Yozma nutq:Biror milliy bayram va marosimlardan olingan taassurotlarni yozish. O‘zbek tilida so‘z yasalishi




Download 0,59 Mb.
bet8/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

Yozma nutq:Biror milliy bayram va marosimlardan olingan taassurotlarni yozish.

O‘zbek tilida so‘z yasalishi
So‘z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo‘lib, u yangi ma’noli so‘z yasalishi, so‘z yasash usullari, so‘z yasalishiga aloqador bo‘lgan hodisalarni o‘rganadi.
«So‘z yasalishi» atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo‘llanadi:
1) tilshunoslikning so‘z yasalishi bilan bog‘liq hodisalarni tekshiruvchi bo‘limini;
2) umuman so‘z yasalishi, so‘z hosil qilinishini bildiradi.
Nutqda so‘zlar tub yoki yasama shaklda qo‘llanadi.
Yasovchi affikslarga yoki yasovchi qismlarga ega bo‘lmagan so‘z tub so‘z deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o‘n, yigirma, biz hamma, ba’zi, bormoq, kelmoq, o‘qimoq, sekin, birga, hozir va h.k.
Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so‘z yasama so‘z deb yuritiladi. Masalan, tinchlik, bog‘bon, gulzor, jonlan, birlash, ko‘kar, sezgir, zavqli so‘zlari o‘zakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li) qo‘shish usuli bilan yasalgan bo‘lsa, Dilorom, Durbek, Oqtepa, bilaguzuk, sohibjamol, sofdil, erksevar so‘zlari so‘zlarni yoki so‘z shakllarini qo‘shish, biriktirish usuli bilan hosil qilingan.
Tilda mavjud bo‘lgan so‘z (yoki so‘zlar, so‘z shakllar negizida ma’lum usullar bilan yangi ma’nodagi so‘zlarni hosil qilish so‘z yasalishi deyiladi.
O‘zbek tilida so‘z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantikkabi usullari bo‘lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va yetakchi usullar hisoblanadi.
Affiksatsiya usuli. So‘zga so‘z yasovchi affiks qo‘shish bilan yangi so‘z hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, paxtakor, sinfdosh, quvonch, do‘stlik, ochiq, tirishqoq, serjilo, ilmiy, o‘yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko‘pincha, ertalab va boshqalar.
So‘z yasovchi affikslar o‘zbek tilida, asosan, suffiks tarzida qo‘llanib, so‘z o‘zagidan so‘ng qo‘shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o‘zak oldiga prefiks tarzida qo‘shilib, yangi ma’nodagi so‘z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, beg‘araz, noo‘rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k.
O‘zbek tilida so‘z yasovchi affikslardan tashqari, o‘z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so‘z-affikslar ham mavjud. Bunday so‘z-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, Yangiobod.

Download 0,59 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yozma nutq:Biror milliy bayram va marosimlardan olingan taassurotlarni yozish. O‘zbek tilida so‘z yasalishi

Download 0,59 Mb.