• Unlilar imlosi
  • Undoshlar imlosi
  • 1-topshiriq.
  • O‘zbek tilining imlo qoidalari




    Download 0,59 Mb.
    bet6/122
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108788
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
    Bog'liq
    “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org
    Mustaqil ish mavzulari, 1654598708, 1 mavzu, 1459746006 64197, Снимок экрана 2023—02—02 в 2.55.24 PM, gonkongdan kelgan tobut, portal.guldu.uz-uslubiy qo`llanma, optika fanidan asosiy atama va tushunchalarning izohli lugati glossariy, RIXSIYEVA M .M, Independent work , Independent work , Ma\'ruza 1,2, ulugbekkkkk, SARDOR, talaba-varaqasi-315211103331
    O‘zbek tilining imlo qoidalari
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Lotin yozuviga asoslangan
    o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish uchun 1995- yil 24- avgustda “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.Tilda so‘zlar va qo‘shimchalar ma’lum bir qoidalar asosida yoziladi. Bu qoidalar mutaxassislar tomonidan tuzilib, jamoatchilik ma’qullagach, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
    Unlilar imlosi:
    1. gavda, savol, zamon, vaqt so‘zlarida o aytilsa ham, a yoziladi.
    2. Oo harfi o‘zlashma so‘zlarda o‘ tarzida aytiladi: ton, boks, talon, rektor kabi.
    3. i harfi olim, keyin, Salim kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inida tor aytilsa ham, i yoziladi.
    4. I unlisi kavush, sovun, tovush so‘zlarida i aytilsa ham, u yoziladi.
    5. Yonma-yon keladigan unlilar orasida y tovushi qo‘yilsa ham, y yozilmaydi: shoir, shariat, Said, maishat, doim, oila, teatr kabi.
    Undoshlar imlosi
    1. v harfi avtomobil, avtomat kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida f aytilsa ham, v yoziladi.
    2. Ff undoshifaryod, faxr, fason, filosof, tavsif so‘zlarida p aytilsa ham f yoziladi.
    3. Dd harfi obod, zavod, sud so‘zlarida t aytilsa ham, d yoziladi.
    4. Zz harfi tuzsiz, ko‘zsiz, izquvar so‘zlarida s aytilsa ham z yoziladi.
    5. Sh harfi ikki alohida tovushni ifodalasa, ular orasida tutuq belgisi qo‘yiladi va s hamda h kabi talaffuz qilinsa, tutuq belgisi s dan keyin qo‘yiladi:Is'hoq, as’hob kabi
    6. Jj harfining ikki xil undoshni ifodalashini esdan chiqarmaslik kerak: 1) til oldi, jarangli qorishiq undosh: jiyda, juda, tijorat, tajriba; 2) til oldi, jarangli sirg‘aluvchi undosh: mujda, gijda, jurnal kabi.
    7. Nn harfi yakshanba, yonbosh, yonma-yon kabi so‘zlarda m aytilsa-da, n yoziladi. 8. Yozuvda va talaffuzda Xx va Hh harflarini aralashtirish kerak emas: shoh—shox(echki shoxi), ham—xam (egilgan, pasaygan), har—xar (eshak), hil — xil (tur) v. b.
    9. Yonma-yon kelgan undoshlarning so‘nggisi tushirilmay yoziladi: Toshkent, go‘sht, poyezd, kilogramm, kongress kabi.


    1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga o, a, i unlilaridan mosini yozing.
    g...vda, v...hm, b...ks, bo‘l...m, ot...m, b...zor, b...lan, direkt...r, term...s, or...q, ...vj.


    2-topshiriq. Quyidagi qo‘sh unli va qo‘sh undoshli so‘zlarni daftaringizga yozib, imlosini yodingizda saqlang.
    alkaloid, ellipsoid, mozaika, ukrain, million, radiator, milliard, stadion, biologiya, propeller, punktir, sertavoze, mavzu, mavze.


    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




    Download 0,59 Mb.