• 2 -topshiriq
  • 5- topshiriq
  • O‘zbek tili – davlat tili”
  • O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua




    Download 0,59 Mb.
    bet4/122
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108788
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
    Bog'liq
    “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

    1-topshiriq. 1. Ko‘chiring. Qo‘sh unlilarning yozilishi va talaffuziga diqqat qiling:
    sharoit, tabiat, radio, million, maishat, said, oila, ellipsoid, lauréat, okean, poema, aerostat, manfaat, inshoot, aorta, vakuum, muammo, tabiiy, rioya.
    2. Qo‘sh unlili so‘zlarga misollar keltirib, ular yordamida jumla tuzing.
    3. Qo‘sh unlili so‘zlar topib, to‘g‘ri talaffuz qiling.

    2 -topshiriq. 1. Aa va Oo unlilarining yozilish qoidalarini eslang: barobar, anor, biror, bahor, buloq, zamon, savol kabi so‘zlarning birinchi va ikkinchi bo‘g‘inlarida a yoki o aytilishi va yozilishini izohlab bering.
    2. O‘zlashma so‘zlarda Oo ning yozilishi va talaffuzini izohlab bering: agronom, talon, direktor, termos, doktor.
    3. Aa, Oo harflari ishtirok etgan talaffuzi bir xil, ammo yozilishi har xil so‘zlarga to‘rttadan misol yozing.

    3-topshiriq.Unlilar yonma-yon keladigan o‘nta so‘z yozing va ularning talaffuzidagi tovush o‘zgarishlarini aytib bering.
    Namuna: milliard, radio, stadion, ellipsoid, doim, oila, laureat, poema.

    4-topshiriq. 1. Ko‘chiring. So‘z o‘zaklari qo‘sh undoshli so‘zlarning yozilishi va talaffuziga ahamiyat bering.
    fikr, zarf, baland, qand, metall, gramm, tafakkur, muallim, sport, transport, stakan, muammo, tibbiy.
    2. Qo‘sh undoshli so‘zlarga misollar keltiring, ular yordamida gap tuzing.

    5- topshiriq. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga va yozishga o‘rganing.
    fikr, zikr (fikir, zikir emas); aka (oka emas); bahor, zamon, gavda (bohor, zomon, govda emas); qovun, sovun, tovush (qovin, sovin, tovish emas); milliard, tabiat, sharoit (milyard, tabiyat, sharoyit emas); qibla, tobla (qivla, tovla emas); avtobus, avtomat (aftobus, aftamat emas); fursat, fayz, fasl (pursat, payz, pasl emas); sud, zavod, obod (sut, zavot, obot emas); iztirob, tuzsiz (istirob, tussiz emas); shanba, yonbosh, yonma-yon (shamba, yombosh, yomma-yon emas); gugurt, artist, do‘st (gugut, artis, do‘s emas); uzuq, yutuq (uziq, yutiq emas); orzum, orzungiz (orzuyim, orzuyingiz emas); parvoyim (parvom emas); avzoyi, mavzusi (avzosi, mavzuyi emas); darvozabon, masxaraboz (darvozavon, masxaravoz emas), ishda, misdan, ketdi, kelmabdi (ishta, mistan, ketti, kelmapti emas), shovulla, lovulla, gurulla (shovilla, lovilla, gurilla emas).

    6-topshiriq. Quyidagi qo‘shimchalarning so‘z o‘zaklariga qo‘shilgandagi yozilishi va talaffiiziga rioya qiling. bargga, pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha, (bakka, pedagogka, buqqa, soqqa, oqqan, siqquncha emas).
    O‘zbek tili – davlat tili”
    O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1989-yil 21-oktabrdagi majlisida o‘zbek tiliga Davlat tili maqomini (statusini) berish to‘g‘risida Qonun qabul qildi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir” deb yozib qo‘yildi (O‘zbekiston Respulikasining Konstitutsiyasi, I bob, 4-modda). Qonunni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Hukumati tadbirlar belgilab, unda “Davlat haqida Qonun qabul qilingan kunni Ona tili kuni deb e’lon qilish” to‘g‘risida qaror qabul qildi. Har yil Qonun qabul qilingan kun — 21- oktabr — Ona tili kuni sifatida keng nishonlanadi. O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik sari qo‘ygan birinchi qadami edi. Oradan ikki yil o‘tmasdan — 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilindi va 1995-yil 21-dekabrda Oliy Kengash mazkur Qonunni yangi tahrirda qabul qildi. Respublikadagi ijtimoiy sharoitlarni hisobga olib, Qonunga jamiyat osoyishtaligini mustahkamlashga qaratilgan ba’zi o‘zgarishlar kiritildi.

    Download 0,59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua

    Download 0,59 Mb.