• 2-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU: “ULUG‘ AJDODLARIMIZ” .
  • Ulug‘ ajdodlarimiz
  • O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua




    Download 0,59 Mb.
    bet12/122
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108788
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122
    Bog'liq
    “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

    1-topshiriq. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” mavzusida mustaqil matn tuzing.
    2-topshiriq. O‘z va o‘zlashgan qatlamga oid so‘zlarga misollar yozing.
    Mustahkamlash uchun savollar:
    1. Orfoepiya qoidalarini sanab bering.


    2. Unli tovushlarda kuzatiladigan orfoepik o‘zgarishlar nimalardan iborat?


    3. Adabiy talaffuz me'yorlari (qoidalari) nimalardan iborat?




    2-AMALIY MASHG‘ULOT

    MAVZU: “ULUG‘ AJDODLARIMIZ” .
    ATAMALAR VA ULARNING VUJUDGA KELISHI. “VATAN VA VATANPARVARLIK”. IJTIMOIY-SIYOSIY LEKSIKA. “MUZEYLAR O‘TMISH VA KELAJAK ORASIDAGI KO‘PRIK”. SOHAVIY TERMINLAR. “KELAJAK BILIMLI YOSHLAR QO‘LIDA”. O‘ZBEK TILIDA SINONIMLAR

    Ulug‘ ajdodlarimiz
    Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Xorijiy mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilgan.
    Mustaqillik yillarida bu qiziqish yanada ortdi. Mamlakatimizda xalqaro ilmiy-madaniy hamkorlik keng yo‘lga qo‘yildi, ushbu mavzuga bag‘ishlagan yirik ilmiy anjumanlar tashkil etildi. Buyuk olim va mutafakkirlarimiz, qadimiy shaharlarimizning yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Prezidentimiz rahnamoligida ulug‘ allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz qadamjolari obod etilmoqda. Milliy ma’naviy merosni tiklash va asrab-avaylash, ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
    Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, Buyuk ipak yo‘lidagi turli sivilizatsiyalar tutashadigan muhim chorraha sanalgan yurtimiz azaldan olim-u ulamolari, fozi-u fuzalolari bilan dovruq qozongan. Ona zaminimizda tug‘ilib, kamolga yetgan ulug‘ allomalar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shganlar.
    Buyuk bobolarimiz tafakkuri va dahosi mahsuli bo‘lgan minglab asarlar, tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astronomiya, me’morlik va boshqa sohalarga oid noyob qo‘lyozmalar bizning bebaho ma’naviy boyligimizdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday boy merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.


    Yozma nutq:Mashhur allomalarimiz haqida taqdimot materiallari tayyorlash. Buyuk allomalar asarlari ro‘yxatini tuzish.


    Download 0,59 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   122




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua

    Download 0,59 Mb.