|
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`zbek adabiyoti
|
bet | 86/155 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,2 Mb. | | #133618 |
Bog'liq portal.guldu.uz-O`zbek adabiyotiAsosiy savollar:
1.Shoiraning tarjimai xoli.
2.Nodira lirikasi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Rahmonqulibiy, Olimxon, Umarxon, Muhammad Alixon, Sulton Mahmud, Buxoro amiri Nasrulloxon, “ kufr “, Maknuna (yashirin), muxammas, g’azal, mustazod, tarje’band, ag’yor, “xat”, “midod” ( siyoh), “ittihod” (birlashish), “Abas”.
1 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchi maqsadi: Talabalarga Nodira hayoti haqida to’liq ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.Nodira hayoti haqida ma’lumotga ega bo’la oladi.
2.Nodira tarjimai xolini tushuntira oladi.
3.Nodiraning taxalluslarini sanay oladi.
1 – asosiy savolning bayoni:
O’zbek adabiyoti rivojida salmoqli o’rin tutgan bu shoiraning asli ismi Mohlaroyim bo’lib, “Nodira” uning taxallusidir. Mohlaroyim Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizidir. Rahmonqulibiy ming urug’ining e’tiborli kishilaridan edi. Mohlaroyim o’z davrining kibor oilalariga xos yuksak tarbiya ko’rdi. Husni va aqli haqidagi gap-so’zlar atrofga yoyila bordi. Uning ta’rifini eshitgan Marg’ilonning yigirma uch yoshli hokimi, Qo’qon xoni Norbo’tabiyning o’g’li Umarbek 1808 - yilda unga uylanadi.1810 - yilda esa, Umarbekning akasi, Qo’qonda xon bo’lib turgan Olimxon o’ldiriladi va Umarbek akasining o’rniga xon qilib ko’tariladi. Ular Qo’qonda o’n ikki yil birgalikda baxtiyor hayot kechiradilar. Muhammad Alixon va Sulton Mahmud ismli farzandlar ko’radilar.
1822 – yilda Amir Umarxon vafot etadi. Bu yo’qotish Nodiraga qattiq ta’sir qiladi. Shunga qaramay, u o’zini qo’lga olib, otasi o’rniga xon qilib ko’tarilgan o’n to’rt yashar Muhammad Alixonning yonida maslahatchi va ko’makchi bo’lib turadi.
Nodira 1842 – yilda ikki xonlik o’rtasidagi janjallar qurboni bo’ldi. Buxoro amiri Nasrulloxon Nodira xatti-harakatlarida “ kufr “ ko’rdi va Qo’qonda shariatni tiklamoq iddaosi bilan mamlakatga bostirib kirib, shoiraning o’g’illari: Muhammad Mahmudxon va o’n ikki yoshli nabirasi Muhammad Aminni Nodirabegim ko’zi oldida qatl etdi. So’ngra Nodiraning o’zini ham azoblab o’ldirtirdi.
Nodira, avvalo, yuksak salohiyatli shoira edi. Uning she’rlarini e’tirof etish, unga naziralar yozish, muxammaslar bog’lash o’z zamonasidayoq boshlangan. Alixon, Sulton Uning faoliyatiga, ijodiga oid ma’lumotlar bir qator tarixiy va adabiy asarlarda uchraydi. XX asrdan boshlab, u haqda maxsus ilmiy – tadqiqot ishlari paydo bo’la boshladi. Shoiraning “Nodira“, “Komila”, “Maknuna” ( yashirin ) taxalluslari bilan o’zbek va tojik tillarida ijod qilgan.
|
| |