Orfoepiya qoidalari. O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi




Download 0,59 Mb.
bet3/122
Sana30.11.2023
Hajmi0,59 Mb.
#108788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
“Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

Orfoepiya qoidalari. O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi
Adabiy talaffuz butun shevalar uchun umumiy bo‘lgan qoidalar asosida belgilanadi.
1.Adabiy talaffuz so‘z bo‘g‘inlariga urg‘uni to‘g‘ri qo‘yishga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, ona tilidagi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘iniga urg‘u tushadi: maktáb— maktabdósh - maktabdoshím.
2.Yuklamalar va kishilik affikslari urg‘usiz talaffuz qilinadi: síz-a, síz-da, sízmi kabi.
3.O‘zlashgan chet so‘zlarning ko‘pida urg‘u birinchi yoki ikkinchi bo‘g‘inga tushadi: áql, fíkr, váqt, úzr, húkm, tónna, múhim, múdir, múnis, tipológiya kabi.
4. Chet so‘zlarning urg‘u olmagan oldingi o tovushi a tarzida, keyingi bo‘g‘indagi urg‘uli o va e tovushlari to‘g‘ri talafîuz etiladi: dotsent (datsent), izotop (izatop), morfema (marfema) kabi.
5. obraz, traktor, direktor kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘inidagi “a”, “o” unlilari kabi talaffuz qilinmasa ham yoziladi.
6. Tutuq belgisidan oldingi unli yoki undosh cho‘ziq, ajratib talaffuz qilinadi:
a’lo, Ra’no, ta’zim, ta’b, ra’y, mas'ul, qat’iy, san’at kabi.
7. Oo harfi o‘zbekcha so‘zlarda orqa qator keng o unlisi sifatida (ota, xola, fido), chet so‘zlarda old qator tor o (o) unlisi (tonna, talon) kabi talaffuz qilinadi.
8. Ff harfi fursat, talaffuz, sof so‘zlarida f emas, p kabi talaffuz qilinadi.
9. Jj harfi juda, tijorat so‘zlarida jarangli qorishiq undosh kabi, jurnal, mujda, tiraj kabi so‘zlarda til oldi jarangli sirg‘aluvchi undosh sifatida talaffuz etiladi.
10. Xx va Hh harflarining yozilishi va talaffuzida farq bo‘ladi: Xx - chuqur til orqa jarangsiz sirg‘aluvchi undosh bo‘lib, Hh - jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz undoshidir. Bu undoshlarni farqlamaslik ma’no o‘zgarishiga olib keladi: shox - shoh, har - xar, hil - xil kabi.
11. Talaffuzda ba’zi tovushlar boshqa tovushlarning ta’siri bilan o‘zgarishi mumkin. Bunday hollarda tovushlar imlo qoidalariga ko‘ra yozilsa ham, talaffuzda rioya qilinmaydi: tuzsiz - tussiz, yozsa - yossa, uyqu—uyqi, kitob - kitop, zarar - zalal, uchta - ushta, daryo -dayro, shkaf - ishkaf, Samarqand - Samarqan, bigiz-
biyiz, bog‘bon - bog‘von kabi.
12. So‘z bo‘g‘inlaridagi urg‘uni o‘z o‘rnida qo‘yib talaffuz qilmaslik so‘z ma’nolarini o‘zgartirishi mumkin:bóg‘lar — bog‘lár, súrma — surmá, qishlóqcha - qishloqchá, átlas - atlás, mexánik - mexaník, fízik - fizík, etík - étik, ólma - olmá kabi.1


Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Orfoepiya qoidalari. O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi

Download 0,59 Mb.