Transport tizimi ratsional rivojlanishining bashorat qilishda majmuaviy baholashning asosiy holatlari




Download 210.23 Kb.
bet8/13
Sana21.06.2023
Hajmi210.23 Kb.
#74714
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ozbekiston-iqtisodiyotida-xalqaro-transport

2.3. Transport tizimi ratsional rivojlanishining bashorat qilishda majmuaviy baholashning asosiy holatlari.
Transportni insonlarning oshib borayotgna ehtiyojlarini yuk va yo’lovchilarni tashish bilan qondiruvchi vosita sifatida bilamiz. Yo’lovchi va yuklarni ko’chirishda bir qancha muammolar bo’lib ularni hal qilish uchun ko’plab injener – transportchilar o’z ihtirochilik mahoratlarini namoyish qildilar. Transportlarning xilma xilligi izlanishlar qisqa bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Har bir avtomobilning o’z tarihi bor. Uning rivojlanishi esa shundayki, ma’naviy eskirish transportning moddiy eskirishidan ilgarilab ketadi. Bu litobda transportlarning butun jahon holatini yoritib berishga urinish bo’lsada, u transportning barcha sohalarini o’zida qamrab olmaydi. Kitobda quyidagi asosiy masalalarni ko’rib chiqamiz:
a) transport vazifalari, qisman, uning ishlab chiqarish va iste’moli o’rtasidagi bo’shliqni to’ldirishdagi o’rni;
b) transportning jismoniy komponentlari: harakatlanish yo’li,transport vositalriva tortish vositasi, terminallar;
c) tashishning hususiyatlari(ham yuk, ham yo’lovchi ). Ayrim transport turlari va injenerlar reaksiyasining hususiyatlari;
d) transport turlari va har birining maxsus ishi;
e) sanoat tuzilmasi va egalik shakli transportga tayanadigan sohasinigninson faoliyatining o’zaro chegaralari.
TRANSPORTNING IQTISODIYOT VA TRANSPORTDAGI VAZIFASI
Iqtisodni «insonlarning har kunidalik hayoti tadqiqoti» deb yuritiladi. Insonlarning kundalik hayoti Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish bilanuzviy bog’liqdir.Insoniyat iqtisodiy muammolarni echish yo’llari mavjud. Iqtisod uning muammolarini echish yo’liga bog’liqdir.Zamonaviy dunyoda iqtisodiy tizimning uch turga bo’lishadi. Bular AQSHdagi kabi erkin tabirkorlik, ijtimoiy davlatlardagi kabi markazlashgan iqtisod va Buyuk Britaniyadagi kabi aralash iqtisod.
«Aralash iqtisod» haqida gapirayotib, muallif kapitalistik davlatlarda davlat korxonalarining(temir yo’l) mavjudligini nazarda tutmoqda.
Insoniyatni Tovar va xizmatlar bilan ta’minlashga oid muammoni hal qilishdagi tafovvutlar bitta o’hshashlikka ega: bu ularning har birida transport elementlarining mavjudligidir. Faqatgina juda soda iqtisodiy tizimgina transportsiz mavjud bo’la olishi mumkin. Qishloqdagi bir kosib oyoq kiiyim tayyorlab, o’zi xaridor uyiga borib, sotishi mumkin. Zamonaviy sanoat tizimida anchagina murakkabroq operasiya talab qilinadi. Keng ko’lamli poyafzal ishlab chiqarish teri va sintetika materiallar ta’minotini talab qiladi. Bichuvchilar, modelverlar, kosiblar, sotuvchilar, ta’minotchilar va boshqaruvchilar ishga jalb qilinishi kerak. Tayyor mahsulot qadoqlash mahalliy yig’ish punktlariga olib boorish, ko’rgazmaga qo’yish, sotish va nihoyat joylar bo’yicha taqsimlash kerak bo’ladi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan transport ishlab chiqarish jarayoning bir elementi hisoblanadi. «Tovar» iqtisodiy ma’noda hali tayyor emas, u hali oxirgi iste’molgacha etkazilmadi. Shuning uchun ham, mahsulotni ishlab chiqarish joyidan iste’mol punktiga etkazib beruvchi transport foydali ish bajaradi. Shunga o’xshash, agar ko’rsatiladigan xizmat joyida hech kim bo’lmasa bu foydali emas. Shuning uchun ham transport iqtisodiy muhim element bo’lib, unga bo’lgan ehtiyoj insonlarning iqtisodiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
TRANSPORTGA EHTIYOJ.
Ma’lum darajagacha iqtisodiy tizimlar erkin tadbirkorlikka tegishlidir, chunki ishlab chiqarish va iste’mol muammolarini individual ravishda xal qilish insonlarning hos hususiyatidir.Agar bizga biror Tovar yoki xizmat kerak bo’lsa, biz u bilan ta’minlaydigan insonni qidiramiz hamda bu ishni bajargani uchun uni rag’batlantiramiz. Agar kimdir biror narsaga to’lash uchun tayyor bo’lsa, «ehtiyoj « vujudga keladi. To’lov ko’pincha naqd pulda amalgam oshiriladi. Shuning uchun ham Tovar yoki xizmatga ehtiyoj bu iste’molchi ma’lum narh to’lashga qodir bo’lgan tovar yoki xizmatlar miqdoridir.
Ko’plab mahsulotlar ma’lum bir ehtiyojni qondirish uchun kerakdir. Insonning baliq va kartoshka garniriga bo’lgan ehtiyoji uning ochligidan kelib chiqadi.
Ehtiojlarning boshqa turi ham mavjud. Bunda ehtiyoj o’zini o’zi emas, balki boshqa natijaga erishish uchun vujudga keladi. Masalan, tikuv mashinasiga ehtiyoj juda katta, lekin uni yeb ichish mumkin emas: undan biror narsa tikishga foydalaniladi. Bu turdagi ehtiyoj «vositali ehtiyoj» deb yuritiladi.
Transportga bo’lgan ehtiyoj ham shu turdagi ehtiyojdir. U turli Tovar va xizmatlarning kerakligidan kelib chiqadi. Bizga tish doktoriga boorish uchun taksi zaruriyati doctor xizmatiga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqadi. Transport qurilmasi «ishlab chiqarish voistasi» bo’lib, uning vazifasi ishlab chiqaruvlar va iste’molchilar orasidagi bo’shliqni to’ldirishdir.
ISHLAB CHIQARISH VA ISTE’MOL ORASIDAGI ALOQANI TA’MINLASH.
Iqtisodchilar ishlab chiqarish va ist’emolchilar orasidagi bo’shliqni ikkiga bo’lishgan: vaqt va geografiya bo’yicha. Vaqt bo’yicha uzilish bugun tayyotrlangan Tovar ertaga yoki kechroq iste’mol qilinishi mumkinligini kelib chiqadi.
Geografik bo’shliq ishlab chiqarish joyi bilan iste’mol joyi har doim ham bir erda bo’lmasligi bilan tushuntiriladi. Gana kakaolari London va AQSH da yaxshi sotiladi. Volvo Shvetsariya boshqa mamlakatlarda ham sotiladi. Transportlarning vazifasi ishlab chiqarish bilan iste’molchi orasidagi bo’shliqni to’ldirishdir: iki tomon ham manfaatlanishi uchun.
Shunisi hayratlanarliki, ikki tomon orasidagi bo’shliqni to’ldiruvchi transport tez-tez bu bo’shliqni uzayishiga ham sababchi bo’lib turarkan. Buni boshqa iqtiosdiy tushuncha «iqtisodiy ko’lamdorlik» yordamida tushuntirish mumkin. Umuman olganda, katta hajmli ishlab chiqarish kichik hajmdagi ishlab chiqarishdan ko’ra ko’proqdir. Katta hajmli korxonalarda unumdorroq jihozlar, maxsus mashina va uskunalarni kiritish imkonini bo’ladi. Masalan, kichkinagina yozuv mashinasiga EHMning keragi yo’q, lekin katta tipografiya uchun kompyuter, kitoblar narhini oshishi mavjud bo’lmadi, agar mahsulotlar bozorga kelib tushmasa, XVIII asrda Buyuk Britaniyada g’isht ishlab chiqarish bir necha korxonalar tomonidan bajariladi, xolos. G’isht o’gir va uni tashish ham qiyin, shuning uchun ham tashish harajatlari yuqori, uning hajmi esa kam edi. Kanaldan foydalanish yo’lga qo’yilgach, transport imkoniyatlari yaxshilandi, kanallar ayniqsa og’ri va shoshilinch bo’lmagan yuklarni tashishga qulaydir. Natijada kichik mahalliy g’isht zavodlari qisqardi. Bozorni bir nechtagina katta g’isht zavodlari ta’minlab turdi va boshqa transport turiga ehtiyoj tug’ildi. Transport uzilishlarini anchagina samarali bartaraf etdi, katta korxonalarda ishlab chiqarish ko’lamini oshirish imkonini beradi. Temir yo’l va yuk mashinalari oradagi uzilishni shu darajada samarali bajardilarki, hozir butun Britaniya bir-ikki g’isht zavodlari ta’minlay oladi.
«ISHONCHLI ETKAZIB BERISH» tushunchasi
Agar transport yuk va yo’lovchilarni ishonchli tarzda etkazib kelmasa, undan foydalanishning keragi bo’lmay qoladi. Transport tashqi omillarga ham bo’gliq, u ko’plab to’siqlarga duch kelishi mumkin.
Jo’natilayotgan narsaga yo’lda nima bo’lishi mumkinligini kim ham aytib bera olardi? Angliya qonunlari transportchini maxsus jamiyat tashuvchisi sifatida qaraydi. Ilgari davrlardan beri u jamiyat ekspeditori hisoblanadi. U yukka zarar yetgan taqdirda ham ishonchli yetkazib berishni ta’minlashi kerak bo’lgan. Ushlanib qolish tezlikni oshirishga sabab bo’la olmaydi. Agar transportchiga dushmanlar hujum qilsa, yoki uni tunashsa, u aybdor bo’lmaydi.
Shunday qilib, etkazib berish ishonchliligi tushunchasi yuk va yo’lovchilar tashishning muhim elementi sifatida ilgari davrlardan beri mavjud ekan.
TRANSPORT – iqtisodiyot jadallashtiruvchisi.
Transport ishlab chiqarish va iste’molchilarni bo’glash uchun kerak va buning uchun muvofiq vosita yaratish lozim. Erkin iqtisodiyotli mamlakatlarda transport ma’lum tadbirkorlar bilan bo’g’lanishga intiladi, lekin ushbu jarayonni boshqa ishtirokchilariga ham foyda keltiradi. Boshqariladigan iqtisodiyotda transport bilan t’minlovchi markaziy organ mavjuddir. Davlat temir yo’llari dunyo bo’ylab juda keng tarqalgan. Ko’plab mamlakatlardagi havo yo’llari, jumladan, avtoyo’llari milliylashtirilgan holda ishlatiladi.
Transport iqtisodiy faollikni tezlashtiradi, ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va iste’molchilar o’rtasini bog’laydi. Masalan, O’rta Sharq, Indoneziya, Nigeriya va Janubiy Amerikada qazib olinadigan neft rivojlangan mamlakatlarga etqazib beriladi va u erda boshqa mahsulotlarga aylantiriladi. Ko’pchilik ishchi odamlarni tijorat faoliyati aloqalariga bo’g’liq. Bu aloqalar, rivojlanayotgan uyali aloqalarga qaramay, transport vositalari bilan bevosita bog’liqlardir. Ko’plab muammolar shaxsiy uchrashuvlarda hal qilinadi. Suv osti kemalarini suv ostidagi qutqaruv ishlarini bajarish uchun ishlatiladi. Ko’pincha savdogarlar tez yurar poezdlardan foydalanadilar, tovarlar konteynerlari orqali jo’natiladi va h.k.
Transportining iqtisodni tezlashtiruvchi ta’siri faqat faoliyat sohasi bilan chegaralanib qolmaydi. Transport shaxsiy barqarorlikka erishish uchun zarurdir.
Biz ajoyib shaharlar atrofida yashaymiz, lekin to’lib toshayotgan shaharlarda ishalymiz. Doim ota-onamiznikiga tashrif buyuramiz; farzandlarimizni maktabga olib boramiz; davolash maskanlariga boramiz; sayohat qilamiz va h.k.
Transportchilar uchun transportning iqtisodiyotni tezlashtirishdagi ta’siri bir imkoniyat hisoblanadi. Shaharlarda tashishlar yuzaga keladi: tijorat yuklari, ishchi hodimlar va boshqalar. Shulardan ayrimlari o’zlarining shaxsiy transportlaridan foydalanishlarini hisobga oladigan bo’lsak, transportchilar gardanida umumiy tashishi bir qismi turadi, xolos. Ayrim harakatlarda transportni shaxsiy haydovchilarga qaraganda samaraliroq va tejamliroq xizmat ko’rsatishi mumkin.
TRANSPORT TA’MINOTI
Transport tashishga qancha ehtiyoj bo’lsa, barchasini qondiradi. Har qanday vaqtda transport vositalaridan foydalanishga tayyorlarini transportchi va tadbirkorlarning jamiyat ehtiyojiga reaksiyasi sifatida qarash mumkin. Bu reaksiya transportchilardan ihixtirokchilikni talab qiladi. Tortish vositalari, harakatdagi tarkib, aloqa yo’llari va terminallarning xilma-xilligi haqiqatdan hayratlanarlidir. Transportchilarning ixtirochiligini baholash uchun o’tish yo’lida turish kifoyadir. Yengil abtomobil va avtofurgonlardan tashqari ustaxonalarga og’ir yuk tashish avtomobillarini yaratish buyurtmasi beriladi. Yuk tashish avtomobillarining asosiy hususiyati shundaki, ularning har biri neft mahsulotlari, himik moddalar va boshqalarni tashish uchun maxsus sitsernalar bilan ta’minlangan. Yana bir hususiyati bu – kuchli tortish vositasi va turli preseplardir. Harakatdagi tarkibning yana bir turi bu – beton ko’targich avtomobilidir. Transport muhandislarining ixtirochiligini ko’rsatruvchi to’rtinchi argument bu yuk ko’tarishga moslashtirilgan keng diapozonli avtomobillaridir. 1930 yildan beri katta qadam olg’a qo’yilgan: avtomobillarning samaradorligi, tejamkorligi va salohiyati boshqa transport turlari bilan to’ldirilmoqda. Temir yo’l, havo yo’l va quvur o’tkazgichlar xilma-xillik va ishonchlilikni namoyish etadi.
Konservatorlar maqtanayotgan bir paytda transport muhandislari harajatlarni boshqarishning yangi tizimini qidirish ustida ishlamoqda. Avtomobillarga telekamera o’rnatib, transportchi-injener transportni havfsiz va ishonchli qilishi mumkin.
Erkin tadbirkorlik sharoitida transport doim foyda keltiradi. Uning monopollik hususiyati uni yanada foydaliroq qiladi. Bu hammaga ham ma’lum emas.
Har biridan sutkasiga bir nechtagina qatnov bo’ladigan ikkita A va B temir yo’lini qurish mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Temir yo’lga qo’yiladigan kapital shunchalik kattaki, bunday kapital qo’yilmalarini davlat kafolatlarisiz hech kim moliyalashtirmaydi. Buyuk Britaniyada temir yo’llari va davlat o’rtasidagi urush 1825 yildan 1888 yilga qadar davom etdi. Temir yo’l monopoliyalari o’zlarining xolatlari va foydani saqlab qolishga harakat qilishgan. Davlat foydani «yetarli» holatga keltirishga uringan. 1888 yilda foyda chegarasi va tariflar o’rnatilgandan keyin temir yo’llarida inqiroz yuz berdi. Bunga capital qo’yilmalari ham unchalik jozibador bo’lmay qoldi. Kompaniyalarning birlashishiga qaramay, temir yo’l yangi transport vositalari oldida arhaik ko’rinishga ega bo’lib bormoqda: uni faqat milliylashtirish qutqarib qoladi, xolos.
Milliylashtirilgan sanoat transportni tayanch nuqtasi bilan ta’minalaydi. Xizmat ko’rsatish foyda keltirmaydi degan fikrlar ham bor. Xizmat oz’i doim muhim. Jamiyatga xizmat kerak. Sanoat esa uni taqdim etishi kerak. Samaradorlik kriteriyalari shunday ishlab chiqilishi kerakki, u mamalakt ehtiyoji va yo’qatish darajasini bashorat qilishga yordam berishi kerak. Foyda o’rniga siyisiy qarorlar keladi. Tadbirkor qonun bilan ko’rsatilgandek, xizmat ko’rsatadi. Transport firma foydasi va shaxslar hisobiga moliyalashtiriladi.
Aralash iqtisodiy tizimda transportning harakteri ancha murakkabroqdir. Vaqti- vaqti bilan muvofiqlik uchun harakat qilinadi: aholiga xizmat ko’rsatishni yaxshilash uchun temir yo’l va avtomobil, havo yo’li va dengiz yo’llarining o’zaro ta’siri ko’zga tashlanadi. Ishdagi muvofiqlikni ta’minlash uchun boshqaruv integrasiyasi taklif qilinishi mumkin. Tarnsportni o’rganayotgan talabalar va bu kitobni o’quvchilar, agar transport sohasidagi siyosatni tushunmoqchi bo’lsa, bundagi barcha takliflarni hisobga olishlari lozim.
TRANSPORTNING JISMONIY QISMLARI
Bir qarashda fil bilan reaktiv samolyoti orasida umumiylikni ko’rmaymiz. Lekin ularning ikkovi ham harakat vositasi hisoblanadi. Ular tabiatan juda katta farq qilsada, ularda ko’plab umumiylik mavjuddir. Haqiqatdan ham biror transportni boshqasi bilan solishtirilsa, ko’plab umumiy hususiyatlarni topish mumkin. Turli transportlarni o’rganishda bu umumiy hususiyatlarni ko’rib chiqish kerak. Chunki, ular qay darajada boshqa transport turlariga ta’sir qilishini aniqlash kerak. Umumiylikni o’rgana turib, farqni topish ham mumkin. Shu yo’l bilan barcha transport turlaariga tegishli muammolarni tushunish hamda ularning ehtiyoj va qiyinchiliklarini o’rganish mumkin. Shundan keyin biz ularning har birini baholay olamiz.


Download 210.23 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 210.23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transport tizimi ratsional rivojlanishining bashorat qilishda majmuaviy baholashning asosiy holatlari

Download 210.23 Kb.