Xalqaro qatnovda transport ishi samaradorligi ko’rsatkichlarining ahamiyati




Download 210.23 Kb.
bet7/13
Sana21.06.2023
Hajmi210.23 Kb.
#74714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Ozbekiston-iqtisodiyotida-xalqaro-transport

2.2. Xalqaro qatnovda transport ishi samaradorligi ko’rsatkichlarining ahamiyati.
Xalqaro avtomobil harakati tashkilotlari hamda yuk va yo’lovchilarning tashish masalalari bo’yicha normativ hujjatlarni quydagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Xalqaro tashuvga chiqariladigan avtomobillarga talablar;

  2. Avtomobil yo’llari bo’lylab transport vositalarining harakati qoidalari, havfsizligi va tashkil etilishi;

  3. Xalqaro avtomobil harakatiga ochiq Yevropa avtomobil yo’llari to’rini ko’rsatuvchi hujjatlari;

  4. Xalqaro tashuvlarni amalgam oshiruvchi transport vositalar haydovchilariga talablar;

  5. Xalqaro avtomobil yuk tashishini huqu,majburiyatlar va tashish jarayonida qatnashuvchi tomonlarning mas’uliyatlarini amalgam oshirilishi;

  6. Xalqaro tashuvlarga hamda ishtirokidagi transport vositalariga soliq solish;

  7. Xalqaro avtomobil tashuvlarida chegara va bojxona qoidalari nazorati;

  8. Transport vositalari egalariga zaralar uni majburiy sug’urta qilish.

Xalqaro yuk tashishni rivojlantirish, transport vositalarini takomillashtirish, chegaralardagi harakatlarga bo’ladigan to’siqlarni yo’q qilish masalalari bilan nafaqat milliy, balki xalqaro tashkilotlar ham shug’ullanadi: BMT iqtisodiy qo’mitasi Yevropa va boshqa hududlarning transport organlari, o’zaro iqtisodiy Kengash, Yevropa iqtisodiy Ittifoqi va boshqalar.
Bunday maxsus chora-tadbirlar orasidagi ancha tafovvutlarga qaramay, resurslardan foydalanishning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini baholashda quyidagi metadologik prinsiplarga amal qilish maqsadiga muvofiqdir:

  1. Tizimlilik. Qabul qilinayotgan transport qaror larining boshqa shu kabi qarorlari orasida vujudga keladigan to’g’ri va vositali aloqalari natijalarini tizimli taxlildan o’tkazish, kerak bo’ladi. Bunda rejalashtirishning ko’p darajali tizimini, jamiyat ishlab chiqarish boshqaruv, ho’jalik tuzilmalaridagi boshqa elementlarning ularga ta’siri, ichki transport samarali tadbirlarini mavjudligidagi mos chora-tadbirlar ko’lami va o’rnini hisobga olish kerak bo’ladi.

  2. Majmuaviylik. Transportlarga qo’llanilayotgan tadbirlarning samaradorligini baholashda ularni ko’ularni amalgam oshirishda vujudga keladigan natijalarni hisobga olish lozimdir: qo’llanilayotgan chora tadbirlarning nafaqat transport ob’ektlarining iqtisodiy ko’rsatkichlariga balki, ular bilan aloqadorboshqa baza tarmoq obe’ktlarga ta’sirini ko’rib chiqish; natijalarni ko’rib chiqayotganda, iqtisodiylaridan tashqari ijtimoiy, ekologik va boshqa natijalarini ham hisobga olish kerakdir. Masalan, harakatdagi tarkibning strukturasi va parametrini aniqlashda transportning charchashini, yo’lovchilarning vaqtni hisobga olish kerak bo’ladi.

  3. Xalq ho’jaligi yondashuvi. Transportlarga qo’llanilayotgan choralarning samaradorligi ularning xalq ho’jaligi natijalariga ta’siri nuqtai nazaridan baholanadi.

  4. Hisob-kitoblarning maqsadlarga yo’naltirilganligi. Samaradorlikni hisoblash maxsus maqsadlarga asoslanadi. Ma’lum rejali qarorlarni qabul qilish va tadbirlarni aniqlash uchun transportga qilinadigan hisob-kitoblarni farqlash lozimdir.

  5. resurslarning cheklanganligini hisobga olish. Chiqariladigan resurslar chegaralangandir. Shuning uchun ham ko’rilayotgan chora yoki resurlardan foydalanish faqatgina samarali bo’lgandagina maqsadga muvoifiq bo’ladi. Bu xolat ho’jalik tadbirlarini amalga oshirish bilan aloqador harajatlarni miqdori baholashda metodologik asos bo’lishi lozim. Bu harajatlarga ishlaishlatilayotgan resurslarning qiymatini kiritishi kerak: moddiy, tabiiy, ishlab chiqarish fondlari va capital qo’yilmalari, mehnat, ma’lumotlar va h.k.

  6. Muvofiqlik. Transportga qilinadigan ho’jalik qarorlarining baholanayotganmuqobillari va ularni baholash usullari ba’zi alomatlar bo’yicha taqqoslab bo’ladigan xolatda bo’lishi lozim:

    • muqobilni amalgam oshirish mumkinligi, ya’ni ularning har birini kerakli resurslar bilan ta’minlash imkoniyatlar;

    • harajatlarni va natijalarni olish to’liqligi;

    • bitta harajat yoki natijani qayta hisoblamaslik;

    • foydalaniladigan normative baza.

  7. Muqobillarning optimal darajadan pastligi. Varianbtlarni tashqi cheklovlar hamda eng yaxshi ichki variantlarni tanlash doirasida solishtirish kerak. Shunday qilib, teplovozlar va elektrik tortgichda yuk tashishning solishtirma samaradorligini baholayotib, avvalambor ularga optimal tezlikni aniqlab olish kerak.

  8. Vazifaning strukturalashganlik darajasini hisobga olish. Vazifalar yaxshi strukturalshtirilgan sharoitda, muqobil ko’p bo’lganda, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hususiyatlari va afzalliklari aniq bo’ladi va tugunlar echiladi, samaradorlik bahosi skalyar kruteriy bo’yicha chiqariladi.Umumiy holda, agar natijalar ham harajatlar kabi muqobillar bo’yicha o’zgarsa, optimizasiyada bunday kritiriya maksimum samarani beradi. Bunda narx va tariflar amalgam oshiralayotgan choralarga, shu jumladan, chiqaralayotgan mahsulot va xizmatlar hajmiga bog’liq bo’ladi.

  9. Dinamiklik. Transportga qo’llanilayotgan choralar samaradorligini baholashda vaqt omilini hisobga olish kerak: Yuk tashish hajmi va sturturasi, transport xarajalari va natijalarining o’zgarishi bilan birglaikda normative ko’rsatkichlar, turli loglar mavjudligi, turli vaqtdagi xarajatlar iqtisodiy qiymatini o’zgarishi va boshqalar. Agar ishlatiladigan resurslarga kelajda narxlar o’sish ehtimoli bo’lsa, unda erishiladigan natijalrining bahosi bashorat narx va baholarida chiqariladi. Vaqt omilini hisobga olishda samaradorlik kritiriyasi sifatida hisob-kitob davridagi natija va xarajat orasidagi farq olinadi. Bu transportni rivojlantirish variyanti bilan muvofiqlikda bo’ladi. Vaqt asosli momentini optimizasiya vasifalari sharoitga mos qulay hisob-kitob o’rnatiladi. Ishlab chiqarish samaradorlik tushunchasi bir vaqtlar ishlab chiqarish jarayoni bilan bo’gliq edi. Genri Fordning katta hajmli ishlab chiqarishdan foydalanishi avtomobil ishlab chiqarishda katta tejamkorlikni keltiradi.Uning g’oyasini boshqa sanoat sohalarida ham qo’llay boshladi. 1950-yillarda ishlab chiqarishdagi tejamkorlikning yangi yo’llarini qidira boshlandi: raqobatchilardan o’zish uchun.Tabiiyki, transport vositalari tadqiqot markaziga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish ko’lamining ortishi transport aloqalarining kengayishiga olib keldi. Transport operasiyalaridan tejam qidirish avj oldi. 1960 – yillarga kelib, natija eng kam xarajat bilan ta’minlaydigan transportlar vujudga kela boshladi. Yuk tashishni tejamkorlik bilan ta’minlashdagi o’zgarishlar quyidagilar:

  1. Dengiz yuklarining ortishi, ayniqsa transport vositalri yordamida ruda, bug’doy, selelyuza va boshqa tovarlarni tashish ortdi.

  2. Yuk ko’tara olish salohiyatining ortishi, yuk ko’tarib tushuruvchi mexanizmlarning rivojlanishi, qadoqlash;

  3. Havo yuk tashuvining ortishi, bunda nafaqat yengil mahsulotlar balki og’irlari ham tashila boshlandi.

  4. Bir hujjat boshqa bir qancha hujjatlarni tayyorlash yordamida hujjat aylanishini tezlashuvi;

  5. Guruhlash – biq qancha jo’natuvchilar yuborgan narsalarni birdaniga qabul qilish jarayoni.




Download 210.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 210.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro qatnovda transport ishi samaradorligi ko’rsatkichlarining ahamiyati

Download 210.23 Kb.