II. Bob. Turli xil transport turlarining xalqaro qatnovlarda qabul qilinishi




Download 210.23 Kb.
bet6/13
Sana21.06.2023
Hajmi210.23 Kb.
#74714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ozbekiston-iqtisodiyotida-xalqaro-transport

II. Bob. Turli xil transport turlarining xalqaro qatnovlarda qabul qilinishi.
2.1. Turli transport turlarining xalqaro qatnovlarda qabul qilish sohasining maqsadga muvofiqligi tahlili.
Har qanday transport turi faqat o’zi mo’ljallangan vazifani amalgam oshirgandagina, ya’ni yuk yoki yo’lovchilarni tashigandagina daromad keltiradi. Boshqa har qanday xolatlarda xarajatlar yuzaga keladi xolos. Tashishni amalgam oshirishning zaruriyati shu darajada muhimki, uni transport muvaqqatli ishining birinchi tamoyili, deb atash mumkin. Bu tamoyilni unutgan professional korxona xo’jayini inqiroz tomon yuz tuta boshlaydi.
Smitda yuk mashinasi bor. U haftasiga 5 marta har kuni 8 soat davomida buyurtma bo’yicha ishlaydi. Avtomobilning texning ko’rigi har kunning oxirida, davriy xizmati ko’rigi esa hafta oxirida amalgam oshiriladi.
Braunda ham xudi shunday yuk mashinasi bor, lekin unga buyurtma olish omadi kulib boqdi: bu buyurtma haftasiga besh kun bir sutkada 2 smenadan ishlashni talab qiladi. Har bir smenaga bitta ishlovchi bo’lib, ish vaqti 8 soat davom etadi. Texnik ko’rik va xizmat ko’rsatish yakuni Smitniki bilan bir xil.
Har qanday davr yakunida Braunning yuk mashinasi bajargan ish Smitning yuk mashinasi bajargan ishdan ikki barobar ko’p bo’lib chiqadi. Xarajatlar qanday bo’ladi, unda? Braunning ish xaqi va yoqilg’iga qilgan harajati Smitnikidan ikki marta ortiq bo’ladi, lekin avtomobilga capital qo’yilmalari, garajga xarajatlar, soliq va sug’urta harajatlari bir xil. Braunning 1km – t ga qilgan umumiy harajatlari Smitnikidan anchagina kamroq chiqadi, chunki u avtomobildan intensivroq foydalmoqda.
Mutlaqo boshqa transport vositasini oladigan bo’lsak, masalan, dengiz transporti, ma’lum bo’ladiki, kema egasi o’zining kemasidan maksimal darajada foydalanish zaruriyatini ayniqsa yaxshi tushunadi. Kemaning kutilayotgan xizmat ko’rsatish muddati mobaynida kema xo’jayini yuqori capital mablag’larini, shu kapitalga foiz va ishlatish xarajatlarini to’lash va oxir oqibat qilingan bu tadbirlarni oqlash uchun daromad qilishi kerak bo’ladi. Bu daromadni faqat yuk yoki yo’lovchi tashish bilangina topish mumkin. Har bir qatnov qo’shimcha daromad olish imkonini beradi. Shuning uchun ham kema xo’jayini kemaning portda ushlanib turishini minimal vaqtga qisqartirishga intiladi. Qatnovning tezlashuvi qo’shimcha reyslarni yaratibgina qolmasdan, kemaning portda turishi natijasida vujudga keladigan harajatlarni ham qisqartiradi. Boshqa transport turlariga nisbatan ham shunga o’xshash misollar keltirish mumkin.
Transport vositasining qiymati qanchalik yuqori bo’lsa, undan foydalanishning maksimal darajasiga erishish ham shunchalik muhimdir.
Sanoatning ayrim tarmoqlarida bo’ladigan uzluksiz ish transport sohasida juda kam kuzatiladi. Shunday bo’lsa-da, transport korxonalari xo’jayinlari foydalanishning belgilangan me’yoridagi maksimal darajasiga intilishlari lozim. Bu me’yorlar mijozlarning mavjudligi, milliy va xalqaro qonunchilik hamda har bir transport turning jismoniy tarkibidan kelib chiqadi.
TRANSPORT TIZIMINING TARKIBIY QISMLARI
Har bir transport turi to’rrtta asosiy tarkibiy qismdan foydalanadi. Bular - yo’llar, terminallar, xarakatdagi tarkib va yuk tortish vositasi. Yo’l xarakat o’tadigan qatnov yo’lini o’zida aks ettiradi. Tabiiy yo’lar arzon va keng bo’lib, joriy ekspluatatsion xarajatlarni talab qilmaydi hamda hozircha ularni sun’iy takomillashtirish unchalik zarur emas. Tabiiy yo’llarga dengiz, havo bo’shlig’I, daryolar, yuk tashiladigan hamda piyoda yo’llari kiradi. Tabiiy bo’lganligidan, tabiat injiqliklari natijasida zararlanadi va tez-tez tamirlab turishni talab qiladi. Yomg’ir mavsumi yoki qurg’oqchilik davrlarida ma’lum qilish ishlarini olib boorish zaruriyati tug’iladi, chunki suv toshqini yoki qurishi qatnovga salbiy ta’sir qiladi. Daryolarni transport yo’li sifatida foydalanish uchun chuqurlatiladi. Ot yo’laklarini avtomobil yo’llariga aylantiriladi. Avtomobil yo’llari, kanallar, temir yo’llari tramvay yo’llari va yer osti yo’llari sun’iy yo’llar hisoblanadi. Bu yo’llar dengiz va havo yo’llariga o’xshab erkin emas, lekin tarixiy sabablar tufayli jamiyat tomonidan bir qancha xarajatlar qilish kerak bo’ladi. Agar xarajatlar jamiyat tomonidan qilinsa, yo’l erkin hisoblanadi va undan foydalanishga xaq olinmaydi. Agar yo’l biror shaxsning o’z mablag’lari hisobiga qurilsa, xo’jayin undan o’z mulki sifatida foydalanadi va boshqa shaxslardan undan foydalanishga xaq oladi., chunki kiritilgan capital mablag’larini qoplash kerak.
Terminal bu bir transport yo’li tugab, ikkinchisi boshlanadigan punktdir. Deyarli har bir qatnov yo’li transport turi almashuvi sodir bo’ladigan punktga ega bo’ladi. Port odatda kemalar uchun terminal sifatida qaraladi, lekin, mohiyatiga ko’ra, u poyezdlar, avtomobil, quvur o’tkazgich va havo transportlari uchun ham terminal bo’lib xizmat qiladi. Samarali transport tizimini rivojlantirishda tijorat firmalari hamda transport boshqaruvi almashinuv mexanizmini bir butunlikning qismi sifatida qarashlari lozim. O’tmishda terminallardagi tirbandliklar transport tizimining ishlash qobiliyatiniyo’qotishiga sabab bo’ldi. Kanallarning to’lib ketishi o’zi bilan temir yo’llarining rivojlanishini olib keldi.
Xarakatdagi tarkib yuk va yo’lovchi tashish transport tizimining tarkibi hisoblanadi. Qandaydir transport turning ma’lum darajagacha samaradorligi ishlatilayotgan xarakatdagi tarkibning o’zgaruvchanligi va moslashuvchanligiga bog’liqdir. Avtomobillar temir yo’l xarakatidagi tarkibga qaraganda anchagina oson moslashuvchandir. Ular yo’l bilan kam darajada bog’liq: oldinda ketayotgan transport vositalaridan oldinlab ketish hamda boshqa yo’nalishlarga o’tish temir yo’ldagi o’xshahslarinikiga qaraganda osoroqdir. Samamlyotkar va dengiz kemalari o’zlari yuradigan yo’llarga yanada kamroq bog’liqdir.
Yuk tortish vositalari ishlatilaayotgan xarakatdagi tarkib yoki kemani xarakatga keltiradi. Har bir transport birligiga tortish vositasi kerak bo’ladi. Uni tanlash transport vositasining mustahkamligiga, kerakli tazlikka, mavjud yoqilg’I va boshqa omillarga bog’liqdir. Hozirgi kunda bug’ dvigateli, dastlabki energiya manbai, ishki yonish-benzin dvigateli, reaktiv, dizel va elektrik dvigatellar bilan almashtirilgan.
Har bir transport turida bu tarkibiy qismlarning ikki yoki uchtasining birlashmasini kuzatish mumkin. Masalan, quvur o’tkazgich bir vaqtning o’zida ham yo’l va transport vositasi ham tortish vositasi hisoblanadi. Shunga o’xshab, oila avtomobili transport vositasi va tortuvchi vosita hisoblanadi, avtomobil yo’llari bo’ylab xarakatlanadi, lekin oila xarakatidan boshqa terminallardan foydalanmaydi.
TRANSPORTNING FIZIK TARKIBI.
Yo’l bu o’z funktsiyasini bajarayotib xarakatlanib, transport vositalari uchun xarakatlanish vositasidir. Yo’llarning uch xil turi bor.
Tabiiy yo’llar.
Havo bo’shlig’I va dengiz bu kategoriyani tavsiflash uchun kallaga keladigan misollar hisoblanadi, lekin uning tarkibiga nafaqat shu vositalar kiradi. Dengiz yo’llari avtomobil va temir yo’l transportlari vujudga kelgunga qadar ko’plab asrlar davomida asosiy yo’l hisoblangan. Bu hozir ham insonlarga xizmat qiladi. Katta suv kengliklari doim tijorat maqsadlarida aloqa yo’li sifatida xizmat qilgan, masalan, Jeneva ko’li va Shimoliy Amerikadagi Buyuk ko’llar. Bu ichki suv yo’llarining sivilizatsiyasi rivojlanishidagi ahamiyatini 2-3 asr oldingi katta – kichik shaharlarni aks ettiruvchi xaritaga nazar tashlab ko’rish mumkin. Turli ko’lamdagi shaharlar ichki suv havzalari va daryolar qirg’og’ida rivojlangan, chunki bular aloqa yo’llaridagi yagona joylar hisoblanardi.
Butun jahonda transport vositalarini oson xarakatlanishini ta’minlab beruvchi yer kengliklari mavjud. Bir – biridan tarqoq joylashgan aholini aloqala yo’li hisoblangan cho’l va dashtlar buning yorqin misoli bo’la oladi. Aholining ko’payishi, shahar va aholi punktlarini vujudga kelishi bu xududlardagi tabiiy resurslarni o’zlashtirishga va o’z navbatida, aholi ehtiyojlarini qondirish uchun sun’iy aloqa yo’llarini qurishga olib keldi. Jahonning ayrim xududlaridagi botqoqlik va o’tloqlarini oxirgi o’n yilliklargacha o’zlashtirib bo’lmadi. Ixtisoslashgan xarakatdagi tarkibning yaratilishi bu xududlarni iqtisodiy ratsional ravishda o’zlashtirishga imkpon beradi.
Avvalgi yuz yillikda yangi aloqa yo’llarini qurilishi shunchalik iqtisodiy samarasiz ediki, tabiiy yo’llardangina xarakatlana oluvchi transport vositalarini yaratishdan boshqa chora qolmagan edi. Buning misoli sifatida Arktika tundrasida yuruvchi «qordayurar transport» ni keltirish mumkin. Yerga bo’lgan ehtiyojning oshib borishi bilan yerni o’zlashtirishni tezlashtirish uchun insonlar yerlarni qurutib, sun’iy aloqa yo’llarini qurdilar.
Iqtisodiy faollik bilan bir qatorda, samarali transportlarga ham ehtiyojlar oshdi. Mijozlarning fikricha, bu kichik xarakatlar, yuqori tezlik va ishonchlilikdan darak beradi. Keltirilgan misoldan ko’rish mumkinki, tabiiy aloqa yo’llari samarali transportga bo’ladigan talablarni qondira olmay qo’ydi. Tabiiy aloqa yo’llarini yaxshilash yoki butunlay yangi sun’iy yo’llarni yaratish zaruriyati vujudga keldi.
Birgalikdagi yuk tashish.
Sobiq ittifoqi o’zining konteynerlarini Xalqaro Standard Tashkiloti talablari bilan mos ravishda standardlashtirmadi. TRASEKA xududidagi intermodel transport tizimining ta’minlanganligi 40 futli konteynerlarni yoki YeI ning har yerida qo’llaniladigan Swap bodies kabi boshqa intermodel vositalarni qayta ishlashga imkon bermadi. TRASEKAning Texnik Yordami loyihasi jarayonida yuqorida keltirilgan muammolar tahlil qilib chiqilgan. Bunda Poti, Ilichevsk, Boku va Turkmanboshi portlari, shuningdek, Buxoro, Olmata, Bishkek va Yerevandagi konteyner terminallarining texnik ta’minlanganligini yaxshilash uchun TRASEKA orqali investitsion moliyalashtirish taqdim etildi. Texnik Yordam loyihalari, shuningdek, ta’lim, boshqaruv hamda organizatsiya tuzilmasi aloqador muhim masalarni ham ko’rib chiqadi. TRASEKAning «Buxoroda paxta markazini qurish», «Boku va Turkmanboshi o’rtasida konteyner xizmatini ko’rsatish», «Intermodel interterminal jihoz-uskunalarini ta’minoti(Qarmir, Bellur, Shimkent, Oqtou va Bishkek)», shuningdek, «Boku, Turkmanboshi, Poti, Ilichevsk dengiz portlari uchun yuk ko’tarish va yuk tushirish moslamalari» kabi investitsion loyihalari doirasida zaruriy uskunalarni va ehtiyot qismlarining ta’minoti, terminal boshqaruv bo’limlarini tashkil qilish, trening o’tkazish amalga oshiriladi.
Rqobatbardosh tariflar.
Xududdagi yuk tashishga bo’lgan transport tariflar uzoq masofa sababli yuqori bo’lsada, TRASEKAning qatnov yo’li Markaziy Osiyodan to Qora Dengizdagi dengiz kemalarigacha anchagina qisqa hamda TRASEKA dasturining samaraliligi tan olinishi bilan boshqa muqobil qatnov yo’llari bilan solishtirganda anchagina tez va arzondir. Temir yo’l transporti sektorida temir yo’l biznesi rivojlanishining raqobatli asosini yaratishda tannarx hamda tariflarning tuzilishi Texnik Yordamning yakunlangan va joriy loyihalarini o’rganish predmeti hisoblanadi. Jumladan, «Transit narx va tariflar bo’yicha yagona siyosat» loyihasi.
Temir yo’l tariflari eski formulalar asosida hisoblanadi, lekin bu yagona emas. TRASEKA loyihasi doirasida tariff muammolariga garmonik yondashuv bo’yicha tavsiyalar loyihasi tayyorlandi. Yangi yuk oqimlarini jalb qilish faqatgina potensial foydani boshqa temir yo’l kompaniyalari orasida taqsimlash ishtiyoqi natijasida vujudga kelishi tan olinmoqda. TRASEKA hukumatlararo Kommissiyasining doimiy Qo’mitasi bu masalalarni muhokama qilishda faol ishtirok etmoqda.
Avtomobil transporti
TRASEKA hududida avtoyo’llari to’r juda kengdir, lekin xizmat ko’rsatish va ushlab turishga mo’ljanlangan moliyaviy vositalar juda chegaralangan. Bunday holatlarda mavjud vositalardan samarali foydalanish uchun texnik xizmat ko’rsatishni boshqarish muammolariga e’tibor qaratish lozimdir. Bundan tashqari transport yo’llari qoplamalari xolatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish O’MVning avtoyo’llar strukturasiga investisiya qilishga sharoit yaratadi.
Yevropa-Kavkaz-Osiyo «TRASEKA» transport yo’lidagi barcha masofada transport aloqalarini yaxshilash uchun moliyalashtirish taqdim etdi. Misol tariqasida TRASEKA ning yangi ko’prik qurilishi hamda Gruziya bilan ozorbayjon orasidagi eski Qizil Ko’prikni keltirish mumkin. Ikkinchisi, TRASEKA doirasida moliyalashtirilgan bo’lib, 1998 yilning oktabrida yakunlangan.
Avtotransport vositalari
Avtotransport vositalarining ekspluatasiya qilish hamda boshqaruv muammolarini TRASEKA ning bir qancha loyihalarini o’rganish predmeti hisoblanadi. Bunday loyihalar xizmat ko’rsatish markazlarini aniqlash va rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lib, tadbirkorlik mahoratini oshirishga yordam beradi. Texnik yordam yuk tashuvchilari uchun EI talablariga muvofiq ravishda normative baza yaratishdan iborat bo’ldi. Menejer va hususiy mulkdorlar uchun amaliy, moliyaviy muammolar hamda boshqaruvning normative xolati bo’yicha qo’llanmalar va rahbarliklar tashkil etildi.
Uzoq masofadagi Kavkaz va O’siya mamlakatlaridagi avtomobil tashish bozorida Eron bilan Turkiya, shimolda esa Rossiya va Yevropa kompaniyalari hukmronlik qiladi. O’zbekistonning o’zida zamonaviy yuqori salohiyatga ega bo’lgan uskunalar bilan ta’minlangan etarlicha katta vositalar parki mavjuddir, lekin ular davlat ihtiyoridadir. Shu sanoatni rivojlantirishni hohlovchi tadbirkorlar etarlicha moliyaviy kop’mak ola olmaydilar: qisman o’zlarining tavsiyalarini taqdim etish prosedurasini bilmasliklari sababli. TRASEKA texnik yordamining bir necha loyihalari doirasida qonunga tuzatishlar kiritish bo’yicha tavsiyalar bo’ldi. Bu tuzatishlar hususiy operatorlarga ichki bozordagi ta’sir qilish sohasini kengaytirish hamda asosan davlatga tegishli bo’lgan tijorat faoliyatidan uzoqlashtirishga imkon berish kerak edi.
Raqobatni rag’batlantirish jahon bozoriga chiqishga qo’shimcha imkon yaratadi. Qonunlar xalqaro yuk tashishdagi jalb etilgan miliy operatorlarning milliy raqobatiga to’sqinlik qilmasligi kerak. Shu masala bo’yicha qonunchilikka nisbat tavsiyalar kiritildi. Keyinchalik soliq initsiativlariga qarshi chiqib, kichik kompaniyalarni kengaytirishga imkon tug’ilishi mumkin yoki qo’shma korxona yaratish imkoniyatini davlat tomonida kengaytirish g’oyasi vujudga kelishi mumkin.
Temir yo’l transporti.
Yo’l taminot vositalari hamda signal tizimining yo’qligi ularning eskirishi va past ishchi sur’atlariga olib keldi. Texnik Yordamning bir necha loyihalari shu muammolarni o’rganadi vaularning kengayishi uchun sharoit yaratib beradi. «Kavkaz temir yo’llari reabilitatsialisi» loyihasiga ajratilgan 5 million evro byudjet 800 ming tonna iste’mol mahsulotlarini tashish natijasida eskirgan temir yo’llarini likvidatsiya qilishga ishlatildi. Bu 1994 yil dekabrdan 1995 mayigacha bo’lgan davrda BMT ning oziq - ovqat dasturi doirasida amalgam oshirilgan edi. Shu loyiha doirasida shpala ta’minoti va ularni joylashtirish amalaga oshirildi, xarakatdagi tarkibni capital remontdan chiqarildi, temir yo’l ko’prigi qayta tiklandi.
Paylu va Taus ko’priklaridagi bir koleyali yo’llardan foydalanish natijasida vujudga keladigan tirbandliklar TRASEKA dasturi taqdim etgan vositalar yordamida bartaraf etiladi.
Beton temir yo’l shpalalarini mahalliy ishlab chiqarish hamda vagon va lokomativlarni remont qilish ma’muriy loyihalarda ko’rsatilgan ushlab turuvchi omilga qarashlidir.
Hozirgi vaqtga kelib, bunisi O’VM bilan TRASEKA xududidagi temir yo’l sektori uchun Texnik Yordam asosida oliub borilayotgan muzokaralar o’z natijasini korsata boshlamoqda.
Temir yo’l xarakatdagi tarkibi.
Mavjud xarakatdagi tarkib zamonaviy talablarga javob bera olmaydi, uning ishlatilishi doimiy muammolar bilan bog’liqdir. Katta masofalarga yuradigan vagonlarni nazorat qilish qiyinlashdi.
Infrastrukturada bo’lgani kabi, TRASEKAning Texnik Yordami loyihasi doirasida O’MV bilan uskuna va xarakatdagi tarkibni remont qilish yoki yangilash masalalarigacha muzokaralar olib borilmoqda. 1999 yilda Boku yaqinidagi Balojar vagon qurilish zavodida temir yo’l vagon tsisternalarini tozalash uchun bug’ boyleri ta’minoti amalgam oshirildi. O’zbekistonni yangi lokomativlar bilan ta’minlash to’g’risida muzokaralar o’tkazilmoqda.
Dengiz transporti
Boku, Turkmanboshi, Oqtou, Poti, Batumi, Ilichevskdagi Texnik Yordamning bir qancha loyihalari maqsadi Kasbiy Dengizi bo’ylab aloqalarni hamda o’zi bilan YYevropa transit qatnov yo’llarini namoyish etuvchi Qora Dengiz mamalakatlari bilan TRASEKA o’rtasidagi aloqalarni ta’minlash va takomillashtirishdan iboratdir. Mavjud muammolarni bartaraf uchun dengiz aloqalarini kengaytirish va takomillashtirish ishlari hamda YYevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Xitoy o’rtasidagi intermodel zanjirni ta’minlash ko’rib chiqildi. 1998 yilda shu zanjirni tadbiq etishga qaratilgan Texnik Yordam loyihasini amalga oshira boshlandi.
1999 yil aprelda TRASEKAning «Poti portida temir yo’l – bug’ uskunalarini loyihalashtirish va komplektatsiya qilish» va «Ilichevsk(Ukraina) portidagi faoliyatdagi temir yo’l bug’ terminallarini mukammallashtirish va uskunalarni o’rnatish» loyihalari tugaganidan keyin Varna, Ilichevsk, Poti maydoni bo’yiga 1mln. t. dan oshiq yuk keltirildi. Hozirgi kunga qadar TRASEKAning «Oqtou portida temir yo’l – bug’ terminalni reabilitatsiya qilish» loyihasi yakunlangandan beri Ozarbayjon Davlat kasbiy Dengizi kemachiligi tomonidan 250 ming tonnadan ortiq Boku, Oqtou uchastkasiga yuklar keltirildi.
TRASEKAning «Dengiz jihozlari bilan ta’minlash» loyihasi doirasida Boku – Turkmanboshi va Boku – Oqtou bo’ylab faoliyatdagi bug’li aloqani barcha 3 ta portdagi dengiz salohiyatini oshirish vositasida takomilashtirish; Oqtou, Boku va Turkmanboshi portlariga navigatsion uskunalarini ta’minlash; kemachilik havfsizligini oshirish hamda havfsizlikni ta’minlash uchun avariya mexanizmlarini o’rnatish yordamida atrof muhitni qo’riqlash; navigatsion uskunalardan foydalanish va yuk tashuvlarini trening; loyihani boshqarish va nazorat qilish bo’yicha konsultatsiya ko’rib chiqildi.
Qora Dengiz paromalari.
Hozirgi kunda Poti va Ilichevsk portlari infrastrukturasi qayta qurilmoqda, boshqaruv strukturasi takomillashtirilmoqda, kompyuter jihozlari o’rnatilmoqda va xavfsizlikning jahon standardlariga muvofiq havfli yuklarni tashish imkoniyatlarini yaratish uchun chora ko’rilmoqda.
TRASEKA dasturining vazifalaridan biri O’MV va xususiy investorlarni jalb qilish uchun katalizatorlik vazifasidir. Potetntsial xalqaro moliyaviy manfaatlarning talablarini qondirish uchun TRASEKA dasturi doirasida TEO tayyorlandi va dastlabki tadqiqotlar, infrastruktura va uskunalarga potentsial investitsiyalar uchun biznes-rejalar tayyorlandi.
TRASEKA investitsion loyihasida «Ukrferri» uchun yong’inga qarshi uskuna ta’minoti amalga oshirildi. Hozirgi kunda khavfli yuklarni ham tashish huquqiga ega. Poti temir yo’l-bug’ terminalini ishga kiritilganidan beri «Ukrferri» tomonidan 150 ming tonnadan ortiq etil spirit, neft va paxta tashildi.
TRASEKAning «Ilichevsk va Poti portlari bilan aloqador yuk tashish tizimini kompyuterizatsiya qilish» loyihasi doirasida q’uyidagi ishlar qilindi: paroma kompleksi bo’ylab xarakatlanishni osonlashtirish uchun Poti va Ilichevsk portlariga mahsus information tizim kiritildi; kompyuter va kommunikatsiya jihozlari bilan ta’minlandi; Ilichevsk porti terminalida mustaqil operativ bo’limlarini yaratish va konsepsiyalarini ishlab chiqish ni texnik jihatdan qo’llab - quvvatlandi.
Kaspiy dengizi paromalari.
Bu xizmatlar nisbatan qimmat va ishonchsizdir, Boku so’roviga bog’liq bo’lgan suzish grafikasi xizmat ko’rsatishning «qattiq» grafikasi hisoblanadi. Bu muammolar Texnik Yordam loyihalari doirasida marketing va menejment sohalariga oid treninglardako’rib chiqildi. Shuningdek, Boku va Turkmanboshidagi konteyner terminallarini takomillashtirish va Oqtoudagi temir yo’l paroma ko’prigini tiklashni moliyalashtirish orqali xal qilindi.
Bu ishlar yakunlanishi bilan terminallarining samaraliroq bo’lishi hamda 40 futgacha konteynerlarni ishlata olishi kutilmoqda.Yangi infrastruktura Kaspiydagi darajaning oshishiga bog’liq bo’lib qolmoqda.
1999 yilda boshlangan loyiha Kaspiydagi kemalardan foydalanish shuningdek, temir yo’l va avtotransportlarning suvdagi muqobili sifatida ishlatishga bag’ishlanadi. Raqobatbardoshlikni oshirish uchun yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish sifati oshiriladi.



Download 210.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 210.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Bob. Turli xil transport turlarining xalqaro qatnovlarda qabul qilinishi

Download 210.23 Kb.