-topshiriq. Erkin va turg‘un birikmalarga 10 ta misol yozing va sharhlang. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi




Download 0,59 Mb.
bet25/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

2-topshiriq. Erkin va turg‘un birikmalarga 10 ta misol yozing va sharhlang.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot va madaniy-ma’rifiy muassasa bo‘lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik va axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxona fondi mazmunan universal milliy va xorijiy matbuotning noyob to‘plamidir. Kutubxona faoliyatining bosh maqsadi, butun insoniyat bilimini aks ettirgan, avvalo, O‘zbekistonga va uning milliy manfaatlariga taalluqli hujjatlarning universal fondini yig‘ish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taqdim etishdir.
Respublika tarixi bo‘yicha XIX asrning oxiri XX asrning birinchi choragidagi o‘lkashunoslik mavzusidagi adabiyotlar, birinchi Turkiston litografik, vaqtli nashrlari, qo‘lyozma kitoblar kolleksiyasi, muqaddas kitob–Qur’onning turli nashrlari tadqiqotchilar uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Kutubxonada qadimiy rus kitoblaridan XVI asr matbaa san’ati yodgorligi, Ivan Fedorov tomonidan 1581- yilda Ostrog shahrida bosilgan «Ostrojskaya bibliya» kitobi, 1647-yilda Moskvada cherkov-slavyan shrifti bilan bosilgan dunyoviy mazmundagi «Uchenie i xitrost ratnogo stroeniya pexotnыx lyudey» birinchi rus kitobi, Petr davri kitoblari–Leontiy Magnitskiyning «Arifmetika»si (1703-yil), Buyuk Petr davri «Xmochnovskaya rukopis» va boshqalar mavjud. G‘arbiy Yevropa kitoblarining nodir kolleksiyasida 1489-yilda Nyurnbergda bosilgan «Devyataya Nemetskaya bibliya» inkunabuli, B.Erbeloning 1697-yilda Parijda nashr qilingan «Vostochnaya biblioteka»si mavjud.
Buyuk ajdodlarimiz Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur asarlari kutubxona fondida ko‘z qorachig‘idek saqlanmoqda. Cho‘lpon, Fitrat, U.Nosir, Hamza, G‘.G‘ulom, A.Qahhor va boshqa ijodkorlarning hayotligida chop etilgan asarlarning ilk nashrlari, rus adiblari A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, A.P.Chexov, A.N.Tolstoylarning asarlari bebahodir.
Xorijiy tillardagi adabiyotlar fondi 75 dan ziyod tillardagi ijtimoiy-siyosiy, gumanitar, tabiiy-ilmiy va texnika masalalariga oid nashrlar bo‘lib, bugungi kunda 350 mingdan ortiq nusxani tashkil etadi.
Kutubxonaning San’at bo‘limi o‘ziga xos notali-musiqaviy asarlar to‘plamini, o‘zbek klassik va jahon musiqasi gramplastinka yozuvlarini, 150 mingdan ortiq tasviriy va amaliy san’at nashrlarini jamlagan.
Texnikaga doir adabiyotlar (2 mln.dan ortiq nusxada) ham mazmuniga ko‘ra o‘ziga xos bo‘lib, me’moriy-texnik hujjatlar, sanoat kataloglari (qog‘ozda) to‘plami (33700 nusxadan ortiq)dir.
Avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalari bo‘limi yagona avtomatlashgan kutubxona tizimini qo‘llaydi va rivojlantiradi, elektron katalog hamda elektron ma’lumotlar bazasini yaratishda metodik yordam beradi.
Kutubxona o‘z nashriyot va bosmaxonasiga ega bo‘lib, noshirlik hamda matbaa faoliyati bilan shug‘ullanadi.
1988-yildan kutubxonachilik jarayonini avtomatlashtirishga, 1999-yildan Rossiya Davlat Ilmiy texnika kutubxonasining IRBIS avtomatlashtirilgan axborot dasturidan foydalangan holda vatanimiz va chet el yangi nashrlarining elektron katalogini yaratishga kirishildi. Kutubxonaning elektron katalogi bugungi kunda 25 mingdan ortiq yangi adabiyotlarning bibliografik yozuvlari va davriy nashrlarning analitik yozuvlarini saqlaydi. Kutubxona o‘z ma’lumotlar bazasini yaratmoqda va “Curret Content”, “MicroMedex”, “Medine”, EBSCO va ma’lumot bazalari bilan ishlash imkoniyatidan unumli foydalanmoqda.
Kutubxona 1923-yildan boshlab bosma asarlardan majburiy nusxa ola boshlagan. 1948-yilda kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berilgan.
Kutubxona 1956-yildan buyon xalqaro kitob almashuvini amalga oshirib, uning sheriklari jahonning 24 mamlakatidan 30 dan ortiq tashkilotlardir. Kutubxona yirik xalqaro kutubxonachilik tashkilotlari: IFLA, EvroOsiyo kutubxonalar Assotsiatsiyasi, elektron kutubxonalar va yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilar xalqaro Assotsiatsiyasining a’zosi.
Kutubxona ko‘plab xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar bilan, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan chet mamlakatlarning elchixonalari bilan mustahkam ijodiy aloqalar o‘rnatgan bo‘lib, madaniyati, diniy qarashlari va tarixiy ildizlari turlicha bo‘lgan xalqlarning yaqinlashishiga o‘zining hissasini qo‘shmoqda.
Hozirgi kunda kutubxona fondi jahonning 75 tillaridagi deyarli 10 mln nusxani tashkil etgan.
Kutubxona Respublikamizdagi barcha kutubxonalarga kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohalari bo‘yicha metodik rahbarlik qiladi.


Download 0,59 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-topshiriq. Erkin va turg‘un birikmalarga 10 ta misol yozing va sharhlang. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

Download 0,59 Mb.