O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro transport yo’llarining roli




Download 210.23 Kb.
bet3/13
Sana21.06.2023
Hajmi210.23 Kb.
#74714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ozbekiston-iqtisodiyotida-xalqaro-transport

1.2. Mavjud asosiy transport yo’llari
ETTB ning yillik direktorlar Kengashi o’tgan yili Toshkentda may oyi boshlarida yig’ilishidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’z temir yo’l va avtomobil yo’l aloqa vositalarini o’z ichiga olgan yangi ko’pvariantli aloqa yo’llarini tuzish muhimligi haqida gapirib o’tgan edi. O’zbekiston rahbarining fikriga ko’ra bu yo’llar yaqin yillarda Hindiston, Atlantika, Tinch okeaniga chiqishni ta’minlaydiga transport aloqalarining o’zaro bog’liq bir tizimiga o’tish kerak. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligining birinchi kunlaridan chet davlatlar bilan o’zaro manfaatli hamkorliklarga o’tdi. O’zbekistonning tashqi siyosatining ustuvorlari orasida - savdo- iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, birinchi navbatda, EI davlatlari bilan, uchun qulay sharoit yotardi. Bu aloqalarda O’zbekiston Buyuk Ipak Yo’lini qayta tiklash uchun bir nechta hududiy va hududlararo integrasiya loyihalarining tashabbuskori bo’ldi. O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy rivojlantirish manfaatidagi jalb qiluvchi , raqobatbardosh va muqobil xalqaro transport yo’llari majmuini shakllantirish vazifasida bo’lgan TRASEKA, ShOS, ESKATO, EKO va boshqa ko’plab dasturlarning faol ishtirokchisidir.
Ushbu tadqiqotlarning muhimligi shundaki, xalqaro transport yo’llari va transportlashtitish tizimining rivojlanishi hamda globallashuvning hozirgi bosqichida umumiy bozor va umumiy transport hududini, shuningdek, transport xizmatlarini shakllantirish vazifasini echishga majmui yondashuvni asoslash muhimligi vujudga keldi.
Bu tizimdagi asosiy rollardan birini TRASEKA loyihasi sifatida ma’lum bo’lgan transport yo’li o’ynashi kerak. Hozirgi paytda TRASEKA dasturi doirasida Buyuk Ipak Yo’lini qayta tiklash sodir bo’lyapti. (Yevropa –Osiyo –Kavkaz transport yo’llari). Bu, EI ning mustaqil davlatlari tomonidan o’zarotexnik ta’sir dasturi tufayli, TRASEKAning EIning maxsus loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan doirada mumkin bo’ladi.
TRASEKA bu dasturning ishtirokchisi bo’lgan har bir davlat iqtisodiy rivojlanishinign tarkibiy qismi bu – o’zaro integrasiya va foydali hamkorlikning kuchli vositasi bo’ladi.
Uni qurish g’oyasi EI ga tegishlidir. U ushbu dasturning vujudga kelishiga mos rozilik bergan Ozorbayjon, Armaniston, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Ukraina, Moldava, Turkmaniston, Turkiya tomonidanqo’llab quvvatlandi. Uning asosiy maqsadi Yevropa , Qora dengiz hududida va Kavkazda shuningdek, kaspiy dengiz hududi va Osiyoda iqtisodiy munosabatlar, savdo va transport aloqalarini rivojlantirishdir.
Makroiqtisodiy aloqalarning rivojida avtoyo’llar asosiy rol o’ynaydi. 1999 yil avtoyo’llar bo’ylab Respublikaning 29.7% import tovarlari, 12.5% eksport tovarlari tashildi.
O’zbekiston Respublikasi geografik joylashuvi sababidan u amaliy barcha boshqa mumkin yo’llardan foydalanishi kerak. Bu transport yo’llariga quyidagilar kiradi:

  1. Qozog’iston – O’zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya va keyin Qora Dengiz – Poti, Konstintsiya, Varna, YYevropa yo’nalishi bo’yicha transosiyo yo’li. Bu yo’l shimol (Rossiya) va janub (Eron) orqali tashqi iqtisodiy aloqalarga egadir.

  2. Qozog’iston – O’zbekiston – Turkmaniston keyin Erondagi Tejan – Seraxs – Mashxad, Fors qo’ltig’i va keyin Osiyo, shuningdek, YYevropaga chiqish imkonini beruvchi transosiyo yo’li;

  3. Andijon – O’sh(Qirg’iziston) – Qoshg’ar(Xitoy) keyin Shanxay porti orqali YYevropa – Sharqiy Osiyo transkontinental yo’li. Bu yo’l Olmota – Drujba – Shanxay yo’nalishi va transsibir muqobil temir yo’li orqali bo’lib, u Respublikani Osiyo – Tinch okeaniga chiqishini taminlaydi.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston xududi orqali yuqorida ko’rsatilgan yo’llar quyidagi yo’nalishlarda total assets’minlanmoqda:

  1. Turkmaniston chegarasi – Olot – Buxoro – Navoi – Kattaqo’rg’on – Samarqabd – Jizzah – Toshkent – Andijon – (Qamchiq dovoni orqali) O’sh – Saritosh – Irkeshtan – Qoshg’ar(Xitoy) – keyin Xitoyning sharqiy va janubiy portlari;

  2. Qizilo’rda(Qozog’iston) – Uchquduq – Navoi – Buxoro – Olot – Doshxovuz – Adhxabod(Turkmaniston) – Eronga chiqish, keyin Fors Qo’ltig’I port;ariga;

  3. Volgograd – Astraxan(Rossiya) – Beyneu(Qozog’iston) – Nukus – Buxoro – Toshkent – Andijon – O’sh – Saritosh – Irkeshtam – Qoshg’ar(Xitoy);

  4. Xirot – Qo’shqa – Chorjo’y – Buxoro – Samarqand – Toshkent – Olmata;

  5. Mozori Sharif – Termiz – Samarqand – Toshkent – Olmaliq;

  6. Xirot – Chorjo’y – Buxoro – Nukus – Beyneu – Atirau-Astrahan –Volgograd;

  7. Xirot – Chorjo’y – Buxoro – Navoi – Uchquduq – Qizilo’rda – Jezqozg’on;

  8. Xirot – Chorjo’y – Qarshi – Boysun – Beyneu – Dushanbe;

Har qanday zamonda har qanday jamiyatda ham transport asosiy rol o’ynagan. Uning zamonaviy ahamiyati o’lchab bo’lmas darajada o’sdi. Hozir har qanday davlat ham quvvatli transportsiz o’zini tasavvur qila olmaydi. Bu navbatda, eng katta qit’aning davlatidan biri bo’lgan bizning Respublika uchun ham juda muhimdir. Shuning uchun o’sayotgan iqtisod aholining o’sish va qator boshqa ob’ektiv omillar ta’sirida xalq xo’jaligining bir tarmog’I sifatida transport ham o’sish va takomillashtirilishi kerak. Yosh muhandis-texnik boshqaruvchi tarkib, turli darajadagi transportlarni bemalol boshqara oladigan kadrlarni tayyorlashsiz bu maqsadlarga erishib bo’lmaydi.
Keng ma’noda zamonaviy transport so’zi – bu xalq xo’jaligining katta va murakkab najnui bo’lib, uning tarkibida magistrallar, shahar va sanoat transportlari faoliyat yuritadi. Ma’muriy xo’jalikdagi erkinlikka qaramasdan barcha turdagi transportlar ma’lum bog’liqlikda joylashgan va faoliyatning texnik iqtisodiy natijalariga total assets’sir ko’rsatadi.
Davlat transport tizimining rivojlanish darajasi – uning sivilizatsiyalashivi va texnalogik jarayoning muhim sabablaridandir. Yuqori sifatli transport tizimiga ehtiyoj YYevropa va jahon iqtosodiyotiga integratsiya jarayonida juda muhim hisoblanadi.
O’zbekiston rivojlanishida asosiy transformatsiya bu, avvalo, g’arbiy yYevropa iqtisodiy tizimiga krishiga yo’naltirilgan. Bu albatta mamlakat hamkorlari orasida tovar aylanish operatsiyasini o’sishiga olib keladi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining geostrategik joylashuvi, YYevropa – Markaziy Osiyo – Sharqiy Osiyo o’rtasida ko’prik rolini bajarishga imkon beradi. Yuk va yo’lovchi tashsish tizimlaridan biri, yukni saqlanish, va hafsizligi, yetib boorish qiymati va muddatining ishonchliligi va nazorati hisoblanadi. Shular bilan mos ravishda O’zbekiston Respublikasi transport aloqalari YYevropa integratsiyasi talablariga javob berishi kerak.
O’zbekistonda xalqaro standartlarga javob bera oladigan transport tizimini yaratishga dastlabki sharoitlar bor. Unga avvalo barcha transport turlaridagi mavjud tashkiliy sohalarni texnik qayta tuzish, texnika va texnalogiyaning yetarli bazasini shakllantitrsh, yuqori sifatli mehnat resurslariga egalik, hududning foydali tabiiy iqlim va geografik hususiyatlari, raqobatbardosh ilmiy texnika loyixalariga egalik, oldingilarga mos va amalgam oshirishga tayyor tajribalar o’tkazish, qiziqqan chet el investorlarini O’zbekistonga jalb qilish, O’zbekistonni Osiyo davlati sifatida tan olinish tendentsiyasini mustahkamlash, O’zbekistonda xalqaro transport yo’llarining milliy tizimini tashkil etish kerek bo’ladi. O’zbekiston uzoq muddatli transport aloqalarini shakllantirishga sezilarli tasir ko’rsatish uchun o’zining oldingi Shimol - Janub, Sharq - G’arb o’rtasidagi ko’priklik yo’lini saqlay bilishi kerak. O’zbekiston o’z hududida xalqaro transport to’riga ega bo’lishi kerak. Xususan, u o’z transport tizimini YYevropa va umumjahon standartlari kabi qo’shiluvchi, sinxron tartibda olib borishi kerak. Bu texnika, texnalogiya, tashkiliy, normative qonun bazasi xalqaro tartibga mos taminlangan bo’lishi kerak deganidar.
Transport tizimi bilan bog’liq muammolarni majmuiy qo’yish ularni yechish yo’llarini aniqlash, moliyaviy, moddiy texnik, resurs, huquqiy taminot berish O’zbekiston Respublikasi transport tizimini rivojlantirish Davlat dasturi doirasida amalgam oshrilishi kerak.
Turli xil transport turlari muammolarini yechuvchi o’tkazilgan tahlil O’zbekiston umumiy iqtisodiy rivoji uchun aniq mohiyat va uning ko’lamdorligi va murakkabligi haqida guvohlik bermoqda. Uning amalgam oshirish katta sarmoya va murakkab muammo yechimini talab qiladi. Endi obyektiv aytadigan bo’lsak, transport aloqasi sohasida texnik, texnalogik, tashkiliy tomonlarga chuqur ravishda tasir ko’rsatuvchi muammolarni yechishga to’g’ri keladi.



Download 210.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 210.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro transport yo’llarining roli

Download 210.23 Kb.