|
Erkin va turg‘un birikmalar
|
bet | 24/122 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #108788 |
Bog'liq “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.orgErkin va turg‘un birikmalar
Iboralar turg‘un, yaxlit ma’noli so‘z birikmalaridir. Shuning uchun so‘z birikmalari: 1) erkin birikmalar va 2)turg‘un birikmalar kabi turlarga ajratiladi. Erkin birikmalarda so‘z birikmasining ma’nosi shu birikmani tashkil etuvchi so‘zlarning ma’nolari yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Bunday birikmalarda tobe va hokim so‘zlarni almashtirib, yangi-yangi erkin birikmalar hosil qilish mumkin: oq qog‘oz, chiroyli bino, ko‘prikdan o‘tkazmoq. Qiyoslang: ko‘k qog‘oz, oq mato, chiroyli manzara, ko‘prikdan sakramoq. Turg‘un birikmalarda ma’no yaxlit, ajralmas bo‘ladi va ularda tobe yoki hokim so‘zni almashtirish mumkin emas: oqko‘ngil (samimiy, beg‘araz), o‘pkasi yo‘q (hovliqma), ko‘ngildan o‘tkazmoq (o‘ylamoq, sezmoq), qo‘ymoq (tan oldirmoq, iqror qilmoq).
So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin so‘z — leksik hodisa, so‘z birikmasi — grammatik hodisadir. So‘z birikmasi narsa, belgi yoki harakatni yakka holda emas, balki ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro aloqaga kirishuvi orqali ifodalaydi. Masalan, kitob so‘zi bir narsaning umumlashgan oti bo‘lib, yolg‘iz tushunchani ifodalaydi, o‘rtog‘imning kitobi birikmasida esa faqat «kitob» ma’nosining o‘zi emas, balki «o‘rtog‘imga tegishli kitob» tushunchasi ifodalanadi. Bilib oling. So‘z birikmalarida ma’no, tushuncha ancha aniq va ravshan bo‘ladi. Qiyoslang: nor-erkak tuya, g‘o‘nan-ikki yashar ot, ezma- sergap odam. Shuning uchun lug‘atlarda so‘zning ma’nosini ochib berishda so‘z birikmalaridan foydalaniladi.
So‘z birikmasi va qo‘shma so‘z
Dori bosh og‘rig‘ini darrov qoldirdi. «Boshog‘riqni ко‘paytirmang», — dedi rahbarimiz
2. Qayerdandir oq qushlar uchib keldi. Bola jarohatlangan oqqushni davoladi. Maktab direktori kotiba olib kirgan hujjatlarga qo‘l qo‘ydi. Rahimjon mа’yus holda so‘ri suyanchig‘iga qo‘l qo‘ydi. Bilib oling. So‘z birikmasida ham, so‘zda ham qismlar bir xildagi so‘z turkumlariga oid bo‘lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bu ularning shakliy o‘xshashligidir. Lekin so‘z birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo‘ladi. Qo‘shma so‘z tarkibidagi qismlarning ma’nosi esa saqlanmagan bo‘lib, qo‘shma so‘zning umumiy ma’nosi orqali anglashiladi. So‘z birikmasidagi qismlar orasida grammatik aloqa sezilib turadi, qo‘shma so‘z qismlari orasidagi grammatik aloqa esa yo‘qolgan bo‘ladi. So‘z birikmasini tashkil qilgan qismlarning har biriga alohida-alohida so‘roq berish mumkin: kitobni (nimani?) o‘qimoq, uydan (qayerdan?) chiqmoq kabi. Qo‘shma so‘zlarga esa yaxlit bir savol berish mumkin: kungaboqar (nima?), kamquvvat (qanday?). So‘z birikmasining qismlari o‘z mustaqil so‘z urg‘usini saqlagan bo‘ladi (uyning eshigi, xatni o‘qidim, tez yugurdi, qo‘shma so‘z esa umumiy bir urg‘uga ega bo‘ladi (oqko‘ngil, bilaguzuk, Yangiqo‘rg‘on). Qo‘shma so‘zlarning ko‘pchiligi tarixan so‘z birikmalari asosida yuzaga kelgan: otboqar — otni boqar, bilaguzuk – bilakning uzugi.
1-topshiriq. “Kitob-bilimlar xazinasi” mavzusida mustaqil matn tuzing. Unda kitob mutolaasining talaba yoshlar dunyoqarashiga ta’siri xususidagi fikrlaringizni bayon qiling.
|
| |