• Yozma nutq
  • Davlat tili qonunining mohiyati




    Download 0,59 Mb.
    bet5/122
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108788
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
    Bog'liq
    “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org
    Mustaqil ish mavzulari, 1654598708, 1 mavzu, 1459746006 64197, Снимок экрана 2023—02—02 в 2.55.24 PM, gonkongdan kelgan tobut, portal.guldu.uz-uslubiy qo`llanma, optika fanidan asosiy atama va tushunchalarning izohli lugati glossariy, RIXSIYEVA M .M, Independent work , Independent work , Ma\'ruza 1,2, ulugbekkkkk, SARDOR, talaba-varaqasi-315211103331
    Davlat tili qonunining mohiyati. Qonunning 2- moddasida ko‘rsatilishicha, “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi Respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat Konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi”. O‘zbekiston Hukumati o‘z hududida yashab turgan 130 ga yaqin millat, xalq, elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
    Davlat tili haqidagi Qonunni ikki qismga bo‘lish mumkin:
    I. Boshqa millat va xalqlarning tiliga hurmat
    1. Fuqarolar o‘zaro muomalani va ta‘lim olishning qaysi tilda bo‘lishini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlab olishlari, boshqa millat va xalqlar zich yashaydigan joylarda maktabgacha bo‘lgan tarbiya va bolalar muassasalarini tashkiletishlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga o‘z tillarida murojaat qilishlari mumkin. Ular sudlov ishlari bilan o‘z tillarida ham tanishib chiqishlari va so‘zlashlari mumkin. Korxona, muassasa va birlashmalarda, agar ko‘pchilik davlat tilini bilmasa, ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari boshqa tillarda ham olib borilishi mumkin. Xalqaro anjumanlarning tili va hujjatlari davlat tili bilan barobar boshqa tillarda ham o‘tkazilishiga ruxsat etiladi. Agar talab etilsa, notarial harakatlar davlat tili bilan barobar boshqa tillarda ham olib boriladi. Fuqarolar ariza, taklif, shikoyatlarini o‘z tillarida berishlari, radio, teleko‘rsatuvda o‘z tillarida gapirishlari, kitob, maqola yozishlari mumkin.
    2. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Hukumat qarorlari, nizomlari, ko‘rgazma qurollari, ish yuritish va fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.
    II. Davlat tili ijtimoiy hayotning hamma sohalarida, o‘zaro muomalada boshqa tillar bilan barobar qo‘llanadi.Shu bilan birga, muassasa va tashkilot muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari hamda hududlarning, maydon, ko‘chalarning va geografik obyektlarning nomlari davlat tilida bo‘ladi. Shuningdek, Qonunning 4- moddasida ko‘rsatilishicha, “Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi”.


    Yozma nutq: “Men o‘zbek tilini o‘rganyapman” mavzusida diolog tuzish. Mutafakkirlarning til haqidagi fikrlaridan namunalar keltish.



    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




    Download 0,59 Mb.