘g‘ri ma’noli turg‘un konstruktsiya bo‘lganligidan frazema hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko‘chma ma’no ifodalashi shart.
Frazeologik monosemiya – frazemaning semantik tarkibida bitta frazeologik ma’noning bo‘lishidir. Chunonchi, ko‘ngliga qo‘l solmoq frazemasining semantik tarkibida "yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qilmoq" ma’nosidan boshqa frazeologik ma’no yo‘q: "Rizaning yuragiga qo‘l solib ko‘rgan Muhiddin uning javobidan xursand bo‘ldi." (R.F.). "Kechagi ishdan maqsadim u yerdagi xotinlarning ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rish, undan keyin o‘zimga ba’zi bir ishonchliroqlarini tanlab olish edi." (S.Z). Keltirilgan gaplarning birinchisida ko‘ngliga qo‘l solmoq frazemasining variatsiyasi – "yuragiga qo‘l solib ko‘rmoq" ishlatilgan, har ikki holda ham bitta frazeologik ma’no – "yashirin fikr-o‘yini bilishga harakat qilmoq" nazarda tutilgan.
Frazeologik polisemiya – frazemaning semantik tarkibida ikki yoki undan ortiq frazeologik ma’noning bo‘lishi. Masalan: boshi(m) aylandi frazemasining semantik tarkibida ikkita frazeologik ma’no bor: 1) "Behud bo‘lmoq" ma’nosi: "stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. "Muncha darmonsiz bo‘lmasam",- o‘yladi u". (S.Z); 2) "Esankiramoq" ma’nosi: "...muloyim qarab qo‘yishlarini, ...jilmayib gapirishlarini sezardim, buning hammasidan boshim aylanardi". (O.Y.)
Leksemalarda bo‘lganidek, frazemalarda ham polisemiya hodisasi ma’no ko‘chish qonuniyatlariga asoslanadi.
Frazeologik paronimiya - tarkibidagi biror leksik komponent bilangina farq qiluvchi frazemalar. Bunday leksik komponentlar bir-biriga o‘xshash bo‘lishi kerak: 1. Yetti uxlab tushiga kirmaslik – «mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik» - 2. Yetti uxlab tushida ham ko‘rmaslik – «hech qachon ko‘rmaslik» kabi. Bu ikki frazemaning tarkibidagi «kirmaslik» va "ko‘rmaslik" so‘zlari talaffuzida (ma’nosida emas, albatta) o‘xshashlik bor, bunday frazemalar tilshunoslikda parafrazemalar deb nomlanadi. (27, 142 - b).

Download 0,59 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Frazealogik birliklar turlari va uslubiy xususiyatlari

Download 0,59 Mb.