|
O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua
|
bet | 21/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org1-topshiriq. “Vatan – yoshlar qo‘lida” mavzusida matn tuzing.
2-topshiriq. Sinonim so‘zlar qatnashgan she’rlardan yod oling
3-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU:“ZAMONAVIY DUNYODA TA’LIM”.
TIL VA TERMINOLOGIYA. “KITOB MUTOLAASI”.
ERKIN VA TURG‘UN BIRIKMALAR. “ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI”. FRAZEALOGIK BIRLIKLAR TURLARI VA USLUBIY XUSUSIYATLARI
Zamonaviy dunyoda ta’lim
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy —iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jaxon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy —axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy — tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy — madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997-yil 29-avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g‘oyalari amaliyotga keng ko‘lamda muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning birinchida «... o‘quv —uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish», ikkinchi bosqich (2001 —2005 yillar)da «... ta’lim muassasalarining moddiy — texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o‘quv — tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» hamda uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da «... ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o‘quv — tarbiya jarayonini yangi o‘quv — uslubiy majmualar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog‘i lozim. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog — o‘qiituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
|
| |