transport yo’l muammolari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar




Download 210.23 Kb.
bet4/13
Sana21.06.2023
Hajmi210.23 Kb.
#74714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ozbekiston-iqtisodiyotida-xalqaro-transport

1.3 transport yo’l muammolari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar
Yevropa iqtisodiy komissiyasining transport organi.
Tayyorlashda turli hukumat va nohukumat organ va tashkilotlar ishtirok etadigan xalqaro aftomobil yo’lini tashkil etish bo’yicha normativ hujjatlar quyidagilarga bo’linadi.

  1. xalqaro yuk tashishlarga kira oladigan transport vositasiga talab

  2. avtomobil yo’llarida transport vositasi harakatidagi qoida tashkilot va haf sizlik.

  3. jahon avtomobil harakatiga ochiq bo’lgan yYevropa transport to’riga qo’shilish va ular texnik talab hujjatlari.

  4. xalqaro yuk tashishlarni bajaruvchi transport vositasi haydovchilarga talab

  5. yuk tashish jarayonida ishtirok etuvchi tomonlarning javobgarligi, hafsizligi qonunlariga javob beruvchi sharoit.

  6. xalqaro yuk tashishlarda chegara va bojxona nazorat qoidasi.

  7. xalqaro yuk o’tkazishlar va ularda ishtirok etgan transport vositalariga soliq solish

  8. transport vositasi egasiga zararlar bo’lishi uchun uklarni majburiy egalik fuqaroviy sug’urta qildirish.

Xalqaro transport yo’lini rivojlantirish, transport vositalarini takomillashtirish muammolari bilan nafaqat milliy balkiy xalqaro tashkilotlar ham ish ko’rmoqda. Ularga YYevropa Transport Tashkiloti, BMTning Iqtisodiy Komissiyasi, Iqtisodiy O’zaroko’mak Kengashi, YYevropa Iqtisodiy Jamiyati va boshqalar. BMTning YYevropa Iqtisodiy Ko’missiyasi 1947 tilda tuzilgan va u YYevropa davlatlari iqtisodiy rivojiga yo’naltirilgan tadbirlarni amalgam oshiradi va shu yo’nalishda turli tadqiqotlar o’tkazadi. Iqtisodiy Komissiyaning o’xshashlari boshqa hududlarda ham tuzilgan. YIK ishiga asosan suv, temir yo’li va ayniqsa avtoyo’llar bo’yixha muammolarni xalqaro qilish kiradi. Bu muammolarni YIKning Ischki Transport bo’yicha Qo’mita (ITQ) va uning yordamchi organlari amalgam oshiradi.
ITQ YYevropada ko’plab transport muammolari bilan shug’ullanuvchi hukumatlar aro umumyYevropa organ hisoblanidi. Maslahatchi organ hukumatlarning roziligisiz hech nima qila olmay, ITQ ularga taalluqli xalqaro tashkilotlardan so’raydi va xulosa qiladiki ularning sharoitlaridan kelib chqib hamkorlik o’rnatsa bo’ladi, turli xil ishki transport yo’llarini koordinatsiyasini o’rgatadi, bu yo’nalishda ixtiyoriy tadbirlar o’tkazish uchun tafsiyanomalar ishlab chiqadi va beradi, mavjud hujjatlarni yig’adi, hujjat joylashtirish va strategik rivojli amalgam oshiradi, YYevropa ichki xalqaro transport muammolarini o’rganadi, YYevropa Konventsiyasida mavjud tavsiyalar beradi. YIKga xulosalar beradi va komissiya topshirgan boshqa har qanday toshiriqlarni bajaradi.
Ish rejasiga ko’ra qo’mita sessiyasi Jenevada (Shvetsariya) o’tkaziladi. ITQ ning amaliy sessiyasi yilda bir marta o’tkaziladi. Qo’mita boshliqlari va o’rinbosarlari yiliga bir marta tayinlanadi va bunda ular bir yilda bir marta shu vazifalarni qayta tayinlsh uchun yana bir marta yig’ilishadi.
Yuqorida ko’rsatilganidek ITQ tavsiyanomalari YIK tomonidan namoyish etiladi. Lekin agar tavsiyanomalar YIK faoliyati sohasiga talluqli bo’lmasa transport bo’yicha uzoq muddatli munosabatlarda hukumatlar aro aktni amalgam oshirish muhimligini chaqirilmaydi, va ular qo’mita tomondan to’g’ridan to’g’ri amalgam oshiriladi.
Har bir a’zo davlar fikrlaridagi farqlar YIK yaqin sessiyada yoki qo’mita sessiyasidan 30 kun keyin bu haqda ko’rib chiqilishi kerak. Asosiy fikr hukumatlar tomonidan ularga tavsiyanomalar yetkazishda batafsil habar qilinadi.
ITQ YIK boshqa yordamchi organlari bilan qo’shma yis’ilishlar o’tkazish va maslahatlashish huquqqiga ega. Bu yig’ilishlarni tashkillashtirish YIKning ijrochi kotibiyatiga topshiriladi. ITQ shuningdek yordamchi organlar tuzadi va ularga sessiyalar o’rtasini maxsus muammolar yechishga yo’l qo’yadi. Shunday yordamchi guruhlarga avtotransport bo’yicha transport vositalarini qurish, harakat hafsizligi, tez portlash maxsulotlari va havfli yuklar o’tkazish, bojxona muammolari, suv transporti vat emir yo’l transporti bo’yicha ishchi guruhlarga taalluqli bo’ladi.
Ishci guruhlarning sessiyasi qoidaga ko’ra amaldagi qo’mita muddatida har yili o’tkaziladi. YIK azo davlatlardan tashqari ITQ ishida uning yordamchi organlari faol ishtirok etmoqda. Aosiy qism nohukumat xalqaro tashkilotlar, xususan: Avto Transport Xalqaro Ittifoqi (MSAT), Jamoat Transporti Xalqaro Ittifoqi(MSOT), Xalqaro Avto Transport Federatsiyasi (MAF), TUrizm va Avtosport Butun Jahon Tashkilto (OTA); Temir yo’llari Xalqaro Ittifoqi (MSJD), Konteynerlar Bo’yicha Xalqaro Rasmiyyat (MBK), Xalqaro Yo’llar Komissiyasining doimiy asotsatsiyasi (PAMOK), Yo’l Harakati Qoidalarini O’qitish Jamiyati Va Avtomaktab Xalqaro Asotsatsiyasi (MODD), Sug’urta Byurosi Kengashi, radio to’siq bo’yicha xalqaro maxsus Qo’mita(MSKRP), Shovqinga Qarshi Kurash Xalqaro Asossasiyasi(MABSH), Xalqaro Mehnat tashkiloti(MOT), Xalqaro vdo to’lovi(MTP), Kasaba Uyushmalari Butun Dunyo Federatsyasi, Sovuq Ish bo’yicha xalqaro institut(MIXO), Yuqori Politsiya Mansabi Xalqaro Fesretsiyasi(MFVPCh) va boshqalar. Qo’mita ishida, shuningdek, SEV kotibiyat vakillari va YIKning transport bo’yicha komissiyasi ham qatnashadi.
1947 yilda ITQ yangi tuzilganda urushdan keyingi xolat bilan bog’liq transport muammolarini xalqaro qilishda turli qoldirib bo’lmas choralar ko’rishi kerak bo’lgan.
YIKning transport bo’yicha transport komissiyasi.
YIK(1957) idorasi xaqidagi Rim kelishuvida transport muammosi ahamiyatli o’rin egalladi. Unda barcha turdagi transportlar uchun keng sharoitlar yaratish bo’yicha umumiy transport asoslari shakllantirildi. Bu shuni bildiradiki: transportbibg har qanday turiga munosabatda diskriminatsiyaning yo’qligi; yuk tashuvchilar va qiziquvcha shaxslar, shuningdek, jamiyatga alohida a’zo davlatlar orasida teng yuridik munosabat; moliyaviy jihatdan barcha transportlarni davlat yoki biror shaxs tomonidan hech qanday subsidiyalarisiz sotib ola bilishlik limitdan oshib ketmagan xolatda transport korxonalariga tariflar qo’yish; har qanday ichki transport turlari uchun kelishilgan capital qo’yish dasturini amalgam oshirish degani.
YIKning transport bo’yicha asosiy organi Transport bo’yicha ko,issiyasi hisoblanadi. Komissiyaning asosiy vazifasi darajama-daraja yo’q bo’lishlarni oldini olish, alohida mamlakatlarning ichki qonun chiqaruvchi organlarini tuzish. Bu albatta, umumiy transport siyosatini shakllantirish yo’lidadir.
Komissiya tarkibiga 14 ta Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Frantsiya davlatlaridan ikkitadan, Belgiya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Lyuksemburg va Niderlandiyadan bittadan vakil kiradi.
Komissiyaning takliflari va tavsiyalari transport bo’yicha Vazirlar Kengashiga ko’rib chiqishga beriladi. Bunga YIK a’zo davlatlarining har biridan bittadan vakil kiradi. Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar va qo’llanmalar barcha a’zo davlatlarda majburiy xarakterga ega.
YIKni tuzish xaqida Rim shartnomasi imzolangan dan keyingi yillar mobaynida a’zo davlatlar o’rtasida tashiladigan yuklar hajmi ahamiyatli o’sdi va mos ravishda, transport roli ham. Ammo bu davr modaynida transport siyosatida siljish kam bo’ldi, chunki ular o’zining alohida muammolariga ega, hususan: gabarit o’lchamiga va transport vositalari yuk ko’tarishlariga cheklashlar o’rnatildi; yuk tashishda xalqaro yaxlit tarif o’rnatish muammolari; avtotransportlar tomonidan amalga oshirilgan tashishlarga litsenziyalarning umumiy soni va ularni a’zo davlatlar o’rtasida taqsimlashni aniqlash; YIK a’zolari orasida avtoyuk tashishga transit sharoitlarini yaratish va boshqalar.
Lekin umumiy YIK manfaatlari iblan milliy transport korxonalari manfaatlari bog’liq bo’lmaganligi uchun yuqoridagi muammolarni xalqaro qilishga katta qiyinchiliklar kerak. Bu aloqalarda ikki tomonlama hukumatlararo kelishuvlar asosida transport muammolarini yechish kerak.
1969 yilgacha avtomobil yo’llarida yuk tashish YIK davlatlari orasida ikki kelishuv asosida bo’lgan. Ushbu kelishuv tizimida ikkita aniq davlatlar o’rtasida avto yuk tashishlar bo’ldi.
1968 yil YIKning transport komissiyasi tajriba sifatida, jamiyat xududida har qanday yo’nalishda avto yuk tashishga ruhsat beruvchi l qo’llab ko’rildi. Komissiya qaroriga ko’ra, umumiy soni 1500 dona bo’lgan litsenziyalar chiqarildi. Ularning taqsimoti quyidagicha bo’lgan: Germaniya – 300, Frantsiya – 286, Niderlandiya – 269, Italiya – 255, Belgiya – 177, Buyuk Britaniya – 100. Daniya – 60, Lyuksemburg – 33, Irlandiya – 20.
Bu litsenziyalar juda intensiv ishlatildi. Biroq ularga 15% dan oshiq yuk to’g’ri kelgan. Bu foiz ham Jamiyat xududida avtotransport orqali tashilgan. Qolgan yuklarning hammasi ikki tomonlama asosda tashilgan.
1976 yil YIKda litsenziyalar soni 2363 ta bo’lgan, bundan Germaniyaga 427 ta, Frantsiya – 409, Niderlandiya – 382, Italiya – 319, Buyuk Britaniya – 272, Belgiya – 265, Daniya – 169, Lyuksemburg – 70, Irlandiya – 50 tadam to’g’ri kelgan. Har bit litsenziya bo’yicha Jamiyat xududida yiliga 100 ta ochiq reys bo’lgan.
1976 yil noyabrida Komissiya YIK litsenziyalar sonini ikki barobar oshirishni taklif qildi. Ammo bu taklif hech qaysi davlat himoya qilmadi. Hususan, Germaniya tranzit davlat sifatida yiliga 3 million chet el avtomobili kuniga esa 10 mingta bo’lib, bu taklif uni qiziqtirmas edi. Komissiya taklifiga qarshi argument sifatida takliflar qilindi: atrof-muhitning ifloslanishi, energiya muammolar, yo’l infrastrukturasiga harajatlarning o’sishi, temir yo’l quvvatidan foydalanmaslik – chunki temir yo’l avtoyo’ldan farqli ravishda a’zo davlatlarning shaxsiy mulki hisoblanadi.
1977 yilda ham 1976 yildagi darajada litsenziyalar sonini davlatlar bo’yicha avvlagi taqsimot bilan saqlab qolishdi.
Shundan keyin litsenziyalarga munodabat ikki tomonlama kelishub bo’yicha o’zgara boshladi. Yangi aksiomalar qabul qilindi, ular «Erki bozor» bazasida avtoyuklar xalqaro miqyosga yetib borguncha saqlanishi kerak. Ikki tomonlama kelishuvlarga ko’ra Germaniya va Frantsiya, shuningdek, Germaniya va Italiya o’rtasida 1977 yil mos ravishda, 132.5 va 105 ming avtoyuk tashish lar uchun litsenziyalar berildi. YIK a’zolari Yaxlit bir fikrga kelishdi. Qayta litsenziya soni bo’yicha ham bir fikrga kelishdi. 1981 yil Komissiyaning transport bo’yicha taklifi 1980 yilgini 25% ga kontingent oshirdi. Bu 3836 tadan 4792 tagacha edi va Germaniya, Italiya tomonidan e’tirozga sabab bo’ldi. Bu og’ir vaziyatda YIKning transport bo’yicha Vazirlar Kengashi 1980 – yilgi xolatda qoldirishga va ularning 1980 – yilgi taqsimoti saqlab qolindi, chunonchi, Germaniya – 698, Frantsiya – 627, Niderlandiya – 597, Italiya – 539, Buyuk Britaniya – 418, Belgiya – 413, Daniya – 286, Lyuksemburg – 106, Irlandiya va Gretsiya 76 tadan, Buyuk Britaniya va Irlandiya bunday qarorlar bilan kategorik kelishmovchiliklarga duch keldi. Shuning uchun 1981 yil bu masalaga yana qaytish va uni bu ikki davlat uchun qayta ko’rib chiqishga kelishishdi. YIK a’zolari orasida avtoyuk tashishlar ikki tomonlama asosda mavjud. Bu «sanchqili» tariff ham deyiladi. Bunga 1968 yil amalda bo’lgan tariff stavkalari xizmat qiladi. Tariflar 1971-yil kiritilgan va ularning qo’llanish muddati uzaytirilishi mumkin.
Bu tariflarga ko’ra, yuk tashuvchilar maksimal stavka bo’lgan 23% dan ko’p bo’lmagan yuk tashish to’lovini yig’ishi kerak. Bundan tashqari shartnoma xulosasida yuk tashish muddati 3 oydan kam bo’lmasligi kerak, shuningdek, ba’zi xollarda yuk vazni 800 tonnadan kam bo’lmasa. G’rbiy foiz stavkasining kuchsizlanishi sababli 1974 yil foizni bazis tariff stavkasidan chetlanishi ko’proq bo’ldi: Benilyuks davlatlari uchu nu 27.4% , Frantsiyaga 29.8%, Germaniya va Belgiyaga 31.7% , Italiya va Belgiyaga 39.9% bo’lgan.
1976 yil noyabridatrn bo’yicha Vazirlar kengashining sessiyasida «sanchqili» tarifni inkor qilish va ma’lumotli tizim o’tish masalasi qo’yilldi. Bunga qarshi chiqqan Germaniya, Italya, Belgiya davlatlari bu avtoyuk tashish qiymatini oshiradi, deb hisoblaydi. Irlandiya umuman har qanday tariffni inkor qildi. Boshqa davlatlar takli qilingan bu loyihani maqulladi. Natijada komromis qaror qabul qilindi – «sanchqili» tizimda qolish. 1978 yil 1 yanvardan esa hech qanday tariff mavjud bo’lmagan davlatlarda «ma’lumotli» tariflar, jumladan, Buyuk Britaniya continental YYevropa, Daniya va YIKning boshqa davlatlariga kiritildi. Qolgan davlatlar 1980 yildan «ma’lumotli» tarifga o’tdi.
YIK azolarida yuqori transport vositasi 32 dan 50 gacha oraliqda bo’ladi. Shunday turli yuklar Daniya, Niderlandiya, Germaniyada 10 tonna, Frantsiya, Belgiya, Lyuksemburgda 13 tonna. Transport bo’yicha Komissiya quyidagi taklifni kiritdi: bir yoyga 11 tonna, eng yuqori og’irlik 40 tonna, 1 tonnaga to’liq quvvat 5.15 kVt, balandlik 4 metr, kenglik 2.5, uzunlik 18 metr.
Transport bo’yicha Komissiya bu normativga kiruvchi quyidagi muddatlarni o’rnatdi: tashqi savdo yuklarini olib kirish uchun YIK davlatlari 1980 yildan, ichki yuklarni olib chiqish uchun 1985 yildan. Batafsil qaror oldinroq chiqqan, lekin bajarilmagan edi. 1975 yil barcha 3.5 tonnadan oshiq yukka ega avtomobillarga taxograf o’rnatish muhimligi xaqida qaror qabul qilindi.
Xalqaro yo’l yuk tashish lari xaqidagi Bojxona Konventsiyasiga(MDP) qarshi ravishda YIKning ITQ doirasida tayyorlangan. YIK transport bo’yicha Komissiyasi «YIK transit tizimi» ni ishlab chiqdi. Bu jamiyat a’zolari o’rtasida avtoyuk tashish qoidasini ko’rsatib berar edi.
Bu vaziyatda TIR kornetlaridan foydalanish va viz kechish tizimining qabul qilinishiga rag’bat bo’ldi. Buyuk Britaniya va boshqa YYevropa davlatlari ma’lumotnomalarida qayd etiladiki, TIR konvensiyasidan voz kechish va YIK «transit tizimi» ga o’tish ma’lum darajalarda kengash davlatlarida o’zaro yuk tashishni osonlashtiradi va temir yo’l, dengiz transportni jalb qilish bilan birgalikda yuk tashish larning rivojiga olb keladi. YIK a’zolarining YIK transit tizimi bo’yicha ishini moslashtirish YIK ma’muriy organlari tomonidan amalag oshiriladi.
Qayd etishda davom etsak, MSAT yangi tizimiga kirishga qarshilik ko’rsatib, o’z tizimini saqlab qoldi.
Avtotransportning xalqaro itttifoqi(MSAT).
Xalqaro nohukumat organlar orasida muhim ahamiyat kasb etuvchi organ bu MSAT hisoblanadi. U 1948 yil Jenevada tuzilgan. MSAT avtotransportni xalqaro miqyosda rivojlantiruvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. «MSAT Nizomi» ning ikkinchi moddasida shunday deyiladi: «bu ittifoqni tuzishdan maqsad barcha davlatlarda milliy va xalqaro avtotransportni tiklash, gullatib-yshnatish va himoya qilish, professional transportchilarni manfaatlarini himoya qilish va ularning ishini osonlashtirishdan iborat».
Shu maqsad;ar bilan MSAT avtotransport bilan bog’liq masalalarni o’rgabishga tushdi, unifikatsiyaga oid muammolarni ko’rib chiqdi, xalqaro va milliy transport yo’lini rivoji bo’yicha chora-tadbirlar ko’rdi, barcha a’zolarga milliy va xalqaro tashkilotlar va jamiyatlarda avtotransportni namoyish qildi.
MSAT a’zoligiga qabul qilishi mumkin:

  1. har bir mamlakat avtotrnsportni faollashtirish maqsadidagi milliy federatsiya va asossiatsiyalar;

  2. ushbu mamlakatning avtotransportining 25% va rasmiy 2 yildan kam bo’lmagan mavjud korxonalardan foyda olish maqsadidagi milli federatsiya va asossiatsiyalar;

  3. mavjud va foyda ko’zlamaydigam, avtotransportning kategoriyalarini o’zida mujassamlagan xalqaro federatsiyalar va asossiatsiyalar;

  4. qandaydir foydani ko’zlamagan MSAT a’zoligiga o’z roziligini bergan miliy federatsiyalar, asossiatsiyalar va guruhlar;

  5. asosiy faoliyati avtotransport bo’lgan hususiy korxonalar. Ular MSAT ning a’zosi bo’lgan xalqaro federatsiyalar, asossiatsiyalar va guruhlarga tobe bo’lib, ba’zi o’rinlarda ulardan chiqishi mumkin.

MSATning umuman a’zosi bo’lmagan va va unga taalluqli bo’lmagan federatsiyalar, asossiatsiyalar va guruhlar MSAT Kengashi ruhsati bilan uning faoliyatiga aralashish huquqini oladi. Shu yo’l bilan, ko’pgina qiziqqan va avtotransport faoliyatidagi tashkilotlar MSATda keng miqyosda ishtirok etishi mumkin.
Hozirgi kunda nafaqat YYevropa, balki bizning daclatga ham tanishtirilgandir. Sobiq ittifoqni ham 1974 yil xalqaro avtoyuk tashuvchilari asossiatsiyaga kiritdi(ASMAP). MSAT ko’pgina noyYevropa davlatlarga ham tanishdir: Avstraliya, argentina, Braziliyam Xindiston, Kanada, AQSh, Yaponiya va boshqalar. Shuningdek, ularning soni ortmoqda. Shuning uchun MSATni xalqaro tashkilotdan butun dunyo tashkilotiga aylantirish masalasi ko’rildi. Bu bilan yangi «MSAT Nizomini» ning tayyorlanishi yakunlandi. MSAT ga a’z o bo’lish uchun a’zolik va yillik badali to’lab borilishi kerak. Bu to’lov miqdori MSAT kengashi tomonidan o’rnatiladi. Boshqaruvchi Kengash – bunda MSAT a’zolarining barchasi ma’lum bo’ladi – oily organ hisoblanadi. Bu har yili ularning vakillari ittifoq a’zolari hisoblanadi. MSATning ijrochi organlari o’z vazifasini Nizomga muvifiq bajaruvchi Kengash prezidiumi hisoblanadi. Bundan tashqari, MSATning Kengash vazifasi Nizom tomonidan belgilanadigan kotibiyat tomonidan tuziladi.
MSAT Kengashi asosiy faoliyat yonalishidagi tamoyillarini aniqlaydi, barcha moliyaviy muammolar bo’yicha prezedium dokladlarini tinglaydi va muhokama qiladi, shuningdek, Kengash sessiyalari orasida MSAT rahbarligi muammolarini ham.
Har ikki yilda MSATning kongressi o’tkaziladi, unda turli davlat va kontinentlardagi bir qator vakillar bilan ta’minlanadi. I kongress 1948 yil Kopen-gagenda, oxirgisi(XVIII) esa 1980 yil mayda Sevilyeda(Ispaniya)da o’tkazilgan. Unda barcha qit’alardan 800 vakil qatnashdi. Hozir MSAT ga 121 ta avtoyuk tashuvchilarning ittifoqi qo’shildi. Xalqaro hukumat va nohukumat tashkilotlarida ishtirok etib, MSAT hech qanday davlat tashkilotlari rolini bajarmaydi. MSAT xalqaro avtoyo’lini rivojlantirish va uning yo’lida to’gonoq bo’luvchi har qanday to’siqlarni yo’q qilish uchun tuzilgan tashkilotdir.
Muhim vazifalaridan biri – bojxona shaklini soddalashtirish. Bu vazifani esa MSATning faol ishtiroki va «SHR Konventsiyasi» doirasida bajariladi.
MSAT xalqaro avtoyo’l yuk tashishida o’zaro tushunish xalqaro tizimini takomillashtiradi. Bu qisqa muddatda avto remontni, haydovchi almashtirishni, mehmonxonalarda haydovchilarga joy etkazishni , yo’lovchi va haydovchilarga tibbiy yordam ko’rsatishni ta’minlaydi. Shuningdek , MSAT yilning eng yaxshi haydovchisi uchun «Maqtov Diplomi» beradi, yoki yuk o’tqazishni jasorat va topqirlik bilan amalgam oshirganlar uchun»Katta Sovg’a» beradi. Bunday mukofotlargdan birini polshalik haydovchi Osinskiy 1968 yil oldi. MSAT xalqaro miqyosda yagona avtotransport muammolari bilan shug’ullanuvchi nodavlat tashkilot hisoblanadi.
Qo’yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun MSAT YEEK,YEEC, SEV, Transport vazirligining Yevropa Konferensiyasi, MOT, Bojxona hamkorligi tashkiloti, Hususiy Huquq xalqaro Instituti,MTV,Xalqaro avto turistik ittifoq, Xalqaro yo’l federasiyasi, Xalqaro Havo etkazish ittifoqi, MSJD, Sovutgichlar xalqaro federasiyasi, Xalqaro ishchi transport federasiyasi, Yuk tashishlar xalq byurosi, Tadbirkorlarning xalqaro ittifoqi, Ekspeditorlik tashkilotining xalqaro ittifoqi (FIATA), va boshqa tashkilotlar bilan mustahkamaloqlar o’rnatgan.
MSAT shuningdek, afrika, Lotin Amerikasi,Uzoq Sharq va Osiyo davlatlari Iqtisodiy Kommisiyasi ishida ishtirok etadi.
MSAT ma’lumotnoma tipidagi materiallarni chop etadi. Xalq avtomobil tashishlari muammosi bo’yicha ko’plab kashfiyotlar qilgan.
MSAT a’zolari haqida, xalqaro qonun chiqaruvchi qonuniyat muammolari haqida ma’lumotnomalar chiqaradi. Shuningdek, avtoyo’llarning tarxlari, va xalqaro yuk tashivuga qiziquvhcilar uchun boshqa materiallar chop etadi.
Meva, sabzavot va boshqa tez tashiluvchi mahsulotlar o’zlarining transportlashishi va iste’mol punktlarietkazilgincha saqlanish bo’yicha ayrim islohotlar talab qilmoqda. Shu bilan bog’liq xolatda EIKning ITQ tavsiyasiga ko’ra, 1955 yil MSAT mart oyida «Transfrigorut Yevropa» darajasida tez tashiluvchi mahsulotlarni tashish bo’yicha xalqaro tashkilot tuzildi. Ko’p mamlakatda tez tashiluvchi mahsulotlarning tashuvchilari bu tashkilot a’zolari hisoblanadi. MSAT va Transfrigorut orasida mustahkam bo’gliqlik shundaki, ularning boshqaruvchilari xilda. Hususan, MSATning director-o’rinbosarilaridan biri Transfrigorutning prezidenti hisoblanadi.
«Transfrigorut Yevropa» Nizomi quydagi asosiy vazifalarni o’z oldiga qo’ydilar:

  • tez tashiladigan mollarni ortishda asosiy masalarni o’rganish va ularni takomillashtirish;

  • bunday mahsulotlarlar uchun avtotrans qo’llanishini tashviqot qilish;

  • yuk tashuvchilar, tashkilotlar, Transfrigorut a’zolarini milliy birliklari o’rtasida tajriba almashinuv.

Transfrigorutga ijroya prezidenti boshchilik qiladi va u o’z vazifasini bu tashkilotning Ma’muriy qo’mitasi ko’rsatmasi bilan oladi. Ma’muriy Qo’mita a’zosi o’zi faoliyat yurg’izayotgan davlatda rasmiy vakil hisoblanadi.
Transfrigorutga a’zolarining transport vositalariga maxsus plastilin yopishtirilgan bo’lib, ularning maxsus Fransiyada ro’yxatdan o’tgan kartochkalari bo’ladi.

Download 210.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 210.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



transport yo’l muammolari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar

Download 210.23 Kb.