|
O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua
|
bet | 18/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgSohaviy terminlar
Adabiyotshunoslik terminlarining tarixini uzoq o‘tmishdan qidirishimizga to‘g‘ri keladi. Bunga xalq og‘zaki ijodi namunalarida uchraydigan yuzlab terminlarni keltirish mumkin. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida mazkur soha terminlarining anchasini uchratish mumkin. Davrlar o‘tishi bilan ular son va sifat jihatdan o‘zgarib, tushunchaning mohiyatini aniq ifodalay boshlagan. Ushuk, ertak, masal, masalgo‘y, rivoyat, maqol, matal, roviy, qissa, qissaxon, badiz, badizchi, terma, o‘lan, lapar, yor-yor, she`r, shoir, ruboiy, tuyuq, g‘azal, chiston, masnaviy, fard, murabba, muxammas, doston, roman, drama, komediya, tragediya, poema, libretto, etyud, novella kabilar shular jumlasidandir. Ularning ko‘pchiligi o‘zbekcha terminlar bo‘lsa, bir qismi arab, fors-tojik va rus tili orqali o‘zlashgan.
Bugungi o‘zbek tilshunoslik terminlari til hodisalari bilan bog‘liq tushunchalarni to‘la ifodalay oladi deyish mumkin. Aytish mumkinki, til sathlarining barchasida qo‘llaniluvchi tushunchalarni ifodalaydigan terminlar lug‘ati yaratilgan. Sinonimlar, antonimlar, omonimlar, paronimlar, iboralar, o‘zlashma so‘zlar, etimologik lug‘at, imlo lug‘ati, bevosita tilshunoslik terminlari lug‘ati kabilar shular jumlasidandir.
Pedagogik terminologiya ta`lim tizimining barcha jabhalarida faol ishlatiladi desak, xatolashmagan bo‘lamiz. Tarixga nazar tashlasak, DLTda 70ga yaqin ta`lim-tarbiyaga oid leksema borligi qayd etiladi. Demak, Sharqdagi ta`lim-tarbiyaning ildizlari olis tarixga borib taqaladi.
Texnikaviy terminologiya o‘zbek tili so‘z boyligining salmoqli qismini tashkil qiladi. U texnikaning doimiy taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda tinimsiz boyib, takomillashib boradi. Bugungi kunda turmushimizning turli-tuman sohalarida ishlatiladigan texnikalar sonining o‘zi nechta. Uning adog‘iga yetish mushkul bo‘lsa kerak. Kundalik maishiy turmushimizda ishlatiladigan oddiy utyug, muzlatgich, gaz plitkasidan tortib, murakkab agregatlar: katta zavodlardagi texnikalar, harbiy arsenaldagi texnikalar, samolyot yoki kosmik raketalar va ular bilan bog‘liq terminlarning sanab adog‘iga yetish mumkinmikin. Ma`lumotlarga qaraganda, hozirgi samolyotlarda sakson mingdan ortiq detal (qism) mavjud ekan.
|
| |