|
O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua
|
bet | 23/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org1-topshiriq.Zamonaviy ta’limning afzallilari va kamchiliklari haqida fikrlaringizni bildiring.
2-topshiriq.So‘z, atama, termin so‘zlariga izoh bering va ularga misollar yozing.
Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati
Inson ma’naviyatini yuksaltirishda kitobning ahamiyati beqiyosdir. Shu bois yurtimiz aholisining, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh avlodning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish maqsadida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Kitob doim bizni fikrlashga, halol yashashga, Vatanni sevish, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilish va ma’naviy me’rosimizni asrashga, ezgulikka chorlab kelgan.
Bu borada mamlakatimiz Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi Farmoyishi ayni muddao bo‘ldi. Ushbu farmoyish ijrosini ta’minlash, umuman olganda, keksa-yu yoshni kitob bilan oshno qilish, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini oshirish har bir o‘qituvchi-pedagogning eng muhim vazifasidir.
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, eng avvalo, oiladan boshlanishi ko‘p bor ta’kidlanadi. Biroq bu holat hamma joyda yoki hamma xonadonda yetarlicha amalga oshirilyapti deb bo‘lmaydi. O‘quvchi yoshlarning kitobga qiziqishlarini oshirish, har bir oilada, mahallada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish uchun ta’lim muassasalarida, olis hududlarda ko‘chma kutubxonalar tashkil etilsa, turli loyihalar doirasida yarmarkalar, uchrashuvlar olib borilsa maqsadga muvofiq.
Iste’dodli adib Safo Matchon takidlaganidek “Kitobxonlik o‘qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o‘qish, ya’ni maqsadli o‘qishdir”.
“Taraqqiy etgan mamlakatlarda kitobxonlik fan darajasiga ko‘tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ‘ib qilishgina emas, balki kitob o‘qishni, o‘qiladigan kitobni tanlay olishni, mag‘zini chaqishni, ya’ni kitob yordamida o‘zini anglatishni o‘rgatish hamdir,” deb yozadi Xudoyberdi To‘xtaboyev.
Ta’lim o‘qitish, o‘qish, rivojlanishni mujassam amalga oshiradigan jarayondir. Axborot olish madaniyatini tarbiyalash ta’lim jarayonida tarbiyalash ta’lim jarayonida amalga oshadi. Egallagan bilimlar o‘quvchilarni izchil shakllantirib borishni ta’minlaydi. Ta’lim jarayonning mazmunini tashkil qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalar faqatgina sinfda o‘qitiladigan darslarda shakllanib qolmasdan, balki sinfdan tashqari, aniqrog‘i axborot-kutubxona muassasalarida mustaqil tarzda shug‘ullanish orqali egallanadi. O‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalasini hal qilish faqat ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador bo‘lmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy yuksalishi bilan bog‘liq, davlatning strategik maqsadlariga xizmat qiluvchi faoliyatiga ham dahldordir.
“O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q»,- deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida. O‘zbekiston o‘zining ko‘p asrlik madaniyati durdonalarini, jahonga mashhur allomalarining ilmiy-adabiy me’rosini, jumladan, ular qoldirgan noyob kitoblarini kelajak avlod uchun avaylab-asrab, yosh avlod o‘rtasida ommalashtirib, keng targ‘ib qilib kelmoqda.
Kitob mutolaasi insonni hayoti davomida mukofot bilan taqdirlovchi sharafli mehnatdir. Bu borada farzandlarda kitob mutolaasiga mehr uyg‘otishda oila va ta’lim muassasalari muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarda kitobga mehr uyg‘otishga harakat qilishimiz lozim. Shundagina ular turli yot g‘oya va mafkuralardan himoya qilinadi hamda jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishga hissa qo‘shiladi.
|
| |