Atamalar va ularning vujudga kelishi




Download 0,59 Mb.
bet13/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

Atamalar va ularning vujudga kelishi
Atamalarni tartibga solish har bir tilda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun atamalarni yaratish tamoyillari va ularni tartibga solish muammolari bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning maxsus bo‘limi borki, bunday bo‘lim atamashunoslik (terminologiya) deb yuritiladi.
Atamashunoslikning o‘rganish birligi atamalar (terminlar)dir.
Har bir fan, kasb-hunar tarmog‘i atamalarsiz ish ko‘ra olmaydi. Shuning uchun atamashunoslik muammolari faqat tilshunoslikninggina muammosi bo‘lib qolmay, u barcha fan va kasb-hunarning ham asosiy masalalaridandir. Shuning uchun ham Vazirlar Mahkamasi qoshida barcha fan, kasb-hunar sohalarida atamalarni tartibga solish muammosi bilan shug‘ullanuvchi atamashunoslik qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Atamalarni mumkin qadar milliylashtirish, tilimizning ichki imkoniyatlaridan atamalar yaratishda unumli foydalanish (kichik korxona, jamoa xo‘jaligi, tadbirkor, qo‘shma korxona kabi), shu bilan birga, iqtisodiy-siyosiy, ilmiy-texnik taraqqiyotimizga doir yangi tushunchalarni ifodalovchi chet tilidan kirib kelgan atamalarni ham zarur hollarda qabul qilish (kompyuter, fermer, dizayn) hozirgi atamashunosligimizning bosh tamoyili sanaladi. Shuning uchun ham xalq o‘rtasida keng iste’molda bo‘lgan radio (ovoznigor emas), aeroport (tayyoragoh emas), institut (oliygoh emas), avtobus (ko‘pkursi emas), telefon (durovoz emas), samolyot (uchoq emas) kabi atamalar tilimizda saqlab qolindi.
Shuningdek, iqtisodiy hayotimizda mustaqillik sharoitida buyuk burilishlar bo‘lganligi sababli, ana shu reallikni ifodalovchi qator chet tilidan kirgan atamalar tayyor holda qabul qilindi: birja, diler, aksiya, audit, auditor kabi. Ana shu yo‘llar bilan atamalar izga solinmoqda.
Istagan o‘zbek tilida so‘zlashuvchilardan ildiz nima deb so‘rasangiz, o‘simlikning oziqa bilan ta'minlab turadigan qismi deb javob beradi.
Lekin matematikaga daxldor kishilar bu savolga √ ishorasi, matematik amallardan biri ekanligini aytadi.
Ko‘rinadiki, bir so‘z umumxalq tilida bir ma'noni, ma'lum ixtisoslik sohasida esa boshqa ma'noni ifodalaydi yoki qosh so‘zi umumxalq tilida «odamning yuz qismida ko‘z kosasidan tepada yoysimon shaklda o‘sib chiqqan yung» hamda «yon» (qoshimda o‘tiribdi) ma'nolarini bildirsa, duradgorlikda boshqa ma'noni ifodalaydi.
Muayyan fan tarmoqlari, kasb-hunar sohalarida ma'lum tushunchalarni aniq ifodalash uchun umumxalq tilida ishlatilayotgan so‘zlardan ma'nosini maxsuslashtirish yo‘li bilan foydalaniladi. Masalan, yuqorida keltirilgan misolda matematik tushuncha uchun umumxalq tilidan ildiz so‘zining ma'nosini maxsuslashtirish yo‘li bilan olingan. Agar umumxalq tilida ana shunday so‘zlarni topish imkoniyati bo‘lmasa, u vaqtda boshqa tillardan tayyor holda olinadi. Masalan, fonema, valentlik, element, sinus, kosinus va boshqalar.
Ma'lum fan yoki kasb-hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun ma'nosi maxsuslashtirilgan so‘z yoki so‘z birikmalariga atama (termin) deyiladi.



Download 0,59 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atamalar va ularning vujudga kelishi

Download 0,59 Mb.