• MAVZU: “ADABIYOT – MA’NAVIYATNI YUKSALTIRUVCHI MANBA”. BADIIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI.
  • Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba
  • O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua




    Download 0,59 Mb.
    bet28/122
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108788
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122
    Bog'liq
    “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

    1-topshiriq. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron tizimga kirib, kutubxona fondi bilan yaqindan tanishing va o‘zingizga ma’qul bo‘lgan bo‘limlar haqida so‘zlab bering.
    2-topshiriq. Frazeologik birliklar qatnashgan dialoglar tuzing.

    4-AMALIY MASHG‘ULOT

    MAVZU: “ADABIYOT – MA’NAVIYATNI YUKSALTIRUVCHI MANBA”. BADIIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI.
    OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI.
    PUBLITSISTIK USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI. “INTERNET-HAYOTIMIZDA”. OG’ZAKI-YOZMA USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI. “O‘ZBEKISTON VA JAHON”.
    RASMIY-DIPLOMATIK USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI

    Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba
    Badiiy adabiyot — insonning ruhiy faoliyati mahsuli. Badiiy adabiyotni ruhiy faoliyat turlaridan biri deb atashga imkon beradigan narsa shuki, ijodkor o‘zining «faoliyati» yo‘naltirilgan predmetni (keng ma'noda borliqni) ko‘z o‘ngida o‘zgartiradi va badiiy obrazda aks ettiradi. Demak, «adabiyot dunyoni o‘zgartiradi», degan gapni aynan tushunishimiz xato bo‘ladi. Zero, adabiyot real voqelikni bevosita emas, bilvosita — dunyoni o‘zgartiruvchini, INSONni o‘zgartirish orqali amalga oshiradi.
    Adabiy bahslarda tez-tez ko‘tarilib turgan «adabiyot ijtimoiy bo‘lishi kerakmi yoki yo‘qmi» masalasi ham sho‘ro davri adabiy siyosati ta'sirida yuzaga keldi, o‘tkirlashdi. Adabiyotning ijtimoiy ekanligini inkor qilish ma'qul bo‘lmaganidek, uning individual-shaxsiy hodisa ekanligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Bu da'vo faqat murosa ilinjida, bahsda oraliqni — eng xavfsiz mavqeni egallash ilinjida emas. Mazkur savolga javob berish uchun biz adabiyotning predmeti masalasiga to‘xtalishimiz zarur.
    Adabiyotshunoslikka oid asarlarda, darsliklarda «badiiy adabiyotning predmeti — inson» deb ko‘rsatiladi. Biroq mazkur fikrni tor tushunish, uni mutlaqlashtirish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki adabiyot insonni alohida (izolyatsiya qilingan holda) emas, balki jamiyat, tabiat (bir so‘z bilan aytganda — borliq) bilan uzviy aloqada o‘rganadi. Zero, insonning o‘zini ulardan xoli, izolyatsiya qilingan holda tasavvur etib bo‘lmaydi, inson tabiatan ijtimoiy hodisadir. Modomiki adabiyotning predmeti ham, uning yaratuvchisi ham inson ekan, adabiyotning ijtimoiy bo‘lmasligi mumkin emas. Nima uchun asar yoziladi, nima uchun ijodkor asarni yozishga kirishadi? Axir kundalik turmushda duch kelgan odamlar, hodisalar uning qalb qozonida, aql-idrokida qaynamadimi, uni yozmasa bo‘lmaydigan holatga keltirib, qo‘liga qalam olishga majbur qilmaydimi? Demak, genetik jihatdan xohlasak-xohlamasak adabiyot ijtimoiy hodisa ekan. Biroq yaratilishi jihatidan, dunyoga nuqtayi nazar, o‘sha dunyo tufayli paydo bo‘lgan hissiyotlar, fikrlar nuqtayi nazaridan tor ma'noda shaxsiy hodisadir.
    Ma'lum bo‘ladiki, badiiy asarda ijtimoiylik va shaxsiylik qorishiq holda namoyon bo‘lar ekan, faqat bu o‘rinda ijtimoiylik va shaxsiylik nisbati har bir konkret asarda turlicha bo‘lishini, turlicha zuhur qilishini e'tiborda tutish lozim bo‘ladi. Deylik, ijtimoiylik darajasi epik va lirik asarlarda jiddiy farqlanadi, ba'zan lirik asarda ijtimoiylikdan nom-nishon yo‘qday ko‘rinadi. Ayrimlar, xususan «sof san'at» tarafdorlari ayni shu holni mutlaqlashtirmoqchi bo‘ladilar, she'riyat faqat ko‘ngil ishi bo‘lishi kerak, degan gaplar eshitiladi.
    Taniqli rus filologi A.Potebnya badiiy adabiyot haqidagi ma'ruzalarini «eng umumiy tushuncha — inson faoliyati» degan so‘zlar bilan boshlagan edi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, inson tomonidan yaratilgan narsalarning bari - faoliyat mahsuli, demak, birinchi galda «faoliyat» tushunchasiga to‘xtalishimiz zarur bo‘ladi. Inson faoliyati juda keng va serqirra bo‘lib, quyida uning eng muhimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
    Haqiqatda ruhiy faoliyatning o‘zi «aqliy» va «hissiy» qirralarga ega bo‘lib, har vaqt bir-birini taqozo etadi. Zero, inson dunyoni bilishga intilarkan, unga (konkret narsa-hodisaga) muayyan hissiy munosabatda bo‘ladi, o‘z navbatida dunyo uning hislariga ta'sir qiladi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiy maxluq sifatida inson muloqot ehtiyojini, o‘z hislarini ifodalash ehtiyojini tuyadi. Ya'ni, bu ehtiyoj ahamiyati jihatidan yashash va nasl qoldirish uchun tabiatni o‘zgartirish ehtiyojidan aslo kam bo‘lmagan tabiiy ehtiyojdir. Inson o‘zining tabiat bilan munosabatlari natijasi o‘laroq yuzaga kelgan eng ibtidoiy hislari (qo‘rquv, sevinch)ni ham, jinsdoshlari bilan munosabati natijasida tug‘ilgan hislarini ham ifodalashga intilgan. Ibtidoiy odamning g‘orga chizgan suratlarida, ritual marosimlarida ayni shu narsa ko‘zga tashlanadi. Insonning hissiy faoliyati, tabiiyki, aqliy faoliyatga turtki bergani, o‘sha hislarni anglashga, oxir-oqibat o‘zini anglashga yo‘naltirgani ham bejiz emas. Ya'ni, ruhiy faoliyatning predmeti ikkiga ajralmoqda: inson, bir tarafdan, o‘zidan tashqaridagi olamni o‘rganishga, ikkinchi tarafdan, o‘zidagi «olam»ni anglashga intila boradi. Demak, ruhiy faoliyat tashqariga va ichkariga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin ekan. Shu o‘rinda amaliy va ruhiy faoliyat orasidagi eng muhim farqqa diqqat qilish lozim. Amaliy faoliyat voqelikdagi predmetni real o‘zgartirishi bilan xarakterlanadi. Ya'ni, amaliy faoliyat jarayonida faoliyat yo‘naltirilgan narsa o‘zgarishga uchraydi. Ruhiy faoliyat davomida esa o‘zgarish faqat ongda, tasavvurdagina yuz beradi.



    Download 0,59 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   122




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua

    Download 0,59 Mb.