• ILMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI. “DAVRIMIZNING GLOBAL MUAMMOLARI”. MAQOLA VA UNING TURLARI. “TABIAT VA INSON”. INTERVYU OLISH VA INTERVYU BERISH QOIDALARI. “INSON VA SALOMATLIK”.
  • Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
  • O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua




    Download 0,59 Mb.
    bet35/122
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,59 Mb.
    #108788
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122
    Bog'liq
    “Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi O‘zbek-fayllar.org

    1-topshiriq. O‘zbekistonning dunyo mamalakatlari bilan hamkorligi haqida so‘zlab bering.
    2-topshiriq. Diplomatik aloqalarda ish yuritish uslubi qanday ekanligiga to‘xtaling.

    5-AMALIY MASHG‘ULOT

    MAVZU: “XXI ASRDA INNOVATSIYALAR”.
    ILMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI. “DAVRIMIZNING GLOBAL MUAMMOLARI”. MAQOLA VA UNING TURLARI. “TABIAT VA INSON”. INTERVYU OLISH VA INTERVYU BERISH QOIDALARI. “INSON VA SALOMATLIK”.
    REPORTAJ TAYYORLASH. “HUQUQIY MADANIYAT”.
    RASMIY-IDORAVIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI

    XXI asrda innovatsiyalar
    XXI asrga kelib texnologiyalar shu qadar rivojlandiki, go‘yo kashf qilinmagan yangilik, yaratilmagan ixtiro qolmadi. Mamlakatimizda intellektual salohiyati yuqori, iqtidorli tengdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini yuzaga chiqarish borasida turli ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar o‘tkazilmoqda. Fanga qiziquvchi o‘smir yoshlar uchun ta’sis etilgan va o‘z o‘quvchilarini topib ulgurgan “XXI asr texnologiyalari” jurnaliga ham bu borada o‘ziga xos vazifa yuklatilgan. Bu ham bo‘lsa, intellektual salohiyatli o‘g‘il-qizlarning ilm-fanga, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishlarini yanada oshirish, ularning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishdir.
    Bolalar va o‘smirlarning ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ommabop nashri “XXI asr texnologiyalari” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
    Bugungi yoshlarni uncha-muncha yangilik hayratlantirmaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, bolalar va o‘smirlar nashrlarining sifati va saviyasi yuqori bo‘lishi kerak.
    Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
    Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir.
    Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo‘llanishi xos bo‘lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yoziladi. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Atamalar faqat bir ma’noda qo‘llanilib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatadi, masalan o‘zak, negiz, yasovchi qo‘shimcha, turlovchi va tuslovchi qo‘shimchalar, shakl yasovchilar kabi atamalar so‘z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta tushuncha birlashgan bo‘ladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni. (Ona tili darsligidan). Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli («nukleis» - «yadro») nuklein kislotalar deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxandriyda ham mavjudligi aniqlangan. (Biologiya darsligidan). Jismni tashkil qilgan molekulalar xaotik harakatining kinetik energiyasi bilan ularning o‘zaro ta’sir potensial energiyalarining yig‘indisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi («Fizika» darsligidan).



    Download 0,59 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   122




    Download 0,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tili fanidan o‘quv- uslubiy majmua

    Download 0,59 Mb.