O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua




Download 0,59 Mb.
bet19/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

1-topshiriq. “O‘zbekistonda muzeylar” mavzusida mustaqil matn tuzing.
2-topshiriq. Sohaviy terminlarga misollar yozing.

Kelajak bilimli yoshlar qo‘lida
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov istiqlolning ilk kunlaridan boshlab, avvalambor, barchamizni o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga katta javobgarlik hissi bilan yondashishga da’vat etib, buning sababini “Yoshlar xalq ma’naviyatining munosib egalaridir” deb uqtirganlar.Yoshlarimizga murojaat etib: “Shu aziz va muqaddas Vatanimiz sizlarga, sizlarning har biringizga ishonadi.Ana shunday yuksak ishonch barchangizga madadkor bo‘lsin, kuch-quvvat bersin.Shu ishonchga hamisha munosib bo‘ling, aziz farzandlarim” deya samimiy tuyg‘ularini izhor etganlari ham bu biz yoshlarga, “Buyuk yurtning baxtli yoshlari”ga berilayotgan katta ishonchdir.

Mamlakatning buyuk kelajagi ma’naviy barkamol insonlarga tayangan holda yaratiladi.Boshqacha aytganda,ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yaratadilar.Shu bois,ma’naviy barkamol insonni,sog‘lom avlodni tarbiyalash yurtimiz uchun muhim va dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.Demak, “Farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan,ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim” degan azm-ushijoat ustuvor bo‘lgan mamlakat yuksak marralarga erishadi.Chunki har bir mamlakatda barqaror taraqqiyot va modernizatsiyani amalga oshiruvchilar-ajdodlariga qaraganda kuchli,bilimli va dono yangi avlodlardir.Buning yorqin misoli komil inson g‘oyasi yoshlarimizning intellektual salohiyatini vatan ravnaqi,xalq farovonligiga yo‘naltiruvchi g‘oyaviy poydevor vazifasini bajarmoqda.Yoshlar O‘zbekiston uchun, uning buyuk kelajagi uchun sport,intellektual,texnologik,ijod maydonlariga kirib,g‘olib bo‘lmoqdalar.Buning yorqin misoli 2 milliondan ortiq yoshlarimiz sportning 30 dan ziyod turi bilan muntazam shug‘ullanib,jahon arenalarida yuksak marralarga erishmoqdalar.Bugun hech kimga sir emaski,biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukm qiladigan asr.Intellektual boylikka yuksak bilimli yoshlarimiz orqali erishishimiz mumkin.


Bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini doimo o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlar qatoriga qo‘yadigan davlatgina o‘zini namoyon eta olishi mumkin.Yoshlari yuksak ma’naviyatli,bilimli va intellektual yetuk bo‘lsa,u davlatning xalqi,fuqarolari baxtiyor bo‘ladi.Ta’lim – imkoniyatlar tengligini ta’minlaydigan buyuk mezon bo‘lib, u jamiyat aql – zakovatining yuksalishi,raqobatdoshlikning kuchayishi va yutuqlar ko‘payishining muhim omili vazifasini o‘taydi. Buning yorqin misoli sifatida hech qaysi davlatda uchramaydigan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining,O‘zbekiston ta’lim tizimi islohatlarining muhim natijalaridan quyidagilarni misol qilib keltirishim mumkin:
-O‘zbekistonda 12 yillik ta’limning barcha uchun majburiy va bepulligi;
-maktab ta’limi 7 tilda olib borilishi;
-akademik litsey va kollejni bitirgan yosh yigit-qizlar xohlasa oily o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettirishi mumkinligi;
-ta’lim tizimidagi islohatlar insonlar dunyoqarashini o‘zgartirib,o‘z kelajagiga ishonchini oshirishning eng muhim omili va mustahkam asosiga aylanganligi buning yorqin misoli.
Shu bilan birga, prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2016-yil 8-oktabrdagi F-4724-son farmoyishi bilan tashkil qilingan Ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bir qator oliy ta’lim muassasalarida hali ham ilmiy – pedagogik salohiyatning pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot – uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy – texnika bazasini tizimli yangilashga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini to‘liq ta’minlash maqsadida oliy ta’lim darajasinisifat jihatdan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy – texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv – ilmiy laboratoriyalari, axborot – kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Yuragim tubida muqaddas joy bor,
Unga Vatan deya yozib qo‘yganman!
Yurtga xizmat qilib, yashayman har dam,
Chunki tuprog‘ini bosib qo‘yganman.


Download 0,59 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua

Download 0,59 Mb.