III Bob. OPTIMAL TRANSPORT YO’LINI TANLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI ANIQLASH




Download 210.23 Kb.
bet9/13
Sana21.06.2023
Hajmi210.23 Kb.
#74714
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ozbekiston-iqtisodiyotida-xalqaro-transport

III Bob. OPTIMAL TRANSPORT YO’LINI TANLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI ANIQLASH.
3.1. O’zbekiston Pespublikasidagi avtomobil yo’llarining opyimal variantlari muammolarini hal qilish.
Yuk va yo’lovchi tashishni asosiy transport vositalari o’rtasida taqsimlanishini ko’rsatuvchi hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish natijasida bir savol tug’iladi: hozir ishlatilayotgan yo’l optimalmi yoki turli transport turlarining solishtirma og’irliklariga o’zgarishlar kiritish kerakmi?
Aytish mumkinki, yuk tashishning taqsimlanishi ma’lum darajagacha optimaldir, chunki butunlay transport xalq xo’jaligining rivojlanishini ta’minlaydi va davlatga iqtisodiy foyda keltiradi. Ayrim yuk turlarini bir transportdan boshqasiga o’tishi maqsadga muvofiq bo’lardi.
Masalan, temir yo’l bo’yicha quyidagilarni tashish davom etmoqda:

  1. 10% ga yaqin neft va 80% gacha neft mahsulotlari. Aslida quvur o’tkazgichlari bo’yicha tashish foydaliroq bo’ladi, chunki quvur o’tkazgichning tannarxi temir yo’lnikidan 3-5 marta kamdir;

  2. qisqa(200 km gacha) masofaga 1 milliardga yaqin yuk;

  3. «terminal» yuklari daryo yo’llari bo’yicha parallel ravishda;

Kelajakdagi yuk tashishni rejalashtirishda respublika rejalashtirish organlari yuk hajmini mavjud transport vositalri orasida taqsimlaydilar va eng kam harajatlar kriteriysi bo’yicha ish olib boradilar.
Buning uchun alohida yo’llar va yuk turlari bo’yicha yuk tashishning optimal taqsimotini topish uchun ko’p variantli texnik iqtisodiy hiso-kitoblar ishlab chiqiladi.
Ko’p xollarda bu vazifa avvalgi yillarga nazar tashlangan xolda xal qilinadi. Boshqa muqobil xollarda, bir yuk turi bir necha transport vositasida tashish mumkin bo’lganda, optimalini tanlash vazifasi vujudga keladi.
Optimallik kriteriylar sifatida hususiylari bilan bir qatorda, umumiylari ham ishlatiladi. Hususiy kriteriylarga quyidagilar kiradi:

  • Tonna – kilometrli ish(yuk obortoti);

  • Yetkazib berish muddati yoki tashish tezligi;

  • Yoqilg’I va energiya harajatlari;

  • Jonli mehnat harajatlari va boshqa ko’rsatgichlar.

Asosiy umumiylashtiruvchi kriteriy jonli va materiallashgan mehnat harajatlari hisoblanadi. Bular o’zida yillik harajatlarni hamda kiritilgan investitsiya ulushini namoyish qiladi.
Bu harajatlar quyidagi formula bo’yicha hisoblaniladi:
C = E + En*(Kt + Ky)
Bu yerda: E – yuk tashishga ketadigan yillik harajatlar, so’mda; En – investitsiya samaradorligi koeffisienti, 0.12 hajmida qabul qilinadi; Kt – doimiy qurilma va harakatdagi sostavga harajatga investitsiyalar, so’m; Ky – transporttatsiya jarayonidagi yuklarning umumiy qiymati, so’m.
En normativ koeffitsienti mohiyatiga ko’ra, qo’yilgan investitsiyalarning 8.3 yilga to’liq sotib olish zaruriyatini aniqlaydi
Oborot vositalari hajmini transportirovkadagi yuklarning tonna miqdoridagi bir tonnaning o’rtacha narxiga ko’pytirish orqali aniqlanadi. O’z navbatida, transportirovka jarayonidagi yukning tonna hajmi quyidagicha aniqlanadi:
P = Psut ×
Bu yerda, Psut – yuk jo’natishning bir kunlik normasi, tonna; Lo’rt – tashishning o’rtacha masofasi, km; Vsut – yuk xarakatlanishining o’rtacha bir sutkali tezligi, km/sutka.
Bir tonna yukning o’rtacha narxi rasmiy ulgurji narxlar preyskuranti bo’yicha aniqlanadi. Lekin yuklar turli xil bo’lganda narxnmi aniqlash qiyn bo’ladi va, odatda, maxsus ishlanish olib borishni talab qiladi(iqtisodiy kuzatishlar, yuklarni chakana yozib olish, yuk hujjatlarini tahlil qilish, u yoki bu transportyo’lining davom etishi).
Har bir transportga ketadigan harajatlarni hisob-kitob qilgandan keyin, minimal harajatlar bilan amalga oshirsa bo’ladigan yo’l ma’lum bo’ladi. Variantlar xususiy kriteriylar(masalan, yoqilg’i xarajati bo’yicha) bo’yicha solishtiriladi va so’nggi qaror qabul qilinadi.
Transport rivojlantirishni rejalashtirishda oxirgi qarorni qabul qilish aniq iqtisodiy hisob-kitoblarga asoslanishi kerak.
Tashishlarni ratsional taqsimlash muammosi mavjud transport yo’li uchun yechiladi. Majmuaviy rivojlantirish muammosi, o’z mohiyatiga ko’ra, yangi qurulishning yoki mavjud transport yo’lini rivojlantirishning eng yaxshi yo’lini qidirish yuzaga keladigan xolatdan kelib chiqadi. Shunga muvofiq, tashuvlarni ratsional taqsimlash masalasini hal qilishda ekspluatsiya xarajatlari asosiy kriteriy bo’ladi. Keltirilgan xarajatlar tarkibiga investitsion xarajatlar faqatgina qo’shimcha xarakatdagi tarkibni olishga xarajat sifatida qaraladi.
U yoki bu transport yo’lining samaradorligini texnik – iqtisodiy hisoblashda quyidagi ko’rsatkichlar kerak bo’ladi: qatnov yo’lining uzunkigi, bojxona poshlinalari, tashilayotgan yukning narxi, xarakatdagi tarkibga ekspluatsion xarajatlar, investitsion xarajatlar va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi transport - kommunikatsion aloqalar tizimida tashqi dunyo bilan aloqaga kirishish uchun 5 ta asosiy transport yo’lari mavjud. Ularning 3 tasi O’zbekistonni YYevropa mamlakatlari bilan bog’lab turadi.
Bu transport yo’llari:

  1. O’zbekiston – Qozog’iston – Rossiya – Belorussiya – YYevropa mamlakatlari;

  2. TRASEKA yo’llari;

  1. O’zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengiz bo’ylari – Ozarbayjon – Gruziya – Qora Dengiz – YYevropa mamlakatlari

  2. O’zbekiston - Qozog’iston – Kaspiy dengizi – Ozarbayjon – Gruziya – Qora dengiz – YYevropa mamlakatlari.

  1. 1. O’zbekiston – Turkmaniston – Eron;

    1. O’zbekiston – Turkiya – Qora dengiz – YYevropa mamlakatlari.


Download 210.23 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 210.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III Bob. OPTIMAL TRANSPORT YO’LINI TANLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI ANIQLASH

Download 210.23 Kb.