-topshiriq. Vatan va vatanparvarlik haqida aytilgan yuqoridagi fikrlar asosida matn tuzing. 2-topshiriq




Download 0,59 Mb.
bet17/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

1-topshiriq. Vatan va vatanparvarlik haqida aytilgan yuqoridagi fikrlar asosida matn tuzing.

2-topshiriq. Ijtimoiy-siyosiy leksika haqida tushunchalaringizni so‘zlab bering.

O‘zbekiston davlat san’ati” muzeyiga sayohat


Muhtasham to‘rt qavatli binoga moviy rangli oynalar, kirish va foyesiga oppoq marmar qoplamalar bilan ko‘rk berilgan. Me’moriy bezaklar an’anaviy va zamonaviy uslublarda. Bunday uyg‘unlik esa muzeyga yanada fusunkorlik baxsh etgan.
Muzeyning “O‘zbekiston xalq amaliy san’ati”, “O‘zbekiston tasviriy san’ati”, “Rossiya va G‘arbiy Yevropa davlatlari san’ati”, “Xorijiy Sharq mamlakatlari san’ati” deb nomlangan asosiy bo‘limlarida 98 mingdan ortiq ashyo va kolleksiya saqlanmoqda. Eng muhimi, bu yerda qadimgi Kushon davlati, Varaxshadagi Buxorxudodlar, Quvadagi buddaviylik ibodatxonasi, Afrosiyob va Axsikentdagi arxeologik qazilma ishlarida topilgan noyob buyumlar mavjudligidir.
Ekspanatlar xronologik tartibda joylashtirilgan. O‘n to‘rt bo‘lim va 58 zaldagi qadimiy osori-atiqalar, zargarlik, kandakorlik, gilamdo‘zlik, kashtado‘zlik, kulollik, me’morlik namunalari, qolaversa, tasviriy san’atimiz darg‘alarining eng sara asarlaridan tortib Hindiston, Birma, Xitoy, Yaponiyadan keltirilgan suratlar, bronza, chinni, fil suyagidan ishlangan buyumlar va haykalchalar barchaning diqqat-e’tiborini tortadi. O‘zbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, xitoy, yapon, koreys va boshqa tillardagi 23 mingdan ortiq noyob kitob fondiga ega kutubxona san’atshunos talabalar va kitobsevarlar xizmatida. Bu yerda ma’ruzalar zali, kolleksiyalar haqidagi ma’lumotlarni beruvchi sensor kiosk, shuningdek, suvenir va antikvar buyumlar do‘koni ham mavjud.
Muzey fondida saqlanayotgan ashyo va kolleksiyalar 2013-2015-yillarda inventarizatsiyadan o‘tkazilib, ularning har biri qayta hisobga olingan. Oltmishdan ortiq xodim mehnat qilayotgan jamoaning asosiy maqsadi bu yerdagi noyob fondni asrab-avaylash, ma’naviyatimiz va san’atimiz namunalarini keng targ‘ib qilish orqali yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shishdir.
Muzeyning qariyb yuz yillik faoliyati mobaynida uning fondi arxeologik qazishmalar va ilmiy izlanishlar natijasida nodir ashyolar bilan to‘ldirib borilgan. Jumladan, Quvada akademik Y.G‘ulomov yetakchiligida amalga oshirilgan ekspeditsiyada topilgan buddaviylikka oid buyumlar, G.Pugachenkova boshchiligidagi arxeologlar Surxondaryo viloyatining Denov tumani hududidagi qazishmalarda aniqlagan Xolchayon shaharchasi va antik davrga oid loydan yasalgan ko‘plab moddiy manbalar bugungi kunda muzeyning muhim tarixiy ashyolariga aylangan.
Bu topilmalar orasidagi eng qadimgisi antik davrga, aniqrog‘i, eramizgacha bo‘lgan I asr va eramizning I – XIII asrlariga taalluqlidir. Muzey bo‘ylab aylanar ekansiz, ekspozitsiyadagi loydan yasalgan shahzoda gavdasi va sovutiga ko‘zingiz tushadi. Bu tarixiy asar eramizdan avvalgi I asrga oid bo‘lib, u Xolchayon davri tarixining bir bo‘lagi sifatida bizni uzoq o‘tmishni chuqurroq o‘rganishga undaydi. Uning yonida qo‘yilgan «Keksa erkak boshi», «Erkak boshi» kabi noyob san’at durdonalaridan ajdodlarimiz madaniyatga, san’atga oshufta bo‘lganini anglashimiz mumkin.
VII asrga oid “Ov sahnasi” devoriy suratidagi tasvir ham ajdodlarimiz orasida iqtidorli tasviriy san’at vakillari yashab o‘tganidan darak bermoqda. Qadim Varaxsha tasviriy san’atiga oid bu asarda fil ustidagi jangchilarning sherlar bilan olishuv jarayoni tasvirlangan. Hajman ancha katta bo‘lgan devordagi chizma noma’lum muallif tomonidan chizilgan.
X-XI asrlarga mansub Toshkent, Samarqand va Axsikent laganlari kabi amaliy san’at namunalaridan o‘sha davrda sirlangan kulolchilik keng urf bo‘lganini ko‘ramiz. Noyob buyumlardagi shakl va bo‘yoqdorlik, gajakdor va hoshiyali naqshlar uslubiy rang-barangligi bilan ajralib turadi.
XIX-XX asrlardagi Buxoro, Marg‘ilon, Samarqand pannolari, eshiklar, ustunlar, panjaralar, xontaxtalardagi betakror bezaklar, yog‘och o‘ymakorligi naqshlaridan tortib amaliy san’at namunalari – kashtalar, so‘zanalar, ayollar va erkaklar choponlari, misgarlik mahsulotlari, ayollarning turli-tuman taqinchoqlarini tomosha qilib, bu san’at ustalarining kasb-koriga bo‘lgan haqiqiy mehri ular yaratgan asarlarda namoyon bo‘lganini ko‘ramiz.

“Rossiya va G‘arbiy Yevropa davlatlari san’ati” bo‘limidagi tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, ayniqsa, Italiya va Ispaniya mebelsozligi ekspanatlari ham o‘zining tarixiyligi bilan ajralib turadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 31-maydagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz muzeylari qatorida O‘zbekiston davlat san’at muzeyi faoliyatini ham yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Mazkur hujjat muzey ishini yanada yuksak darajasida tashkil etish, uning binosini rekonstruksiya qilish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bu yerda saqlanayotgan bebaho osori-atiqalar, arxeologiya, etnografiya, tasviriy va amaliy san’at ashyolaridan iborat noyob fondni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish mas’uliyatini yuklaydi.
– Yosh avlod qalbida ma’naviy merosimizga nisbatan hurmat tuyg‘usini uyg‘otishda muzeylarning o‘rni beqiyos, – deydi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi direktori Vasila Fayziyeva. – Binobarin, bugungi kunda muzeylar nafaqat xalqimiz tarixidan hikoya qiluvchi osori-atiqalarni saqlaydigan, namoyish qiladigan muqaddas maskan, balki ta’lim tizimi rivojida, navqiron avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviyat dargohi hamdir. «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturiga binoan 2017-2027-yillarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilgani bizni juda quvontirdi. Chunki mazkur dastur ijrosi barcha muzeylar qatorida bizning muzeyimiz moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga katta imkon yaratadi.
Bugungi kunda muzeyda xalqimizga noyob ashyolar namoyish qilinishi barobarida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi va boshqa tashkilotlar hamkorligida doimiy ko‘rgazmalar, ilmiy-amaliy seminarlar, uchrashuvlar, mahorat darslari va musiqali kechalar o‘tkazilmoqda.
Muzeylar o‘tmish bilan bugunni bog‘lovchi ma’naviyat ko‘prigi hisoblanadi. Shu bois bu yerda saqlanayotgan har bir tarixiy naqsh, surat, buyum, uy anjomi, ayollar bezagi kabi nodir namunalardan xalqimizning ming yillik an’analari, qadriyatlarini o‘rganish mumkin.
Muzeyning har jihatdan mukammal va zamonaviy ko‘rinish kasb etishini ta’minlash, fondni asrash, bugungi kunga mos ravishda xizmat ko‘rsatish orqali muxlislar e’tiborini qozonish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, muzey faoliyatida ilmiy va xalqaro hamkorlikning alohida o‘rni bor. Luvr muzeyi (Fransiya), Ermitaj davlat muzeyi, Tretyakov davlat galereyasi, A.Pushkin nomidagi Tasviriy san’ati muzeyi (Rossiya), Qozog‘iston davlat milliy muzeyi va boshqa qator muzeylar bilan ijodiy hamkorlik ijobiy samara berayotir. Masalan, Qozog‘iston davlat milliy muzeyida o‘tkazilgan “O‘zbekiston zamonaviy san’ati” ko‘rgazmasi ham ana shunday o‘zaro kelishuvlar natijasidir. 2018-yili Luvr muzeyi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda qadimiy haykaltaroshlik san’ati” deb nomlangan ko‘rgazmani o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Download 0,59 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-topshiriq. Vatan va vatanparvarlik haqida aytilgan yuqoridagi fikrlar asosida matn tuzing. 2-topshiriq

Download 0,59 Mb.