|
O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua
|
bet | 11/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgO‘zlashgan qatlam. Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibiga tarixiy sabablarga ko‘ra boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar kirib kelgan. O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar o‘zlashgan so‘zlar (olinma so‘zlar) deb yuritiladi. O‘zlashgan so‘zlar uyg‘ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid.
O‘zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarni quyidagi qatlamlarga bo‘lish mumkin:
1. Tojikcha so‘zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, g‘isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi.
2. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar. Arabcha so‘zlar o‘zbek tiliga VII-VIII asrlardan boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog‘liq. Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma’no, ilhom, kasb, qassob, san’at, asbob, bino, imorat, ovqat, g‘alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma, xolla, dimog‘, idora kabi.
3. Ruscha-internotsional so‘zlar. XIX asrning 2-yarmidan Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus tilining o‘zbek tiliga ta’siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar o‘zlashdi.
O‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa xalqlari tillaridan (fransuz, italyan, nemis, ingliz, ispan) so‘z kirishi ikki tarixiy davrni o‘z ichiga oladi:
1. XIX asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha bo‘lgan davr.
2. 1917-yildankeyingi davr.
Rus tilidan so‘zlar ikki yo‘l bilan o‘zlashdi:
1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, chinovniklarining mahalliy aholi bilan turli xildagi aloqalari bilan og‘zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat (advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi.
2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), po‘shta (pochta), zovut (zavod), uez (uezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi.
Rus tili orqali kirgan so‘zlarning ba’zilari dunyodagi ko‘pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o‘zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so‘zlardir. Ular, odatda, internotsional (baynalmilal) so‘zlar deb yuritiladi. O‘zbek tiliga o‘zlashgan internotsional so‘zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub:
1. Rus tiliga: sudya, samolyot, stol, stul, tok, ruchka kabi.
2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, direktor, radio kabi.
3. Grek tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft, taktika, parallel kabi.
4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi.
5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi.
6. Frantsuz tiliga: roman, palto, serjant, ministr, bank kabi.
Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so‘zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san’at, savdo, sport, harbiy sohaga doir.
Hozirgi Yevropa tillaridan so‘zlar bevosita aloqalar orqali o‘zlashmoqda. Masalan, o‘z navbatida so‘zlar o‘zbek tilidan rus tiliga ham o‘zlashmoqda: o‘rik, anjir, somsa (uryuk, injir, samsa) kabi.
Xalqlar orasidagi turli xildagi aloqa tillarning lug‘at tarkibining boyib borishiga xizmat qiladi.
|
| |