• Kelishiklar (падежи) Kelishik ko ‘rsatkichi Kelishik savollari
  • 1 – topshiriq. Atoqli va turdosh otlarni ajrating.
  • 2 – topshiriq.
  • 3 – topshiriq.
  • 5 – topshiriq
  • O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)




    Download 0.81 Mb.
    bet15/68
    Sana02.03.2022
    Hajmi0.81 Mb.
    #3940
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
    OZBEK TILIDA KELISHIKLAR
    (В узбекском языке имеется шесть падежей)



    Kelishiklar
    (падежи)

    Kelishik korsatkichi

    Kelishik savollari

    Misollar

    1

    Bosh kelishik

    -

    Kim? nima? qayer?

    Dono, kitob, Toshkent

    2

    Qaratqich kelishigi

    -ning

    Kimning? nimaning? qayerning?

    Dononing, kitobning, Toshkentning

    3

    Tushum kelishigi

    -ni

    Kimni? nimani? qayerni?

    Dononi, kitobni, Toshkentni

    4

    Chiqish kelishigi

    -dan

    Kimdan? nimadan? qayerdan?

    Donodan, kitobdan, Toshkentdan

    5

    Jo‘nalish kelishigi

    -ga

    Kimga? nimaga? qayerga?

    Donoga, kitobga, Toshkentga

    6

    O’rin-payt kelishigi

    -da

    Kimda? nimada? qayerda?

    Donoda, kitobda, Toshkentda

    1 – topshiriq. Atoqli va turdosh otlarni ajrating.
    1. Aziza hozir kelib to‘xtagan tramvayga chiqish uchun yugurib borardi.
    2. Majlis raisi navbatdagi notiqqa so‘z berdi. 3. Metro kombinatga 10 minutda olib boradi. 4. Hamma sayyoralardan Yerga eng yaqini Marsdir. 5. Alisher Navoiy o‘zbek xalqining buyuk mutafakkiridir. 6. Xayrixon, yigirma besh yoshlardagi juvon, bizning brigadada brigadir bo’lib ishlaydi.
    2 – topshiriq. Avval atoqli otlarni, so‘ngra turdosh otlarni ko‘chirib yozing.
    1. Toshtemirning dadasi – fermer xo‘jaligimizning eng ilg‘or mexanizatorlaridan. 2. Sirdaryo bilan Amudaryo Orol dengiziga quyiladi.
    3. Jug‘rofiya o‘qituvchisi Volga, Don, Dnepr kabi katta daryolar haqida qiziq hikoyalar aytib berdi. 4. Gerasim Mumuga uzoq vaqt qarab turdi. 5. Bahorning dastlabki kunlari kamdan – kam bunday issiq bo’ladi. 6. Husayn qo‘shinlari tunda Hirotni tashlab chiqa boshladi. 7. Ovchilarning chaqirig‘iga hech kim ovoz bermadi. 8. Buyuk olimimiz Beruniyning merosi boy, keng va rang- barangdir.
    3 – topshiriq. Quyidagi so‘zlarga egalik affikslarini qo’yib gaplar tuzing.
    Maktab, oila, bog’, Vatan, hovli.
    4 – topshiriq. Quyidagi parchani o’qing va undagi egalik qo‘shimchalarini aniqlang.
    U dori mening tarjimai holimga singib ketgan, axir! Tushunyapsizmi? Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning ma’nosi. Vatan oldidagi burch, ilk muhabbatim ham … o‘sha bilan bog‘liq. Usiz o‘tmishim yo’q… Shunaqa bo‘larkan-da hayot!.. Iltimos, to‘xtating… Anavinga qarang! Yo’l yoqasiga! Ajriqzorgayam sepishibdi-ku? Sap-sariq bo’lib yotibdi!
    5 – topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli qo‘shimchalarni qo’yib gaplarni o’qing va ko‘chirib yozing.
    1. Men u… kutubxonada ko‘rdim. 2. Nodiradan olgan “O‘zbek tili” kitobi … menga berib tur. 3. Akam do‘stlari … o’zining tug‘ilgan kuniga taklif qildi. 4. Ikkovi …. men o’quv zalida ko‘rdim. 5. O‘zbek tili … biz qunt bilan o‘rganmoqdamiz. 6. Bu yil yozgi ta’til … qishlog‘imda o‘tkazmoqchiman. 7. Institutga kelgan mehmonlar…. Yaxshi kutib oldik. 8. Chimyonga chiqish… dam olish kuniga qoldirdik.


    Download 0.81 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




    Download 0.81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)

    Download 0.81 Mb.